Kirish Asosiy qism Xalqaro mehnat taqsimotida O’zbekistonning o’rni
Download 0.85 Mb.
|
1355626293 41099
Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajadao`zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar,moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar,boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishgao`tdilar.
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko`payishi va mamlakatlaro`rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarnimamlakatlararo uyg`unlashuviga olib keldi. Bunday xususiyat o`z faoliyatini birqancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK)va transmilliy banklar (TMB) sonining ko`payib borishida o`z aksinitopdi. Hozirgi vaqtda jahonda 20 mingdanortiq TMK mavjud bo`lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishining to`rtdan uchqismidan ko`prog`ini, tashqi savdoning esa yarmidan ko`prog`ini nazorat qilibturadi. Masalan, “Djeneral Motors”, “Royl Datch Shell”, “Epson” kabi yirikTMKlar oboroti hajmi O`zbekistonda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdoridanortiqdir. O`z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy qudratni jamlagan bundaykorporatsiyalar va banklar ko`pchilik mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga,xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga j iddiy ta`sir ko`rsatmoqda. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana birmuhim xususiyat namoyon bo`ldi, ya`ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o`rniniqayta taqsimlash jarayoni sodir bo`lmoqda. Hozirgi kunda jahon xo`jaligi va xalqaroayirboshlashning umumiy yo`nalishlari va o`sish sur`atlarini rivojlanganmamlakatlar belgilab turadi. Bu mamlakatlar yer yuzidagi davlatlarning 15foizini tashkil etadi hamda ularda jahon aholisining 25 foizi istiqomat qiladi.Bu mamlakatlar dunyoda hosil qilinayotgan elektr quvvatlarining 75 fozini,yoqilg`ining 80 foizi, yog`och mahsulotlarining 85 foizi va po`latning 72foizini iste`mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning o`zarosavdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi. Ma`lumki, yaqin o`tmishda mamlakatimiziqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchasbog`langan edi. Shu bois O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati hozirgikunda ikkita yo`nalish bo`yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi MDHmamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo`lsa,ikkinchisi mamlakatimizning o`zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umumano`rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo`nalishO`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xomashyo, tayyormahsulotlar, texnologiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishinita`minlasa, ikkinchi yo`nalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahonhamjamiyatiga birlashuvini ta`minlab beradi. O`zbekistoning jahon hamjamiyatigaqo`shilishi mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlarni ob`yektiv baholash va ulardanmilliy manfaatlar yo`lida imkoni boricha to`liq foydalanishni talabqiladi. O`zbekiston mustaqillikning dastlabkidavridayoq o`z tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi maqsadlari va asosiyyo`nalishlarinibelgilab oldi: -eksportni rivojlantirish va uning oqilonatarkibini shakllantirish. Chunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotnishakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy jihatdan jahondarajasiga ko`taradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyutazahirasini ko`paytiradi; -import tuzilishini takomillashtirish,ya`ni uni milliy iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va rivojlantirish omiligaaylantirish; -ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifatjihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun chet el sarmoyalarini jalbetish; -O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizliginita`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-importoperatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlatnazoratini o`rnatish. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizningtashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishgaq aratilgan quyidagitadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliyiqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozoridamunosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarnianiqlash; Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksportbo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Buusullar quyidagilar: -eksportga yo`naltirilgan ishlabchiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatlikreditlar ajratish, investitsiyalarni sug`urtalash; -davlat tomonidan respublikamizga ilg`ortexnologiyalar, tajribalar, bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalarajratish; -eksport va importni litsenziyalash yokichetga tovar chiqarishga va chetdan uni olib kirishga ruxsatnomalarberish; -ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi,xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlarulushini bosqichma-bosqich kamaytirish vaboshqalar. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosatmilliy valyutani mustahkamlash va uning boshqa valyutalar bilan erkinalmashinuvini taьminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiyasoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling