Ta fandan imtihon topshiradi. Fanlar majmuasi qismdan


Download 14.9 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi14.9 Kb.
#1440364
Bog'liq
FANLAR MAJMUASI.ee62239f


Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialining 60420100 Yurisprudensiya (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishga kirishga talabgorlar (abiturientlar) 2022/2023-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 5 ta fandan imtihon topshiradi.
Fanlar majmuasi 2 qismdan iborat.
Birinchi qism barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi.
Har bir fandan 10 ta, jami 30 ta savol va har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball beriladi. Talabgor ushbu uchta fandan barcha savollarga to‘g‘ri javob bersa, 33 ball yig‘ishga muvaffaq bo‘ladi.
Ikkinchi qism bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan — tarix va chet tili. Har bir fandan 30 tadan savol. Tarix fanidan bitta to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball, chet tili fanidan bitta to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball beriladi. Ushbu ikki fandan barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan abituriyent 156 ball to‘playdi.
Talabgorlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Test sinovlari o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
Talabgor test sinovlarini Filialda o‘qiydigan tilda topshiradi.
Talabgor chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovini topshiradi. Talabgor o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan chet tili (ingliz, nemis, fransuz)dan test sinovlarini topshirishi mumkin.
Filialga yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan berilgan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajasi B2 va undan yuqori.
Filialga yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling