Kirish Asosiy qism Xalqaro mehnat taqsimotida O’zbekistonning o’rni
Download 0.85 Mb.
|
1355626293 41099
Birinchidan, respublikamiz mustaqillikni qo`lga kiritgach, o`z mahsulotlarini nafaqat MDH davlatlariga, balki jahonning boshqa mamlakatlariga erkin almashinadigan valyutada sotish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Ikkinchidan, o`tish davri va chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirayotgan respublikamiz uchun ilg`or va zamonaviy texnologiyalarni, aynan rivojlangan mamlakatlardan sotib olish mumkin. Iqtisodiyotining tarkibi bir-biriga yaqin bo`lgan MDH davlatlarida bunday texnika va texnologiyalar mavjud emas. Mustaqillik yillarida rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarning muhim yo`nalishlaridan biri bevosita xorijiy investitsiyalar jalb etish bo`ldi. Bu tabiiy hol, albatta. Negaki o`tish davrini boshidan kechirayotgan va chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirayotan mamlakatlar, xususan, O`zbekistonda investitsiyalarning etishmasligi kuzatiladi. Bunday etishmovchilikni faqat bevosita xorijiy investitsiyalar vositasida to`ldirish mumkin edi. Bu esa har ikkala tomon u chun manfaatli. Rivojlangan mamlakatlar uchun bevosita investitsiyalar kapital chiqarish shakli hisoblansa, ularni qabul qilayotgan mamlakat uchun yangi ish joylarini tashkil etish, yangi sanoat tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish, ilg`or texnologiyalarni jalb etish hisoblanadi. Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ta`sirini kuchaytirish manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizda eksportni har tomonlama rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2000 yilning 1 iyulidan boshlab mulkchilikning barcha shakllaridagi eksport qiluvchi korxonalarning o`zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)dan olingan daromadlari daromad (foyda) solig`ini to`lashdan ozod qilingan. Ular uchun, shuningdek, o`zi ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti ulushiga qarab mulk solig`i to`lashning qo`yidagi tartibi joriy etilgan: - eksport ulushi 25 foizdan 50 foizgacha bo`lganida, belgilangan mulk solig`i stavkasi 50 foizgacha kamaytiriladi; - 50 va undan ko`proq foiz bo`lganida, mulk solig`i umuman undirilmaydi. Biroq shuni aytib o`tish kerakki, mazkur imtiyozlar paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallarni eksport qiluvchi korxonalarga tadbiq etilmagan. Yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi savdo faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va uning ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish zaruratini anglash qiyin emas. Chunki mamlakatga chetdan nimalar keltirilayotgani va mamlakatdan xorijga nimalar olib chiqib sotilayotganiga befarq qarash mumkin emas. Ana shu mulohazadan kelib chiqib, tashqi savdoni amalga oshirishda miqdoriy cheklovlar belgilangani va tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish ustidan davlat nazorati o`rnatilganini aytib o`tish lozim. Qurol-yarog`lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlar va texnologiyalarga nisbatan nima uchun eksport nazorati o`rnatilganini ham tushunish qiyin emas. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati uning iqtisodiy va mudofaa xavfsizligini ta`minlash, iqtisodiy suverenitetini himoyalash, milliy iqtisodiyotning rivojini rag`batlantirish va xalqning turmush darajasini oshirishga qaratilgandir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling