Kirish asosiy qism yuklama diagramma haqida tushunchalar Elektr yuritma quvvatini tanlash


ELEKTR MOTORLARNING QUVVATINI TANLASH


Download 49.01 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi49.01 Kb.
#1508964
1   2   3   4   5
ELEKTR MOTORLARNING QUVVATINI TANLASH.
Motorlarning quvvatini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega bo’lib, elektr yuritma quvvatining boshlang’ich minimal qiymatini va ularni ekspluatatsiya qilishda yuzaga keluvchi energiya isrofining kamroq bo’lishini ta’minlaydi. Barcha hollarda ham motorlarning nominal ish rejimlarini ish mexanizmlarining rejimlariga mos holda tanlash kerak.
Uzoq muddatli ish rejimi uchun motor quvvatini tanlash. Xalq xo’jaligining aksariyat tarmoqlarida ishlatiladigan turli mexanizmlarning yuklamasi uzoq muddat davomida o’zgarmas yoki kam o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Agar bunday mexanizmlar iste’mol qiladigan o’zgarmas quvvat (P) ma’lum bo’sa, u holda motorning quvvati bevosita katalogdan tanlanadi. Bunda motor quvvati yuklama quvvatli motor bo’lmasa, u holda navbatdagi eng yaqin kattaroq quvvatili motor tanlanadi, ya’ni bo’lishi kerak. Agar mexanizmning quvvati oldindan ma’lum bo’masa, unda motor tanlash ba’zi qiyinchiliklarni tug’diradilar (nasoslar, ventilatorlar, kompressorlar) uchun mo’ljallangan motorlarning quvvati nazariy hisoblar yoki empirik formulalar yordamida hisoblab, yoki yuklama diagrammasini qurish yo’li bilan aniqlanadi. Masalan, nasoslar uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

bu yerda Q - nasosning ish unumi, /s; H – to’la bosim, m; -haydaladigan suyuqlikning solishtirma og’irligi, kg/ ; - ehtiyotlik koeffitsienti; ( bo’lganda; 50 dan 360 kVt gacha; 350 kVt dan yuqori quvvatli motorlar uchun ; - mos holda nasos va nasos bilan motor orasidagi uzatmaning foydali ish koeffitsientlari.
Motorning nominal kuchlanishini tanlash. Bu masalani yechishda standart nominal kuchlanishga asoslaniladi. Uch fazali motorlar 220, 380, 660, 3000, 6000 va 10000 V kuchlanishga, o’zgarmas tok motorlari 110, 220 va 440 V kuchlanishlarga mo’ljallab chiqariladi. Kichik va o’rtacha (100 kVt gacha) quvvatli uch fazali asinxron va sinxron motorlar uchun 380 V kuchlanishni tanlash maqsadga muvofiqdir. 220 V li kuchlanish tavsiya etilmaydi, chunki bunda tok kuchi marta yuqori bo’lib, rangli metall sarfini ko’paytiradi.
Katta quvvatli elektr yuritmalar uchun 3000, 6000 va 10000 V ga mo’ljallangan uch fazali motorlarni qo’llash tavsiya etiladi. Bu kuchlanishlardan qay birini tanlash sanoat korxonasidagi yuqori kuchlanishli tarmoqdagi kuchlanishning qiymatiga bog’liq.
Tezligi boshqariladigan o’zgarmas tok motorli elektr yuritma uchun asosan 220 V, ba’zan 110
V kuchlanish tavsiya etiladi. Chunki 440 V ga mo’ljallangan o’zgarmas tok motorlari ishlash darvida tez-tez ishdan chiqib turadi.

Download 49.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling