Kirish. Auditorlik tahliliy amallari tushunchasi va ularning qo`llanishi haqida qisqacha ma`lumot
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»
Download 194 Kb.
|
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA TAHLILIY AMALLARNI QO
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning yo‘riqnoma, Nizom va ko‘rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati.
Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir qatorda, o‘rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi. Mazkur masala bo‘yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar schyotlar rejasini qo‘llashning to‘g‘riligi: hisobning jurnal-order yoki jadval-avtomatlash-tirilgan shakllaridan qo‘llaniladigan shaklni yuritish qoi-dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o‘z vaqtida kelib tushishi va hujjatlar oborotining tashkil etilishi: hisob registrlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining qo‘llanili-shi (ish haqi, materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to‘g‘-riligi; davr sarflarini hisobga olishning to‘g‘riligi; ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni baholashning to‘g‘-riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qi-linishini to‘g‘ri tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va hisobotda o‘z vaqtida hamda to‘liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan materiallar, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishning qonu-niyligi ustidan nazorat o‘rnatilishi; banklarga, soliq organlariga, aksiyadorlarga va boshqalarga taqdim etiladigan balans va boshqa hisobot shakllariga buxgalterlik hisobi ma’lumotlarining to‘g‘ri kelishi; byudjet bilan hisob-kitob-larning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligi; foyda (daromad)ni aniqlashning to‘g‘riligi; foydani taqsimlash va rezervlar yaratishning to‘g‘riligi. Bulardan tashqari auditor quyidagilarni ham tekshirishi zarur: buxgalteriya apparati ishining to‘g‘ri tashkil etilganligi; buxgalteriya xodimlari lavozim yo‘riqnomalarining mavjudligi; bajarilgan ish uchun har bir xodim javob beradigan qilib, xizmat vazifalarining buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlanganligi; auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgan tashkilot (firma) rahbariyati tomonidan ishni bajaruvchi mansabdor shaxslar, ombor mudirlari, mexaniklar va boshqalar)ning dastlabki hisobotlar va hujjatlarni taqdim etish grafigining tasdiqlanganligi, grafikka rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatilishi va uni buzgan aybdor shaxslarga nisbatan intizom choralari va boshqa choralarning qo‘lla-nilishi; buxgalteriya ichida ayrim ish turlarining bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan, hujjatlar aylanishi gra-figining borligi (ish haqi hisob-kitobi vedomostlari, moddiy qiymatliklar harakatining yig‘ma vedomosti, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisob-lash vedomosti, hisob registrlarini yakuniy (yillik) hi-sobotlari tuzish); buxgalteriya xodimlari joriy ish jarayonida zarur bo‘lgan, tegishli qo‘llanmalar, yo‘riqnoma-lar va hisob-kitob jadvallari bilan ta’minlanganligi; bosh buxgalter tomonidan unga to‘liq berilgan moliyaviy nazoratchilik huquqlarining amalga oshirilishi, buxgalterlik hisobi va hisobotiga doir bosh buxgalterning farmoyishlari, shuningdek, xususan moliya-xo‘jalik muomalalarini rasmiylashtirish va talab qilinadigan huj-jatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiyligi kabi korxonadagi ichki tartibga rioya qilinishi, yuqorida ko‘r-satilgan hisob, hisobot va moliyaviy nazorat masalalariga doir bosh buxgalter farmoyishi va ko‘rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor xodimlarga nisbatan audit o‘tkazilayotgan korxona rahbariyati tomonidan xayfsan yoki mukofotdan (to‘liq yoki qisman) mahrum etish choralarining qo‘llanilishi; buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, bosh buxgalter boshqa bo‘linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda audit o‘tkazilayotgan korxona moliyaviy xo‘jalik hisobi, hisobo-ti ma’lumotlariga asosan tahlil qilishi; balansning asosiy materiallar, pul mablag‘lari va hisob-kitob moddalarini inventarizatsiya qilish; buxgalteriya hisobotlari va balanslari to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinishi; o‘tkazil-gan inventarizatsiya va uning sifati qandayligi, inventarizatsiya natijasida barcha balans moddalari haqqoniy-ligining ta’minlanganligi; buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag‘lari va material qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa kamchilik hamda suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va ularning ishonarliligi ustidan puxta nazorat o‘rna-tish; xo‘jalik muomalalarini, pul mablag‘lari va mulklar, material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va to‘satdan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar; tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik hisobot ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishi. b yozish hamda chalkashliklarga yo‘l qo‘yilmaganligi. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling