Kirish. Auditorlik tahliliy amallari tushunchasi va ularning qo`llanishi haqida qisqacha ma`lumot


Korxonada auditorlik tekshiruvi o‘tkazish


Download 194 Kb.
bet4/14
Sana12.03.2023
Hajmi194 Kb.
#1265052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA TAHLILIY AMALLARNI QO

Korxonada auditorlik tekshiruvi o‘tkazish
namunaviy umumiy rejasi

A
























uditning umumiy rejasi
Tekshiriladigan tashkilot
Audit davri kishi-soatlar miqdori
Auditorlik guruhining rahbari
Auditorlik guruhining tarkibi
Rejalashtirilgan auditorlik riski
Rejalashtirilgan jiddiylik darajasi




Rejalashtirilgan ishlar turlari

O‘tkazish davri

Baja-ruvchi

Eslatma

1

Mijoz faoliyati bilan tanishish










2

Ichki nazorat tizimini baholash










3

Auditorlik dalillar










4

Jiddiylik va risk darajasini aniqlash










5

Auditorlik tanlash










6

Audit dasturi










7

Auditni bevosita o‘tkazish jarayoni (dasturni bajarish)










8

Bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash










9

Tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va h.k.









Auditorlik tashkiloti nomidan


auditorlik xulosasini imzolash huquqiga ega rahbar
Auditorlik guruhining rahbari
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog‘ida ko‘p hollarda mijoz faoliyatini 100% to‘liq tekshirish mumkin bo‘lmaydi. SHu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatish zarur (bu haqda 5 bobda ma’lumot beriladi).
Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo‘limlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan kelishish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo‘lib qoladilar. Ko‘p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq tahlil etish bilan bog‘liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko‘zda tutish, auditorning tekshiruv chog‘idagi hatti - harakatlari mijoz-korxona rahbariyati uchun tushunarli bo‘lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan hujjat-lar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo‘ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvo-fiqdir.
Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so‘ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro‘yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib, unda tekshirilishi lozim bo‘lgan buxgalterlik hisobining barcha bo‘limla-rini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo‘yicha ularning barcha hatti-harakatlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo‘lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo‘li-mi bo‘yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
№3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. SHunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o‘rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas.
Auditor o‘z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to‘g‘riligini o‘z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risida zarur axbo-rotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo‘lgan nazorat amallarining mazmunini, o‘tkazish vaqtini va hajmini aniqlash;
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko‘rsatkichlar aks ettiriladi:

  • audit o‘tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;

  • bajariladigan ishlar hajmi;

  • auditor qo‘llaydigan usullar va amallar.

Auditor o‘z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o‘tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:

  • auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shartnomasi shartlarini o‘rganishi;

  • o‘tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;

  • maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;

  • tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo‘riqnoma-lar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o‘rganishi;

  • tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi;

  • ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi;

  • korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo‘limlari va maxsus bo‘linmala-rida audit o‘tkazish maqsadga muvofiqligini o‘rganishi;

  • ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.

Auditorlik tekshiruvi chog‘ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo‘lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo‘lishi lozim. Xususan quyidagilar ko‘rsatiladi: tekshiruv o‘tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro‘yxati; amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to‘g‘risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga qaratil-gan boshqa tavsiyalar.(Ish hujjatlari to‘g‘risida 4.7-bo‘limda batafsil ma’lumot beriladi).
SHuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo‘jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko‘rsatgan holda); o‘tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to‘plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiq-ligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to‘planganligini ham baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o‘ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo‘lishi lozim.
Ish hujjatlarida aks ettirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi (Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish XV bobda batafsil yoritilgan). Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisob-lanadi. Audit yakunlanganidan so‘ng ish hujjatlarini himoya-lash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilishi kerak. Ish huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o‘rganilib, bayon qilinadi va o‘tka-ziladigan tekshiruvning asosiy o‘lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari hujjat-lashtirilishi lozim. SHuning uchun rejalashtirishning birinchi bosqichida auditor tekshiradigan korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy tuzilishining bayoni, boshqaruv tizimining bayoni, tekshirilayotgan korxona moliyaviy hisobining qisqacha tahlili.
Bunda auditor korxona to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlarni to‘playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma’lumotlar va hujjatlar nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to‘plamini shakllantiradi. Ushbu to‘plam hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo‘lib qolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli darajada o‘zgarmagan bo‘lsa, qaytadan o‘rganib chi-qishga extiyoj qolmaydi. SHuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o‘tkazganida ham ushbu doimiy to‘plamdan foydalanib, zarurat bo‘lganda uni yangilab boradi.
Doimiy to‘plamda quyidagilar saqlanishi lozim:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling