Kirish. Avtomobilning ishonchliligi va uzoq muddatgacha ishlashga yaroqliligiga oid asosiy atamalar va tushunchalar
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
Download 2.89 Mb.
|
yurish qismiga txk O\'MT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar
Ilova-№6
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar, asosan, avtomobilning eng yuqori yuk ko'taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan yo'llarning og'ir sharoitlarida ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, parchin-mixli birikmalar bo'shashadi, dvigatel va transmissiya agregatlarining o'zaro to'g'ri joylashuvi buziladi. Oldingi ko'prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, ko'prik balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o'rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o'rnatish teshigining yeyilishi misol bo'ladi. Oldingi ko'prik detallarining yeyilishi g'ildiraklar o'rnatish burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi. Yurish qismining ko'rsatib o'tilgan nosozliklari avtomobilning to'g'ri chiziqli harakatdan o'ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g'ildiraklarning ta'siri, avtomobilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi. Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman KXK paytida aniqlanadi. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatori kuzovning og’ishi va ko’ndalang tebranishini kamaitirishi, uni so’ndirish hamda avtomobilning ko’ndalang turg’unligini yahshilashga hizmat qiladi. U ko’pincha engil avtomobillarning oldingi osmasi bilan birga ishlatiladi. «NEKSIYa» avtomobili osmalarining tuzilishi. NEKSIYa avtomobilining old osmasi (1-rasm) richag-teleskopik bo’lib elastik qism sifatida prujina 2 ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson) tipidagi osmalar turiga kiradi. Osma pastki richaglar 6, amortizatorli teleskopik ustun 3, prujina 2, yuqorigi tayanch 1 va stabilizator 7 dan iborat. Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan. Teleskopik ustunning yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo’lib, oldingi g’ildirakning burilishini ta'minlash uchun tirgak podshipnik 1 o’rnatilgan. Teleskopik tayanchni g’ildirakning podshipnikli gupchagi ushlab turadi, uning o’zi esa pastki richag bilan sharli barmoq erdamida mahkamlangan. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatori 7 pastki richaglari ikkita stoika 8 orqali mahkamlangan. «Neksiya» avtomobilining ketingi osmasi (2-rasm) mustaqil emasdir. Osma ikkita bo’ilama joilashgan richagdan 1 iborat bo’lib, kuzovga mahkamlangan, hamda bir-biri bilan ko’ndalang to’sin 2 bilan biriktirilgan; bundan tashqari ikkita bochkasimon prujina 3 va amortizator 4 ham bor. Amortizator va prujinalar airim joilashgan. Osmaning ko’ndalang to’sini sharnir erdamida kuzov kronshteiniga mahkamlangan. Osma richaglariga avtomobilning ko’ndalang turg’unligini ta'minlash stabilizatori 5 mahkamlangan. Ma’lumki, avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yoki har xil tezlikda xarakatlanganida g‘ildiraklar orqali kuzovga yoki rama 8 ga turtki va siltov kuchlari uzluksiz uzatiladi. Bu salbiy kuchlarni kamaytirish maqsadida osmada hajmli yoki shaklli o‘zgaruvchi konstruksiyadan foydalaniladi. Elastik konstruksiyalarda varaqali ressor yoki spiralsimon prujinalar qo‘llaniladi. Orqa osma ham, old osma singari mustaqil yoki nomustaqil bo‘lishi mumkin. Nomustaqil osmada chap va o‘ng g‘ildiraklar umumiy bikr balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, bir g‘ildirakni siltanishi va tebranishi ikkinchi tomondagi g‘ildirakga uzatiladi. Mustaqil osmada har bir g‘ildirak kuzov yoki ramaga alohida o‘rnatilgan bo‘lib, ularning turtki va silkinishi ikkinchisiga dahli bo‘lmaydi. Orqa osmaning tasviriy chizmasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling