Kirish Axborot tizimi tushunchasi Avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimlari Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish


Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari


Download 198 Kb.
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi198 Kb.
#220554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
4. Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:

  • biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‘ozli hujjat aylanishi hajmini kamaytirish;

  • xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash;

  • operatsion harajatlarni oqilonalashtirish;

  • statistik va analitik funksiyalar.

Professional tizimlar zamirida ko‘plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan yilga oshib bormoqda va yangi professional ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‘lgan bir nechta professional ishlovlar mavjud.

Mehmonxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‘pligiga qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‘xshash.

Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma’muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‘zi funksional prinsipga ko‘ra tuzilgan.

Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish, yashash va ko‘rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo‘li bilan mehmonlarning hisobvaraqlarini yuritishni ta’minlash imkonini beradi.

Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‘limlarida mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga talabnomalarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyatsiya qilish.

Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo‘ljallangan. Kichik mehmonxonalarda asosan Front offise ni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo‘llaniladi. quyida shunday tizimlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.




Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling