Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali


II BOB. KONNI OCHISH VA QAZIB OLISH TIZIMINI TANLASH


Download 335.51 Kb.
bet4/24
Sana21.06.2023
Hajmi335.51 Kb.
#1644870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Xasanov U. asosiy qism 100 %

II BOB. KONNI OCHISH VA QAZIB OLISH TIZIMINI TANLASH


2.1. Sovuq buloq konini ochish

Karyer maydonini ochish yer yuzidan karyer ishchi gorizontlariga transport vositalarini yetib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni otvallarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni ta’minlaydigan ochiq kon lahimlari orqali amalga oshiriladi.


Muayyan karyer sharoitida qabul qilingan ochish usuli kon ishlarini xavfsiz va iqtisodiy samarali olib borish bilan bir qatorda konning konditsion zahiralarini tо‘laroq qazib olish va atrof muhitni saqlashga oid tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Bir (yagona) kapital transheya bilan ochilgan ishchi gorizontda kо‘p hollarda transport vositalarining mayatniksimon (qaytma) harakati yо‘lga qо‘yiladi. Juft transheya va trassalar (yо‘l) asosan chuqur bо‘lmagan, yuk aylanmasi sur’ati yuqori (intensivnost sо‘zi о‘rnida) karyerlarda qо‘llaniladi.
Ochish sxemasi – bu ma’lum qaralayotgan davrda karyerning ishchi gorizontlarini va kon massasini karyer ichida yoki yer yuzida mos ravishda qayta yuklash va qabul qilish punktlarini (joylarini) о‘zaro bog‘liqligini yuktransport harakatini ta’minlovchi barcha ochuvchi kon lahimlari majmuidir.
Ochish sxemasi, ochuvchi kon lahimlarining ma’lum holatida yoki boshqacha aytganda karyer qurilish va ekspluatatsiyasi rivojlaninshining har qanday kalendar davrida о‘zining turi, soni va ayni muhitdagi (prostranstvo) holatiga kо‘ra xarakterlanadi.
Umumiy holda, bir ochish sxemasi karyer ishlash muddatining ma’lum davrida (ochish vaqtida) amal qiladi va ayni davrda ma’lum kon-geologik va kon-texnik sharoitlarda karyer ishchi gorizontlarini ochishning aniq bir usulini yoki usullar kombinatsiyasini amalga oshiradi. Gorizontal holda joylashgan konlarda yalpi (sploshnoy) qazish sistemalarida (tizimlarida) ochish sxemalarini yaratish (kurish) karyerni ekspluatatsiyasi boshlanishi bilan yoki kо‘p hollarda karyerning foydali qazilma bо‘yicha tо‘liq ishlab chiqarish quvvatiga erishishi bilan tugaydi. Shundan sо‘ng bu ochish sxemasi barqaror yuk oqimlarida karyer maydonida qazuv ishlari tugagunicha yoki karyerni rekonstruksiya qilish davrigacha faoliyat kо‘rsatadi. Ochish usullari variantlari umumiy holda ochuvchi lahimlar hajmi va turi, ularni о‘tish va jihozlashga ketgan sarf-xarajatlar, karyerni qurish va alohida gorizontni tayyorlash davomiyligi, tashish masofasi, transport bilan bog‘lik sarf xarajatlar, lahimlardan suv qochirish, quritish va karyerni shamollatish maqsadlarida foydalanish, ba’zi hollarda esa, konni о‘rganish (razvedka) yoki karyerni yer osti qazuv ishlariga tayyorlash kabi omillar bilan baholanadi.



Download 335.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling