Kirish barchamizni vatan tarqqiyoti birlashtiradi! Respublikamizda erkin iqtisodiy zonalarning ko‘payishi, undan tashqari Ona zaminimiz bag‘rida yotgan resurslarimizni nes – nobut qilmasdan o‘zlashtirsak, kon zaxiralaridan samarali


- rasm. Avtomobil yo’lining ko’ndalang profili


Download 335.51 Kb.
bet14/24
Sana21.06.2023
Hajmi335.51 Kb.
#1644870
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Xasanov U. asosiy qism 100 %

1- rasm. Avtomobil yo’lining ko’ndalang profili:
a – maydalangan tog’ jinslarida; b – qoyasimon tog’ jinslarida; v – s’yezdlarda; 1 – yer qatlami; 2 – o’tish qismi; 3 – yo’l cheti; 4 – suv chiqarish inshooti; 5 – chegara.
Yuk ko’tarish qobiliyati 27-40 va 75-200 t bo’lgan avtosamosvallar uchun yo’lning o’tish qismining kengligi mos ravishda 13-15 va 20-25m ni tashkil qiladi. Kichik radiusli qiyaliklarda kenglik radiusga ko’ra o’zgaradi. O’tish qismining kengayishi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi.
9-jadval

Qiyalik radiusi, m

250

100

50

30

20

15

Kengayish, m

0.5

0.8

1.1

1.4

1.7

2.1

Yo’l chetining kengligi 1-2m ni tashkil qiladi. Lahimlarda joylashgan yo’llar asosi 0.4m bo’lgan trapetsiyasimon yon kyuvetlarga (chuqurligi 0.8-0.9 m) ega bo’lishi kerak. Oddiy holatlarda yo’llar ikki tushgichli profilga ega bo’ladi, qiyalik esa 10-40 ‰ bo’ladi. Yo’llarni tog’ yonlarida, karyer borti bermalarida va radiusi 200m dan kichik bo’lgan qiyaliklarda qurishda yo’lning ko’ndalang kesim yuzasi bir tushgichli tog’ yon bag’ri qiyaligiga yoki qiyalik ichiga qaragan 20-40‰ bo’lgan profilga ega bo’ladi.


Yo’l qoplamasining turi yo’lning foydalanish vaqti, harakatlanish jadalligi, harakatlanadigan tarkib turi va mahalliy yo’l-qurilish materiallarining mavjudligiga ko’ra tanlanadi.
Katta karyerlarning katta harakatlanish jadalliligiga (avtosamosvallarning kuniga 2000-3000 reysida) ega statsionar yo’llarida sement-beton yoki asfaltbeton qoplamalar qo’llaniladi. Harakatlanish jadalligi nisbatan kamroq hollarida (kuniga 1000-1500 avtosamosval reysida) ishlov berilgan yoki aralashtirilgan maydalangan tosh qoplamalari qo’llaniladi. Vaqtinchalik yo’llar qoyasimon asosda qoplamaga ega bo’lmaydi. Yumshoq asosda bu yo’llar grunt qoplamaga, yoki maydalangan tosh aralashtirilgan asosga ega bo’ladi. Yuqori sifatli qoplamali yo’llardan foydalanish g’ildirak va harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash ishlarini, yoqilg’i va moylash sarfini kamaytiradi, chunki, katta harakatnish jadalligida yo’l qurilishi tannarxining tez qoplanishiga olib keladi.
Avtotransportning harakatlanuvchi tarkibi yuqori mustaxkamlik, manyovrga o/tkazuvchanlikka ega bo’lishi kerak, yuqori balandliklar va qiyaliklardan o’tishi va tez mexanizatsiyalanadigan bosimni ta’minlashi kerak. Tuzilish holatiga ko’ra karyer avtotransportining harakatlanuvchi tarkibi ikkita guruhga bo’linishi mumkin: avtosamosvallar va yarimtirkamalar. Avtosamosvallar – bu ramada joylashgan kuzovli mashinalar. Avtosamosvalning bo’shatilishi asosan kuzovning orqaga tashlanishi orqali amalga oshadi. Yarim tirkamalarda kuzov tortgichdan alohida ishlangan va u bilan maxsus bog’lovchi uskunalar bilan bog’langan. Yarim tirkamalar bir yoki ikkita harakatlanadigan o’qqa ega bo’ladi va orqa, yon va pastki bo’shatilishli bo’lishi mumkin. Ularning avtosamosvallarbilan solishtirgandagi asosiy afzalliklari - bu ularning yuk tashish qobiliyatining kattaligi, yoqilg’ining kam sarfi va kam ekspluatatsion xarajatlar. Lekin yarim tirkamalarning foydalanish imkoniyatlari kam harakatlilik sababli yuqori qiyaliklarni bosib o’ta olmaslik yoki nisbatan kichik qiyaliklardan o’ta olish qobiliyati bilan cheklanadi.
Karyer avtosamosvallarining asosiy ko’rsatkichlari bu, yuk ko’tarish qobiliyati, harakatlantirgich (dvigatel) kuchi, kuzov hajmi, g’ildirak formulasi va minimal burulish radiusi.
G’ildirak formulasi bu, avtosamosvallarning g’ildiraklar sonini ko’rsatuvchi ko’rsatkich (misol uchun, 4x2). G’ildirak formulasining birinchi soni umumiy g’ildiraklar sonini ko’rsatadi, ikkinchisi esa – harakatlantiradigan g’ildiraklar sonini.
Sovuqbuloq konida avtomobil yo’llari o’ziga xos murakkab sxema asosida rivojlangan.Kon massasini tog’li maydondan olib chiqish +780m nuqtadan boshlnadi, bu ko’rsatkich asosiy yo’lga o’taganda +690 m ni tashkil etadi. Karyerdan qazib olingan ohaktosh foydali qazilmasini saralash-maydalash qabul qilish punktlarigacha tashish Olmaliq shahri va sariq cho’qqi karyeri oralig’idagi avtomobil yo’llari orqali amalga oshiriladi. Sovuqbuloq karyerida avtomobil yo’llarning umumiy 10 kmni tashkil etadi, undan 3,5 km karyer hududida 6,5 km yer yuzasida joylashgan bo’lib, avtomobil yo’lining umumiy kengligi 13 m tashkil etadi. Karyerdagi avtomobil yo’llari ikki yo’nalishli bo’lib, 10 m kenglikda tashqi qoplamaga ega yo’llar hisoblanadi. Yo’l chetidan 0.6 m kenglikda avtoag’dargichlarning reys davomida ma’lum vaqt to’xtab turishi uchun sheben qoplamali yo’l hosil qilingan. Karyer yo’llarining doimiy ravishda joriy ta’mirlab turilishini hisobga olib eng maqbul yo’l sheben qatlamli tashqi qoplama hisoblanadi. Sheben qatlamining o’rtacha 20-25 smni tashkl etadi.


Download 335.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling