3.4.Sovuq buloq koni sharoitida ag’darma hosil qilish ishlari parametrlarini hisoblash
Qoplovchi tog’ jinsini avtosamosvallar bilan ag’darmalarga tashishda buldozerli ag’darma hosil qilish qo’llaniladi. Ag’darma hosil qilish jarayoni avtosamosvallar bilan tog’ jinsini pog’onaning yuqori qismiga bo’shatiladi va qiyalik bo’ylab siljitishni, yer yuzasini tekislash va avtomobil yo’llarini saqlash va tuzatish ishlarini o’z ichiga oladi.
Ag’darmani to’ldirish maydonli yoki pereferiya bo’yicha amalga oshiriladi. Birinchi holatda avtosamosvallar ish fronti bo’yicha qiyalikka qarab (turg’un ag’darmalarda) yoki qiyalikka 3-5 m qolgan holatda bo’shatiladi. Keyin tog’ jinsi buldozer bilan qiyalikka qarab siljitiladi. Buldozerli ag’darma hosil qilish bu holda loyihada rivojlanadi. Maydonli ag’darma hosil qilishda avtosamosvallar ag’darma yuzasi bo’ylab bo’shatiladi. Ag’darma yuzasi buldozerlar bilan tekislanadi va tekislagichlar bilan zichlanadi. Shundan keyin yangi qatlam tashlanadi. Bu holatda buldozerli ag’darma hosil qilish vertikal bo’yicha rivojlanadi. Iqtisodiy tomondan arzonroq usul bu pereferiya usuli, bunda tekislash va yo’l ishlari kamroq bo’ladi. Maydonli usul kam hollarda ishlatiladi (asosan kamturg’un yumshoq tog’ jinslarini g’aramalashda).
Pereferiya usulida xavfsizlik uchun yuqori ag’darma pog’onasida avtosamosvallarning orqa g’ildiraklari uchun yog’och yoki metall ustunlar qo’yiladi (ba’zida uning o’rniga balandligi 0.5-0.8 m va kengligi 2-2.5 m bo’lgan val tashlanadi).
Bundan tashqari buldozerli ag’darmaning yuzasi ag’darma markaziga qarab 4-5⁰ qiyalikka ega bo’lishi mumkin.
Buldozerli ag’darmaning tekis maydondagi balandligi tog’ jinsining turg’unligi va fizik-texnik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Qoyasimon tog’ jinslari uchun bu ko’rsatkich 30-35 m, qum tog’ jinslari uchun 15-20 m, gilsimon tog’ jinslari uchun 10-15m.
Tog’li karyerlarda buldozerli ag’darmalarning balandligi 150m va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bunday ag’darma balandligida ishchi tarkibning xavfsiz ishlashi uchun maxsus tadbirlar bajariladi.
Buldozerli ag’darma asosan bo’shatish frontiga teng bo’lgan uchta maydondan iborat . Birinchi maydonda bo’shatish, ikkinchida – tekislash ishlari, uchinchida esa – zaxira. Kon ishlarining rivojlanishi bilan maydonlarning vazifasi o’zgarishi mumkin.
Ag’darmaga kerakli bo’lgan maydon (m2) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
=87000*1.1/30*0.8=3987
=1.1-1.2 – ag’darmadagi tog’ jinsining maydalanganligining qoldiq koeffitsiyenti;
- ag’darma balandligi, m;
- ag’darma maydonidan foydalanish koeffitsiyenti (bitta pog’onada =0,8-0,9; ikkita pog’onada =0.6-0.7).
Do'stlaringiz bilan baham: |