8-seminar mashg’uloti Mavzu: Til taraqqiyotidagi semantik o‘zarishlar. Reja


Download 86.5 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1777298
  1   2   3
Bog'liq
8-seminar


8-seminar mashg’uloti
Mavzu: Til taraqqiyotidagi semantik o‘zarishlar.
Reja:

  1. Grammatik usul

  2. Fonetik usul

  3. Semantik usul

  4. So’z o’zlashtirish

Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining, asosan, to ‘rt usuli mavjud: grammatik usul, fonetik usul, semantik usul, so‘z o ‘zlashtirish usuli.
Grammatik usul. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining grammatik usuli tilning so‘z yasash modellari va so‘z yasash usullariga asoslanadi. Har bir tilning o ‘ziga xos so‘z yasash modellari va usullari bor. Grammatik so‘z yasash usullari so‘z yasash asosi va yasalgan so‘z hamda so‘z yasovchi vositalarga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. So‘z yasash asosi va yasalgan so‘zga ko‘ra bir so‘z turkumi doirasida hamda turli so‘z turkumi doirasida bo'ladi: xizmat — xizmatchi — xizmatchilik, son — sana — sanoq.
So‘z yasash vositalariga ko‘ra so‘z qo'shish va affiksal (morfologik) usul bilan so‘z yasash farq qilinadi. So‘z qo‘shish usulida yangi tushuncha ifoda qilish uchun ikki yoki undan ortiq so‘z biriktirilib, bir so‘z holiga keltiriladi. Bu usul bilan qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi: muzyorar, temiryo‘l, so‘z boshi va boshqalar. So‘zlami qisqartirish va qo‘shma qisqartma so‘zlar (i abbreviatura — lotincha abbrevio — qisqartirish) hosil qilish qoidalari ham shunga kiradi: O‘zMU — O‘zbekiston Milliy universiteti.
So‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash barcha tillar uchun xosdir. Bu usul ayniqsa qo'shimchasiz, masalan, xitoy, indonez tillarida keng rivojlangan. O‘zbek tilida morfologik (affiksal) usul bilan so‘z yasashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1) suffiksal usul: temir — temirchi, bosh — boshliq; 2) prefiksli usul: davlat — badavlat, tashvish — betashvish, gap — sergap; 3) suffiksalprefik usul: sergaplik, baquvvatlik.
Fonetik usul. Bunda so‘z tarkibidagi tovush o ‘zgarishi hamda urg‘uning o ‘rnini o'zgartirish yo‘li bilan yangi so‘z hosil qilinadi: aka-uka, yangi (yangi kitob) — yangi (hozir keldi).
Semantik usul. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining bu usulida so‘z ma'nolari o'zgarib boradi. Faqat so'zlar emas, ularning ma'nolari ham o ‘z tarixiga ega. So‘z ma’nolari semantik jarayonlar va so‘z ma’nolarining ko'chish qonuniyatlari asosida o'zgaradi. So‘z ma’nolarining o ‘zgarishi ularning nutqda qo‘llanishiga bog‘liqdir.
Til lug‘at tarkibining taraqqiyotida semantik usul yana quyidagi ko‘rinishlarga ega:
1) omonimlarning hosil bo’lishi: batareya (texnik termin — elektr batareyasi), batareya (harbiy termin — minomyot batareyasi), dasta (biror narsaning ushlagichi) — dasta (ansambl ma’nosida);
2) turdosh va atoqli otlar munosabati. Bunda turdosh otlar o ‘z ma’nosini toraytirib, atoqli otlarga aylanadi. O‘zbek tilidagi Anor, Ra’no, Muhabbat, Bolta, Tesha, Temir kabi atoqli otlar mana shundaydir. Viktor (lotincha victor — g‘olib), Volga (ruscha BOjia — Bjiara), Novgorod (ruscha novayan gorod) kabi atoqli otlar ham turdosh otlardan hosil bo‘lgan. Atoqli otlar o‘z ma’nosini kengaytirib, turdosh otlarga aylanadi. Masalan, iprit (zaharlovchi modda) Belgiyadagi Ipr shahri nomi bilan bog'liq. Golife, donjuan, donkixot so‘zlari ham ana shu tipdadir.
3) Konversiya (lotincha conversio — aylanish) — so‘z yasashning semantik-grammatik usulining alohida ko‘rinishini tashkil qiladi. Bunda bir turkumdagi so‘z ikkinchi bir turkumga o ‘tadi: uning leksik va grammatik ma’nosi o‘zgaradi. Konversiyaning asosiy ko‘rinishlari: subyektivatsiya , adyektivatsiya va adverbializatsiya. Bunda boshqa so‘z turkumlaridagi so‘zlar ot, sifat va ravishlarga ko‘chadi. Masalan, ot turkumiga kiruvchi aniqlanmish so‘zi aslida fe'lning sifatdosh shakli, umsh, o'qish, kirish, qurilish, tergov kabilar esa aslida fe’lning harakat nomi shaklidir.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling