2) yarim kalkalash — bunda kalkalanayotgan so‘z yoki ibora har ikki til elementlari orqali ifoda qilinadi: mashinostroye— mashinasozlik, avtomatchik — avtomatchi, elektronno-vыchislitelnaya mashina — elektron-hisoblash mashinasi, shturmovaya aviatsiya — shturmchi aviatsiya kabi.
Ba’zi terminlami o ‘zlashtirishda so‘zning yasovchi elementlari o'zbekcha qo‘shimchalar bilan almashtiriladi. Bu jarayon o'zlashtirilayotgan so‘zning o‘zagini so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ajratish mumkin bo'lganda, bu o ‘zbek tilida mustaqil holda ma'lum tushuncha ifoda qila olganda yuz beradi:
gvardeyets — gvardiyachi, avtomatchik — avtomatchi.Kalkalash yo‘li bilan paydo bo‘ladigan konstruksiyalaming ko‘pchiIigi birikma atamalardir: nablyudatelnыy punkt — kuzatish punkti, ximicheskaya — kimyoviy urush va boshqalar.
Savol va topshiriqlar:
Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining usullarini sanab bering.
Grammatik usul yordamida qanday so’zlar yasaladi?
Fonetik usul bilan so’zlar hosil qiling.
Kalkalab so’z o’zlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |