Kirish Birinchi bob. Turkiy tillarda Grammatik ma’noning ifodalanishi
Download 19.62 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
- Mavzuning dolzabrligi.
- Kurs ishining maqsadi.
- Mavzuning yangiligi.
Mundarija Kirish Birinchi bob. Turkiy tillarda Grammatik ma’noning ifodalanishi Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha 1.2 Grammatik ma'no ifodalovchi vositalar Ikkinchi bob. Turkiy tillar morfologiyasi 2.1 Turkiy tillarda so'z tarkibi 2.2. Asos va qo'shimchalarga ajratishdagi tafovutlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim va fanga bo‘lgan ahamiyat bevosita o‘zbek tilining rivoji, uning taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”, “Davlat tilini rivojlantirish to‘g‘risida”, qolaversa, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi qator qonun hujjatlari jamiyatning, jumladan, yoshlarning ilm-fan sohasida jadal harakat qilishiga omil hisoblanadi. Til va uning rivojlanishi uchun ham qator qonun islohotlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, yuqorida aytib o‘tilgan qator qonun, farmonlar tilshunoslik sohasida siljishlarga xizmat qiladi. Tilshunoslikni bugungi kunda yangidan yangi sohalari aniqlanib, uning rivoji uchun hissa qo‘shayotgan ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar talaygina. Bu ham bo‘lsa, o‘zbek tilining butun dunyoga bo‘y cho‘zishi uchun qilinajak ishning boshlanish nuqtasigina xolos. Buyuk Alisher Navoiy zamin yaratib ketgan o‘zbek tilining tarixiy tadriji olis davrlarga borib taqaladi. Uning to shu kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyotida ko‘plab so‘zlarning paydo bo‘lishi yoki aksincha yo‘q bo‘lishini kuzatish mumkin. Bu hodisa o‘z-o‘zidan tildagi leksik jarayonlarning jadal rivojlanishi bilan izohlanadi. Turkiy tillarining til sathlarida so‘zlarning kelib chiqishi, qanday paydo bo‘lganligini, uning lug‘aviy ma’nolari, nutqda yuzaga chiqishini til tarixi, etimologiya, leksikologiya, uslubshunoslik kabi qator bo‘limlari o‘rganadi. Ushbu kurs ishimiz turkiy tillarning qiyosiy grammatikasiga oid bo‘lib, bunda hozirgi turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi yoritib berilgan. Mavzuning dolzabrligi. Turkiy tillar davrida leksemalar taraqqiyoti natijasida juda ko‘p o‘zgarishlar yuz bergan.Ba’zi so‘zlar ma’no torayishi natijasida, ba’zi so‘zlar ma’no kengayishi natijasida o‘z leksemik ma’noni yuqotgan. Har bir sohada ishlatiladigan atamalar tilshunoslik uchun dolzarb masala. Kurs ishi Hozirgi turkiy tillarning qiyosiy fonetikasiga bag‘ishlanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish davri amalda nihoyasida kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlanadi. Tildagi ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”1 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Ma’lumki ona xalqimiz necha asrlar davomida o‘z bilim va salohiyatini til orqali namoyon qiladi. Uning jozibasi ona allasida, bola she’rlarida o‘z xususiyatini yorqinlashtiradi2 Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi turkiy tillarda so’z tarkibi va grammatik ma’no ifodalanish usullarini yoritib berish. Kurs ishining vazifalari. Kurs ishini yozish jarayonida quydagi vazifalar bajariladi: -qadimgi va hozirgi turkiy tillarning qiyosiy so’z tarkib va ifodalinish usullarini o‘rganishdir. Mavzuning yangiligi. Ushbu mavzu qiyosiy tarixiy tilshunoslik uchun yangi mavzu sanaladi Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi mundarija, kirish, ikki-bob, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 1.2 Turkiyshunoslikda bugungi kunga qadar uzil-kesil hal etilmagan bir qancha muammolar mavjud. Modomiki, turkiy tillar davri taraqqiyoti qadimgi va hozirgi turkiy tillarning tipologik birligi hamda leksik umumiyligining asosi sanalar ekan, bu mushtaraklik belgilari to„la asoslanishi lozim. Turlicha tuzilishda til belgilarining real taqsimlanishi, turkiy qabila va elatlarning bir xil birikmaganligi yoki ajralganligining natijasi, ularning qardosh yoki qardosh bo„lmagan etnik guruhlar bilan til belgilariga ko„ra turlicha integrallashuvi oqibati deb qarash mumkin bo„ladi. Turkiy tillarni qiyosiy - tarixiy aspektda o„rganishda ularning areal xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Oltoy, Mo„g„ul, Koreys kabi tillarning qarindoshligi masalasi munozaralidir. Ayrim olimlar bu tillarning genetik jihatdan qarindosh emas, balki tipologik o„xshash degan fikrni bildiradilar. Qiyosiy - tarixiy metod orqali bu hodisalarga aniqliklar kiritiladi. Oltoy tillarining genetik qarindoshligi haqidagi gipoteza yoki oltoy gipotezasi o„tgan asrda R.Rask, V.Shott va M.A.Kastrenlar tomonidan ilgari surilgan va avval Ural - Oltoy, so„ng Oltoy variantlarida keng ko„lamda tarqaldi. Ural - Oltoy variantining Oltoy deb o„zgartirilishi munosabati bilan ural tillari alohida oila tarzida ajratildi. Oltoy tillari deb turkiy, mo„g„ul, tungus - manjur va ayrim mulohazalar bilan koreys tillari ajratildi Aytilgan guruhlarni birlashtiruvchi belgilar sifatida V.K.Memyus unlilar uyg„unligi, so„z boshi va so„z oxirida undosh tovushlar guruhlanib kelishi mavjud emasligi, cho„ziq va ikkilangan undoshlarning yo„qligi va ochiq bo„g„inlarning ko„p ishlatilishini ko„rsatadi. Ye.D.Polivanov morfologiyaning suffiksal tipda ekanligi, urg„uning doimiy o„zgarmas (avvalgi bo„g„inda) ekanligi, leksik morfemalar tipik miqdoriy tarkibidagi tahminiy o„xshashliklar (bir va ikki bo„g„inli so„zlar), singarmonizm, fonetikadagi o„xshashliklarni asos hilib ko„rsatadi. "Dunyo tillari” kitobining( yangi nashri) kirish qismida muallif J. Deni turkiy, mo„g„ul va tungus - manjur 1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch, - Toshkent. Ma’naviyat, 2008 75 bet 2 Mirziyoyev Sh.M. Xalqimiz tilining beqiyosligi, -Toshkent. Fan. 2017, 89 bet Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling