Kirish bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi va ahamiyati
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 20.09 Kb.
|
КИРИШ НАМУНА
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHINING OʻRGANILGANLIK DARAJASI.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI. Tadqiqot doirasida hozirda berib borilayotgan infografikalarni va ularning anʼanaviy OAV vositalar yordamida uzatilgan kontentlardan afzallik jihatlarini oʻrganish, data material tayyorlash bosqichlarini bilish va faoliyatimiz doirasida qoʻllash asosiy maqsad qilib olindi. Shu oʻrinda, aytish kerakki, infografika yaratish bu shunchaki maʼlumotlarni toʻplash va ularning ustida ishlash va programmalardan toʻgʻri foydalana olish, ularning insonlarga taʼsiri, oʻqishli boʻlishi, tushunarli boʻlishi, ranglardan toʻgʻri foydalanish, psixologiyaga taʼsir oʻtkazishi kabi omillarga ham eʼtibor qaratishni talab etadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bitiruv malakaviy ishining asosiy va tamal maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
- Data jurnalistikaning paydo boʻlishi va shakllanishini oʻrganish; - Data jurnalistikani sohaga kirib kelishini tadqiq qilish; - Data jurnalistika tamoyillari belgilash; - Data jurnalistikaning afzalliklari oʻrganish; - Infografika haqida nazariy tushunchalarni shakllantirish; - Infografika turlarini va uni yaratishga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish; - Pochta.ru va ssv.uz veb saytlarida berib boriladgan infografikalar turlarini oʻrganish va ulaning farqizi solishtirish; - Obyekt sifatida tanlab olingan ikki saytni infografika yaratish platformalari bilan tanishish. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING OʻRGANILGANLIK DARAJASI. Bitiruv malakaviy ishining nazariy qismini yozishda data jurnalistkaning paydo boʻlishidan to bugungi kungacha boʻlgan holati, rivojlanishi, maʼlumotlarning vizuallashtirishning afzalliklari va uning axborot qabul qiluvchiga taʼsiri, infografika yaratuvchi internet platformalari toʻgʻrisidagi ilmiy kitoblar, ilmiy tadqiqotlar va ilmiy maqolalar, bu boradagi bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari hamda internet manbalari atroflicha oʻrganildi. Ishning amaliy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi va Rossiyaning “Почта России” veb saytlarida uzatilayotgan infografikalar oʻrganilib, tadqiq qilindi. Download 20.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling