Kirish Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir. Sh. M. Mirziyoyev. Kurs ishining dolzarbligi
Download 19.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaktab informatikasiii
Kirish Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir. Sh.M.Mirziyoyev. Kurs ishining dolzarbligi:Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’limning biror o’quv fanini to’liq ravishda yoki uning qaysi qismini AKTdan foydalanib o’tsa qanday samara berishini yoki AKTni qo’llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini, shuningdek yana boshqa ko’p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo’lib bormoqda. Maktablar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’gil-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko’makchi vazifasini ham o’tayotir. Darsliklarning elektron shaklini yaratish soha mutaxassislaridan ijodkorlikni talab etadi. Bu borada markaz mutaxassislari Respublika ta’lim markazi vakillari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o’yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo’llanmalardan ayni vaqtda ko’plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Umumta’lim maktablar uchun tayyorlanayotgan multimedia vositalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalari o’g’il-qizlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga, pedagoglar uchun ko’makchi vazifasini ham o’tayotir. Elektron darsliklar, video va audiodarslar, interaktiv va animatsiyali virtual laboratoriya ishlari, testlar, ta’limiy o’yinlar va boshqa ta’lim resurslari, metodik qo’llanmalardan ayni vaqtda ko’plab ta’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Ta’lim muassasalarida zamonaviy texnikalardan foydalanish borasida pedagoglar uchun o’quv-trening vazifasini o’tovchi elektron axborot-ta’lim resurslari – dasturlar yaratilgan. Bu o’qituvchilarning darsni sifatli tashkil etishi, malakasini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia dasturlarini yaratish, rivojlantirish, ommalashtirish borasidagi ishlar o’z samarasini bermoqda. Ta’lim maskanlarida o’quvchilar to’g’ridan to’g’ri internetda yoki sinfxonalarda disklar va audiodisklar yordamida fanga oid ma’lumotlar bilan tanishmoqda. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan bemalol foydalanib, o’z salohiyati bilan olam ahlini lol qoldirayotgan yoshlarimiz safi kengaymoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda yoshlar uchun keng shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganining samarasidir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar. “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari yuqori darajaga ko'trilgan. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. Download 19.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling