Kirish bob. Iqtisodiy tizim tushunchasi


Yaponiya iqtisodiy tizimi kelajagi, undagi muammolar va ularning yechimlari


Download 46.27 Kb.
bet9/10
Sana08.04.2023
Hajmi46.27 Kb.
#1341338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiy tizimlarning turlari va modellari

4.2. Yaponiya iqtisodiy tizimi kelajagi, undagi muammolar va ularning yechimlari .
Yangi ming yillikda Yaponiya iqtisodiy tizimi mavjud bir qator inqirozlar tufayli o’z ahamiyatini yo’qotadi. Yaqin davrda tizimlarnig afzalliklari sifatida qayd etilgan xususiyatlari: uzoq muddatli o’sishni bashorat qila olish qobilayti, asosiy ishtirokchi-sheriklar o’rtasida kelishuvchanlik munosabatlariga erishish, uzoq muddatli startegiya maqsadida qisqa muddatli foydadan voz kechish, yaponlarga xos an’anaviylikka ishonch endilikda uning zaiflik sabablariga aylanmoqda. Biroq Yaponiyadagi joriy turg’unlik aynan tizimning aybi bilan yuz berdimi yoki u tizimning faoliyatini cheklab qo’yuvchi davlatning muayyan bir siyosatiga bog’liqmi, buni aniqlash talab etiladi. Bunday sharoitlarda uy xo’jaliklari ham, korxonlalar ham kelajakka ishonchni yo’qotadi. Makroiqtisodiy tahlil tili bilan gapiradigan bo’lsak, kutilayotgan o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi ro’y beradi. Bunday vaziyatda inqirozga qarshi siyosat yordamida ahvolni qisqa muddatga yaxshilash mumkin bo’ladi. Biroq nomaqbul demografik sharoitlarda yapon iqtisodiyotini barqaror o’sish yo’liga qayta tushirib olish uchun, o’rta muddatli istiqbolda tuzilmaviy islohotlar talab etiladi.
Ushbu islohotlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Davlat moliya sohasida – davlat xarajatlarini izchil qisqartirib borish yo’li bilan uni sog’lomlashtirish, barqaror ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish va davlat investitsiyalarini strategik jihatdan muhim maqsadlar uchun yo’naltirish kerak.
4.3.Yaponiya va O’zbekiston iqtisodiy tizimlarining o’zaro tahliliy natijalari.
Yaponiya va O’zbekiston iqtisodiy tizimlarini o’zari taqqoslaydigan bo’lsak, ular o’rtasida juda katta tafovut mavjud. Chunki deganda bugungi kunga kelib, O’zbekiston o’zrivojlanish yo’lida iqtisodiyotning Xitoy modelini asos qilib olgan. Ushbu modelda yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, xorijdan investitsiya kiritib, mamlakatda ishlab chiqarishni rivojlantirish, bojxona to’lovlarini yengillashtirish, ba’zilarini esa bekor qilish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish va shu kabi qator vazifalar amalga oshiriladi. Xitoy shu yo’llar bilan bugungi kunga kelib rivojlangan davlatga aylangan. Shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi ham oldin xuddi biz kabi hozirgi bizning iqtisodiy jarayonimizni bosib o’tgan. Shuning uchun ham mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish uchun aynan Xitoy modelini o’ziga asos qilib olgan. Yaponiyaga keladigan bo’lsak, Yaponiya chetdan investitsiya kiritib emas, balki, faqatgina xomashyo import qilib, uni qayta ishlab yana chetga import narxidan ikki baravar yoki undanda ko’p miqdorga eksport qilish bilan iqtisodini rivojlantirib boradi. Misol uchun O’zbeksiton ham Yaponiyaga temir, paxta va shu kabi xomashyo mahsulotlarini eksport qiladi, Yaponiya esa shu mahsulotlarni qayta ishlab bizga import narxidan ancha baland narxda qayta sotadi. O’zbekiston bunday iqtisodiy tizimga o’tishga hali yetarlicha tayyor emas. Chunki deganda O’zbeksitonda qayta ishlash uchun texnika-texnologiyalar salmog’i kam. Shuning uchun ham faqat chetdan texnika eksport qilib, o’zimizda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantira olamiz. Yaponiya esa texnikalarni o’zida ishlab chiqib, arzon xomashyoni sotib olib, uni qayta ishlab eksport qilib katta daromad oladi va yil sayin iqtisodi rivojlanib boradi.

XULOSA
Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, iqtisodiy tizimni ongli ravishda o'zgartirish bilan, uning yakuniy parchalanishini oldini olishning asosiy sharti "keraksiz" elementlarni "silliq" olib tashlash va yangilarini kiritishdir; ularga yangi muhitga moslashish va ushbu aniq iqtisodiy tizimdagi elementlarning mos kelmasligini oldini olish.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini aniqlash uchun iqtisodiy tizim tushunchasi qo'llaniladi. Adabiyotda siz iqtisodiy tizimning bir nechta ta'riflarini topishingiz mumkin. Ammo, mohiyatan, ular bu iqtisodiyotni tashkil etish shakli, vazifasi cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo'llari va usullarini izlashdan iborat iqtisodiy mexanizm ekanligidan dalolat beradi.
So'nggi bir yarim-ikki asrda dunyoda quyidagi tizimlar faoliyat ko'rsatdi: erkin raqobat bozori iqtisodiyoti (sof kapitalizm), zamonaviy bozor iqtisodiyoti (zamonaviy kapitalizm), ma'muriy-buyruqbozlik va an'anaviy iqtisodiyot.
Har bir tizim iqtisodiy tashkilotning o'ziga xos milliy modellariga ega, chunki mamlakatlar tarixining o'ziga xosligi, iqtisodiy rivojlanish darajasi, ijtimoiy va milliy sharoitlari bilan ajralib turadi.
Bir tizimdan ikkinchisiga o'tish iqtisodiyotning maxsus, o'tish davri holatini keltirib chiqaradi. O'tish davri iqtisodiyoti ba'zi o'ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi, unda maxsus iqtisodiy shakllar (masalan, qisman xususiylashtirilgan korxonalar) ishlaydi va shu bilan birga yangi tizimga xos bo'lgan shakllarning jadal rivojlanishi va eski iqtisodiy munosabatlarning asta-sekin yo'q bo'lib ketishi kuzatiladi.

Download 46.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling