O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari Reja
Download 69.38 Kb.
|
O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari
O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari Reja: Mamlakatning ravnaqi va kelajagi uning iqtisodiy muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq. Makroiqtisodiy siyosat va iqtisodiy o‘sish O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari Mamlakatning ravnaqi va kelajagi uning iqtisodiy muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq. Shu bois, yil yakunida qilingan ishlar sarhisob qilinib, keyingi rejalar belgilanib olinadi.Xo‘sh, respublikamizda o‘tgan yilda erishilgan yutuqlarda qanday tendensiyalar muhim rol o‘ynadi? 2019 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga ta’minlandi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi (2018 yilda – 1 533 dollar). 2017 yilda milliy valyutaning ikki marta qadrsizlanishiga qaramasdan, 2019 yilda dollar ekvivalentidagi YaIM hajmi deyarli devalvatsiya amalga oshirilgan davrdagi ko‘rsatkichni qayd etdi. Ma’lumot uchun aytish joizki, nominal YaIMning dollar ekvivalentidagi hajmi 2017 yilda 59,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda qariyb 58,3 milliard dollarni yoki 99 foizini tashkil etdi. 2018 yilda bu ko‘rsatkich 50,5 milliard dollardir. YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori sur’atda ya’ni 28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga ta’minlandi. Bu kabi erishilgan natijalarga qaramasdan, aholi jon boshiga YaIM hajmi jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan anchagina orqada qolmoqda va demografik holatni inobatga olganda iqtisodiyot qamrov darajasining pastligi, aholi daromadlari va jamg‘armalarining cheklanganligidan dalolat beradi. Mehnat bozorida kuchli demografik bosimning saqlanib qolinishi va natijada yetarli miqdordagi ish o‘rinlarini yaratish muammosi ishsizlik darajasini kamaytirish masalalarini hal etishni murakkablashtiradi. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi. YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga ta’minlandi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi (2018 yilda – 1 533 dollar). 2017 yilda milliy valyutaning ikki marta qadrsizlanishiga qaramasdan, 2019 yilda dollar ekvivalentidagi YaIM hajmi deyarli devalvatsiya amalga oshirilgan davrdagi ko‘rsatkichni qayd etdi. Ma’lumot uchun: nominal YaIMning dollar ekvivalentidagi hajmi 2017 yilda 59,1 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda qariyb – 58,3 mlrd. dollarni yoki 99 foizini tashkil etdi. 2018 yilda esa 50,5 mlrd.dollarni tashkil etgan edi. YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori sur’atda ya’ni 28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga ta’minlandi. Shu bilan birga, erishilgan natijalarga qaramasdan, aholi jon boshiga YaIM hajmi jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan anchagina orqada qolmoqda va demografik holatni inobatga olganda iqtisodiyot qamrov darajasining pastligi, aholi daromadlari va jamg‘armalarining cheklanganligidan dalolat beradi. Mehnat bozorida kuchli demografik bosimning saqlanib qolinishi va natijada, yetarli miqdordagi ish o‘rinlarini yaratish muammosi ishsizlik darajasini kamaytirish masalalarini hal etishni murakkablashtiradi. Murakkab vaziyatning asosiy sabablari quyidagilar hisoblanadi: Birinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish jarayoni jahon tajribasidan kelib chiqib, uzoq muddatni talab etadi; Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotini shakllantirishda fundamental xarakterga ega bo‘lgan muammolar xususan, mulkchilikka bo‘lgan munosabat, tovar va xizmat bozorlarini monopoliyadan chiqarilishi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uning natijalarini taqsimlash hamda fuqarolik jamiyatini boshqarish jarayonlariga imkoni boricha ko‘proq aholini jalb qiladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda inklyuziv institutlarni shakllantirish to‘liq hal etilmadi. Download 69.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling