O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari Reja


Markazlashgan investitsiyalar


Download 69.38 Kb.
bet5/5
Sana14.03.2023
Hajmi69.38 Kb.
#1267675
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekistonning 2019 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari

Markazlashgan investitsiyalar hajmi ijtimoiy va sanoat infratuzilmalari, shuningdek, boshqa davlat ob’ektlar loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 66 foizga oshdi.
Vazirlik, idora va mahalliy boshqaruv organlari kapital qo‘yilmalarning yuqori o‘sish sur’atlariga qaramasdan, kelgusi moliyaviy davr uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hajmiga mos kelmaydigan va belgilangan muddatlar inobatga olinmasdan kiritiladigan, investitsiya arizalarni taqdim etish bo‘yicha budjet intizomi mavjud emas.
Shuningdek, ayrim ijtimoiy yo‘nalishlardagi tarmoqlarni rivojlantirish strategiya va konsepsiyalarining mavjud emasligi, loyiha tashabbuskorlariga ajratilgan kapital qo‘yilmalarni kompleks va samarali o‘zlashtirishini ta’minlamayapti.
Vazirliklar, idora-buyurtmachilarda loyiha hujjatlarini texnik tavsiflarni ishlab chiqish tizimi mavjud emas, bu esa bajariladigan ishlar xarajatlarining asossiz o‘sishiga, shuningdek, tasdiqlangan hujjatlarni o‘zgartirishga olib keladi.
Bundan tashqari, alohida loyihalar (ob’ektlar) bo‘yicha ishlarni bajarish bilan loyiha hujjatlar bir vaqtda ishlab chiqish amaliyoti saqlanib qolmoqda, bu esa budjet ajratmalarini rejalashtirishda zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar miqdorini aniq belgilashga imkon bermaydi.
Ishlarni bajarish vaqtida loyiha hujjatlarining mavjud emasligi bajarilgan ish hajmi narxining oshishiga, ishlab chiqarish va qurilish jarayonlarini tashkil etish sifatini zaruriy nazoratini zaiflashishiga olib keladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat
Sanoat o‘sishining rag‘batlantiruvchi muhim omillaridan biri tashqi talab bo‘lib, u eksportning o‘sishi bilan ifodalanadi. 2019 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar eksporti (qimmatbaho metallar va tabiiy gazdan tashqari) 122,7 foizga va eksportyor korxonalar soni 1 138 taga oshdi.
Shu bilan birga, umumiy eksport tarkibida xom-ashyoga yo‘naltirilganlik darajasi saqlanib qolmoqda (57,2 foiz), yoki tovarlar eksportida ushbu ko‘rsatkich 70,8 foizni tashkil etmoqda.
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tovarlar va xizmatlar eksporti 2,3 mlrd.dollarni (umumiy eksportning 14,1 foiz), shundan xizmatlar eksporti 54,1 mln.dollarni tashkil etdi.
Eksportning xom-ashyoga yo‘naltirilishining asosiy sabablari:
- tayyor mahsulot tannarxining yuqoriligi natijasida raqobatbardosh emasligi (masalan qo‘shni davlatlardan maishiy elektr texnikalarini import qilish, bojxona to‘lovlari va transport xarajatini inobatga olgan holda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan arzonga tushadi);
- milliy sifat standartlarini xalqaro satandartlarga nomuvofiqligi yoki ularni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tan olinmasligi hisoblanadi.
Meva va sabzavotlar ulushi jami eksportda 7 foizni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 137,9 foizga o‘sdi. Bunda asosiy ulushni sabzavotlar (38,7 foiz) egalladi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar:
mazkur mahsulotlarning sifati import qiluvchi mamlakatning fitosanitar talablariga mos kelmasligi; saqlash quvvatlarining yetarli emasligi; xorijiy ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bilan aloqalarning yo‘qligi hisoblanadi.
Qayta ishlash tarmoqlarida eksportning eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi to‘qimachilik mahsulotlariga (124,6 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlar eksportida ip kalava eksportining yuqori ulushi saqlanib qolinmoqda. Bunda, tarmoqda GSP+ tizimiga qo‘shilish jarayonlari yakunlanmaganligi, aralash gazlamaning yo‘qligi tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shuningdek, metallurgiya, charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmlari o‘sishiga qaramay, ushbu tarmoqlar bo‘yicha eksport hajmi pastligicha qolmoqda.
2019 yilning yanvar-noyabr oylarida eksportdan tushgan valyuta tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga o‘sib, tabiiy gaz eksporti bilan birga 8,4 mlrd.dollarga yetdi. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga eksport amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 501,7 mln.dollarni tashkil etdi.
2019 yilning 11 oyida tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollarga o‘sib, 19,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Uning tarkibida asosiy ulushni mashina va uskunalar, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar (44,1 foiz), kimyo va undan tayyorlangan mahsulotlar (13 foiz), shuningdek oziq ovqat mahsulotlari (7,6 foiz) egalladi.
2019 yilning yanvar-noyabr oylarida import to‘lovlarining summasi 18,6 mlrd.dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga o‘sgan. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga import amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 490,8 mln.dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston qishloq xo'jaligida ham katta o'zgarishlar ro‘y berdi. Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan dastlabki islohotlaming ustuvor maqsadlari paxta yakkahokimligini tugatish, don mustaqilligiga erishish hamda xususiy fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishdan iborat bo'lgan. Paxta ekin maydonlarining keskin qisqartirilishi hisobiga g'alla maydonlari 1,5 barobar kengaytirildi. Shu tufayli O‘zbekistonda bug'doyning yalpi hosili 3,5-4 barobar oshirilib, qisqa vaqt ichida respublikamizda don mustaqilligiga erishildi. Bundan tashqari, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadigan sabzavotchilik, kartoshka yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik, sut-go‘sht chorvachiligi kabi qishloq xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratildi. Natijada, mustaqillik yillarida paxta hosili 5,5 min tonnadan 3,4 min tonnagacha kamayib, sabzavot hosili 2,5 barobar, kartoshka 6 barobar, meva 4 barobar, uzum 2,5 barobar oshdi, gosht va sut ishlab chiqarish hajmi ham 2 barobar o‘sdi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston uzum, poliz ekinlari, ayrim mevalami yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirdi. Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo'jaligida an’anaviy ix-tisoslashgan tarmoqlar-paxtachilik, pillachilik, qorako'lehilik ham o‘z ahamiyatini yo'qotgan emas. Jumladan, 2016-yil holatiga respublikamiz jahonda paxta yalpi hosili bo'yicha 6-o‘rin, eksporti bo'yicha 3-o‘rin, ipak ishlab chiqarish bo'yicha 6-o‘rin, qorako'l terisini ishlab chiqarish bo'yicha esa 2-o‘rinda turadi.
Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi respublika temiryo'l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. O'zbekiston hududi shimoli-g'arbdan janubi-sharqqa yuzlab kilometr masofaga cho'zilganligi, hamda davlat chegaralarining o'ziga xos shaklda tog' tizmalari va keng yastanib yotgan cho'llar orqali o'tganligini hisobga olsak, bu masala dolzarb strategik ahamiyatga ega ekanligiga amin bo'lamiz. Surxondaryo viloyati hududi Toshg'uzor Boysun Qumqo'rg'on, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi Uchquduq - Miskin Nukus, Farg'ona vodiysi Angren - Pop temiryo`llari qurilishi bilan O`zbekistonning yagona temiryo`llar tarmog'i bilan bog'landi. Natijada mamlakatimizning transport xavfsizligi va mustaqilligi ta’minlandi. Hozirgi vaqtda Navoiy va Buxoro viloyatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan nisbatan qisqa masofada bogiab qo‘yadigan Konimex-Miskin temiryo‘li hamda Urganchdan xalqaro turizm markazi hisoblangan Xiva shahriga tomon temiryо‘l qurilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda temiryo'llami elektrlashtirish va tezyurar poyezd yo‘nalishlarini barpo etish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo'yicha "Afrosiyob”, Toshkent Qarshi yo‘nalishida "Nasaf”, Toshkentdan Buxorogacha "Sharq" tezyurar poyezdlar qatnovi yo`lga qo'yildi. Endi esa Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob va boshqa temiryo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham boshlangan. Bular poyoniga yetganidan so'ng, respublikamizdagi tezyurar poyezd yo'nalishlarining geografiyasi yanada kengayishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi dengiz portlariga bir nechta yo'nalishlarda ishonchli chiqish yoMlariga ega bo`lish, Yevrosiyoning turli qismlaridagi regional transport tizimlari bilan bog`lanish orqali iqtisodiy-geografik o‘mining tranzit imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadlarida transport sohasida Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Xiloy, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Ummon kabi davlatlar bilan keng qamrovli o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo'ymoqda. Mamlakatimiz yordamida qurilgan Afg‘oniston hududidagi birinchi Termiz Mozori Sharif temiryo`li O‘zbekistondan janubiy yo'nalishda dunyo okeani portlariga tomon eng qisqa transport chiqishini yaratishning dastlabki bosqichi bo`ldi. Afsuski, Afg‘onistondagi geosiyosiy vaziyatning beqarorligi bu davlat hududidan Hind okeaniga tomon loyihalashtirilgan transport magistrallari qurilishini noaniq muddatgacha to‘xtatib turibdi.
Transport tizimida amalga oshirilavotgan keng qamrovli ishlar mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish borasidagi harakatlarning ajralmas qismi bo‘lmoqda. Dunyoning 140 ga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini yo`lga qo‘yayotgan O‘zbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Transport tizimining rivojlanishi respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yangi geografik yo‘na!ishlarda kengaytirishga imkoniyat beradi.
Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo'lgan. Keyingi yillarda bu raqam muttasil ravishda pasayib, 2016-yilga kelib 5 foizgacha tushib ketdi. Olz navbatida, energiya manbalari (eng avvalo, tabiiy gaz), rangli metallar, oziq-ovqat va to'qimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, avtomobil ishlab chiqarishning mamlakatimiz eksporti tarkibidagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi.
So‘ngi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sannoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb etish maqsadida respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy”, "Angren”, "Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut” hamda Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Download 69.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling