Kirish bob. Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlar
Vatanparvarlik. Vatanparvarlik
Download 124.5 Kb.
|
KURS IHI333
Vatanparvarlik. Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar insonlar vatanimizda juda ham ko'p uchraydi. Masalan, Abdulla Avloniy, u qatag'on yillari paytida yashagan bo'lsa ham so'z erkinligi unda juda rivojlangan. Mahmudxo'ja Behbudiy, u o'zining bolalarni o'qitish kitoblari bilan Vatanimizda tanilgan. Uning bolalarga Chet tilini o'rgatish, Savod chiqarish va boshqa o'qitishga oid qilgan ishlari taqsimga loyiq. Mustaqil mamlakatimizda kechayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, jamiyatimizning barcha jab-halarida munosib yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Aholining tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlash ana shu sa’y-harakatlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Tinchlik, osoyishtalik avvalo oiladan, mahalladan boshlanadi. Shu ma’noda, yurtimizdagi har bir aholi yashash joylarida ichki ishlar xodimlari, uchastka nozirlari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida fuqarolarni ogohlikka da’vat etuvchi tadbirlar o‘tkazib kelinayotir.
Tabiiyki, inson qayerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hech narsaga alishib bo‘lmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu bilan Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida orqalariga o‘girilib, ya’ni Makkai mukarramaga qarab: «Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lar edim», – deganlar. Demak, vatanni sevish, uni sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik hisdir. Biror sabab bilan vatanini tashlab, boshqa yurtlarga ketgan kimsa eng og‘ir damlarida uni qo‘msab, ko‘z oldiga keltirishi va tug‘ilib o‘sgan zamini haqida biror qayg‘uli xabar eshitganda qalban ezilishi, yutuqlaridan quvonishi ham vatanga bo‘lgan muhabbatning belgisidir. Tarixdan ma’lumki, birorta millat boshqa bir millatni tahqirlamoqchi yoki oyoqosti qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, uning vatanini bosib olib, vayron qilgan yoki vatanidan quvib chiqargan. O‘z vatanining dushmanlar qo‘lida qolganini ko‘rgan millat uchun bundan ortiq xo‘rlik va azob bo‘lmasa kerak. Zero, Vatan, millat, din tushunchalari inson uchun har narsadan aziz va muqaddasdir. Shuning uchun ham dinimiz ta’limotida ona Vatan himoyasi, millat farovonligi haqida qayg‘urish Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarida ham keng yoritilgan. Mustaqil mamlakatimizda kechayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, jamiyatimizning barcha jab-halarida munosib yutuqlar qo‘lga kiritilayapti. Aholining tinch, osuda va farovon hayot kechirishini ta’minlash ana shu sa’y-harakatlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Tinchlik, osoyishtalik avvalo oiladan, mahalladan boshlanadi. Shu ma’noda, yurtimizdagi har bir aholi yashash joylarida ichki ishlar xodimlari, uchastka nozirlari, mahalla faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida fuqarolarni ogohlikka da’vat etuvchi tadbirlar o‘tkazib kelinayotir. Tabiiyki, inson qayerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun qadrli Vatan hisoblanadi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hech narsaga alishib bo‘lmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazrati Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu bilan Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida orqalariga o‘girilib, ya’ni Makkai mukarramaga qarab: «Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o‘z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo‘lar edim», – deganlar. Hakimlar aytadilar: «Kishining vafodorligi uning o‘z vatani uchun qayg‘urishidan, birodarlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o‘kinib yashashidan bilinadi». Insonning o‘z xalqiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi uni vatanini himoya qilishiga, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo‘lishiga hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkoniyat darajasida hissa qo‘shishga undashi lozim. Vatanni turli g‘arazli oqimlar va yovuz kuchlardan himoya qilish yo‘lida diniy ekstremizm va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar o‘z samarasini berib, sezilarli darajada ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Har bir qalbda oʻz xalqining jajji qiyofasi yashaydi, deb yozgan edi taniqli nemis adibi Gustav Freytag. Vatanga muhabbatning asl boisi shudir ehtimol?! Bugun odamlar koʻngliga yoʻl topish, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish, muammolariga yechim izlashga qaratilgan ulugʻvor ishlar haqida koʻp gapirish mumkin. Xoʻsh, ana shu ezguliklar, xayrli tashabbuslar qayerdan quvvat olmoqda? Albatta, koʻngildan! Vatanga, xalqqa daxldorlik hissidan!“Elga qoʻshulgʻon esh topti”, deb bejiz aytmagan Hazrat Navoiy. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling