Кириш. Бурхониддин ал-Маргиноний фиких илмининг мутафаккири Асосий кисм Маргинонийнинг хаёти ва ижоди


Download 145 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi145 Kb.
#1017983
Bog'liq
Кириш


Кириш. Бурхониддин ал-Маргиноний---фиких илмининг мутафаккири
Асосий кисм
1. Маргинонийнинг хаёти ва ижоди
2.Маргинонийнинг --- ижод намуналар
3.Бурхониддин ал-Маргинонийнинг бой мероси
Хулоса


Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.
Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari „Bidoyat ul-mubtadiʼ“ („Boshlovchilar uchun qoʻllanma“)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — „Kifoyat ul-Muntahiy“ („Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot“)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida „Kitob al-Hidoya“ (qisqacha nomi „Hidoya“ — „Toʻgʻri yoʻl“)ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham „hidoyat yoʻlining sarboni“ deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi.
Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: „Nashr al-mazhab“ („Mazhabning tarqalishi“), „Kitob at-tajnis val-maziyd“ („Fuqarolik huquqini taqdim etish“), „Kitob ul-faroiz“ („Majburiyatlar haqida kitob“), „Maziyd fi furu ulhanafiy („Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar“) va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir“on marta ham „men“ degan soʻzni ishlatmay, „bu zaif banda aytadi“, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi.
Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din va-l-milla[1] va Burhonuddin al-Margʻinoniy[2] nomlari bilan mashhurdir.
Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga koʻchib borgan va umrining oxi-rigacha oʻsha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Margʻinoniy yoshlik chogʻlaridanoq Qurʼoni karimni yod olib, hadislarni chuqur oʻrgangan.U balogʻat yoshiga yetganida mukammal ilmga ega boʻlganiga qaramay ustozlardan taʼlim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq an-Navqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor.Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, oʻsha davrning koʻzga koʻringan allomalaridan “Al-Muhit” (“Ilmlar dengi-zi”) asarining muallifi Umar ibn Maaza, “Al-Fatava va favoid az-Zahira” (“Fatvolar va zohir narsalarning foydalari”) asarining muallifi Zohir ud-din ibn Umar al-Qodiy al-Buxoriy ibn al-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan.Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy (“Boshlovchilar uchun dast-labki taʼlim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum.Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan: “Abul-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “al-Muxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajo-yib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni odsim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”[3].Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.“Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi.“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
“Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan.Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomonnarsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiq-langan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893 yilda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan[4].Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi.
Uzoq musulmon olamida hozirgacha oʻz qimmatini yoʻqotmagan “Hidoya” va uning muallifi Margʻinoniy faoliyati oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi. Milla deganda xalq, yaʼni musulmonlar tushuniladi. Bu yerda olimni ulugʻlab, uni islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti deyilmoqchi.[2] Margʻinon – Margʻilon shahrini oʻrta asrlarda arablar Margʻinon deb atashgan.[3] OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi. Inv. № 2929, 214.[4] Qarang. Hidoya. Kommentarii musulmanskogo pravo. Toshkent, 1893. T. , I – IV. Asar 400 nusxada bosilgan boʻlib, “Turkiston oʻlkasini maʼmuriy jandarm boshqaruv ishlaridagi xizmatchilariga moʻljallangandir” (“Turkistanskiye vedomosti” 1893 g. 16 (28) iyunya), yaʼni Rus chorizmining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishni osonlashtirish maqsadlariga boʻysundirilgan boʻlib, ruscha tarjima inglizcha tarjimasidek toʻliq emas, ayrim qismlari toʻligʻicha tushirib qoddirilgan. Yo‘nalishlar: O‘rta asr arboblari, Shoirlar, Diniy ulamolar (Tavxid, Kalom ilmlari) Burhonuddin al-Marg‘inoniy - buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir. Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan Fiqx ilmida chuqur bilimga ega bo‘lsada, Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayotining oxirigacha ustozlarining asarlarini o‘rgangan. "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob") asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomalarni, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Siyariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy va boshqalarni sanab o‘tgan. U fiqx ilmi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirgan. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asarlari quyidagilar:"Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning yoyilishi") ;"Kifoyat al-muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim") ;"Kitob ul-faroiz" ("Farzlar kitobi"); “Kitob at-tajniya val-mazid” (“Ilmga bag‘ishlangan kitob”); "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob"); «Kifoyatul-muntaxiy» (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”); “Xidoya” («Kifoyatul-muntaxiyga yozilgan to‘rt bobdan iborat sharxlar kitobi”). Afsuski, bizgacha Burhonuddin al-Marg‘inoniyning barcha asarlari yetib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor: «Bidoyatul-Mubtadi’» «Majma’ Muxtorot an navozil» «Xidoya fi al-Fiqx»«Al Kifoya fi sharx Hidoya». Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asari hisoblangan "Hidoya" asari imom Muhammad ash-Shayboniy (“Kichik to‘plam”), Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy" asarlari asosida tashkil qilingan. "Hidoya"da “Muxtasar”da mavjud xuquqiy asoslar keltirilsada, biroq, uni alohida asar sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki unda ko‘rib chiqilgan masalalar Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy"dan ko‘ra kengroq yoritilgan. "Hidoya" to‘rt juzdan iborat bo‘lib, u alohida bob va bo‘limlarga bo‘lingan 57 ta kitobni o‘z ichiga mujassam etadi. Xar bir kitob islom huquqining muayyan qismiga bag‘ishlangan. "Hidoya"da huquqiy masalalarning yechimi dastlab Sahobalar, mujtahid olimlar va Movaraunnahrdan chiqqan yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Birinchi juz besh kitobdan iborat bo‘lib, u namoz, ro‘za va zakotga bag‘ishlangan. Ikkinchi juzga 36 bo‘lim nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi 36 bob va 37 bo‘limdan iborat juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish,vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik, majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan. To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. "Hidoya" boshqa manbalardan o‘zining mantiqiy ketma-ketligi va mavzular joylashi va mavzular sharhlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning "Hidoya" asari islom huquqshunosligiing rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va o‘chmas iz qoldirgan.2000 yilning noyabirida Marg‘ilonda Burhonuddin al-Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi.

Шарқ мусулмон оламида «Ислом дарахти Арабистонда кўкариб гуллаган бўлса меваси Мовароуннаҳрда етилган». деган ҳикматли эътироф бор. Айни шу эътирофнинг пайдо бўлишига сабабчилардан бири ислом ҳуқуқшунослигининг улкан намояндаси Бурҳонниддин Марғинонийдир…


“Ўзининг беқиёс салоҳияти билан буюк илмий мактаб яратиб, гўзал Фарғона диёрини жаҳонга тараннум этган ислом ҳуқуқшунослигининг яна бир улкан намояндаси Бурҳонниддин Марғинонийнинг таббаррук номини бутун мусулмон дунёси юз йиллар давомида эъзозлаб келади. Бу мўътабар алломанинг Шарқ оламида “Бурҳониддин ва милла”, яъни “Дин ва миллатнинг ҳужжати” деган юксак унвонга сазовор бўлгани ҳам буни яққол исботлайди.


Марғинонийнинг ўлмас мероси, хусусан, эллик етти китобдан иборат “Ҳидоя” -“Тўғри йўл” деб аталган асарининг, мана, саккиз асрдирки, мусулмон мамлакатларида энг нуфузли ва мукаммал ҳуқуқий манба сифатида эътироф этиб келинаётгани, албатта, бежиз эмас.”
Ислом Каримов
БУРҲОНИДДИН МАРҒИНОНИЙ ҲАҚИДА
Туркистондаги илк Уйғониш даври шундай қомусий олимларни дунёга келтирдики, уларнинг жаҳон маданияти ва илму фанига қўшган ҳиссаси ҳанузгача ҳайрат билан эътироф этилади. 2000 йилда таваллудига ҳижрий сана бўйича 910 йил тўлиши муносабати билан кенг нишонланган Бурҳониддин Марғиноний ҳам ана шундай буюк сиймолардан биридир.
Тўлиқ исми Абулҳасан Али ибн Абубакр ибн Абдулжалил ал-Фарғо-ний ал-Риштоний ал-Марғиноний (1123 йил 23 сентябр, Риштон тумани, Даҳбет қишлоғи — 1197 йил 29октябр, Самарқанд)— буюк фақиҳ, имом. Даставвал отаси Абубакр ибн Абдулжалил, сўнг Симом Баҳоуддин Али ибн Муҳаммад Асби-жобий қўлида таҳсил кўрди. Риштон, Марғилон, Бухоро, Самарқанд ва Моворауннаҳрнинг бошқа шаҳарларида исломий таълим олиб, ҳанафия мазҳабининг буюк фақиҳи сифатида ном қозонди. Шайхулислом бўлиб етишди. 1149 йили ҳаж сафарига борди. Бурҳониддин Марғиноний Самарқанд шаҳридаги Чокардиза қабристонига дафн этилган.
Алломанинг таваллуд саналари хусусида ихтилофлар бор. Кўпгина манбаларда ул Зотнинг туғилган кунлари умуман қайд этилмайди. Абу Тоҳирхўжа Самарқандийнинг «Самария» номли китобида мавлоно Бурҳониддин Марғиноний ҳижрий 515 йилнинг 12-ражаб ойида шанба куни (милодий 1123 йил 23 сентябрда) таваллуд топган деб маълумот берилади. Ваҳоланки, «Ҳидоя»нинг қадимий қўлёзма нусхаларидан бирида алломанинг туғилган кунлари 511 ҳижрий деб кўрсатилган. Шунга асосан 2000 йили таваллудларининг ҳижрий 910 йиллиги нишонланди. Бу ҳисобга кўра, Бурҳониддин Маргиноний таваллудлари 511 ҳижрий йилга тўғри келади.
Бурҳониддин Марғиноний фиқҳ бўйича асосий асари «Бидоят ул-мубтадиъ» («Бошловчилар учун қўлланма»)ни ҳанафия назариётчиси, шариат асосчиларидан Абул Ҳасан ал-Қудурий ва Муҳаммад аш-Шайбоний асарларига таяниб ёзган. Бурҳониддин Марғинонийнинг ушбу китоби назарий асар эди, ундан амалий жиҳатдан фойдаланиш қийин бўлган. Шу сабабли Бурҳониддин Марғиноний нинг ўзи 8 жилдли шарҳ — «Кифоят ул-Мунтаҳий» («Якунловчилар учун тугал таълимот»)ни ёзишга қарор қилган. Кейинчалик бу китоби асосида «Китоб ал-Ҳидоя» (қисқача номи «Ҳидоя» — «Тўғри йўл»)ни яратади (1178). Бурҳониддин Марғиноний бу китобда ўша замонларда мўмин-мусулмонлар дуч келадиган долзарб ҳаётий масалалар, жумладан оилавий ва ижтимоий муносабатлар, мулкчилик, савдо-сотиқ, жиноят ва жазо, инсоннинг бурч ва масъулиятларига тааллуқли жуда кўп мураккаб муаммоларни исломий ҳуқуқ нуқтаи назаридан ҳал этиб берди. Мазкур китоб нафақат Моворауннаҳрда, балки бутун ислом шарқида бир неча тилларга таржима этилиб маълум ва машҳур бўлиб кетди. Бу китоб фиқҳ илми бўйича энг аниқ, изчил, мукаммал асар бўлган. Ундан асрлар давомида ислом ҳуқуқшунослиги бўйича нуфузли ҳуқуқий манба — асосий қўлланма сифатида фойдаланилган . Шу сабабли аллома нафақат уламолар, балки оддий халқ орасида ҳам «ҳидоят йўлининг сарбони» дея катта ҳурмат-эътибор топди. Бурҳониддин вал-милла (ислом динининг далили, исботи) деган шарафли номга сазовор бўлдиАллома яна бир қанча асарлар ёзган: «Нашр ал-мазҳаб» («Мазҳабнинг тарқалиши»), «Китоб ат-тажнис вал-мазийд» («Фуқаролик ҳуқуқини тақвим этиш»), «Китоб ул-фароиз» мажбуриятлар ҳақида китоб»), “Зийд фи фуру ул-ҳанафий”( «Ҳанафия мазҳабига қўшимчалар») шулар жумласидандир. У ўз асарларида ижтимоий-иқтисодий муносабатлар, мулкчиликнинг турли шакллари (давлат ва сиёсий мулкчилик), жиноят ва жазонинг ҳуқуқий жиҳатларини, фуқаролик ҳуқуқи назарияси ва амалиёти, жиноий ишни кўриш масалаларини батафсил ёритиб берди. Бу асарларда адолат туйғуси, ўз даврининг ҳуқуқий мезонлари асосида яшаш, эганинг мол-мулкига кўз олайтирмаслик, ҳаромдан ҳазар қилиш, инсоф ва диёнат, меҳр-оқибат каби тушунчаларнинг моҳияти очиб берилган. Бурҳониддин Марғинонийнинг ўзи ҳаёти давомида ана шундай инсоний фазилатларга амал қилиб яшади. Илму урфон йўлидаги фидойилиги, камтаринлиги, ўз асарларида бирон марта ҳам «мен» деган сўзни ишлатмай, ҳокисорлик билан изоҳ беришида кўриниб туради.
Бурҳониддин Марғинонийнинг бизгача етиб келган асосий фиқҳий асарлари жумласига қуйидагилар киради:
1. «Нашр ал-мазҳаб» (Мазҳабнинг тарқалиши);
2. «Китоб ал-маносакул-ҳаж» (Ҳаж маросимлари ҳақида китоб);
3. “Китоб ун-филфароиз» (Мажбуриятлар ҳақида китоб ёки Мерос ҳуқуқи бўйича китоб);
4. «Китоб ат-тажнийсу вал-мазийд» (Илмни зиёда қилувчи китоб ёки Фуқаролик ҳуқуқини тақвим этиш китоби);
5. «Мухторот ун-навозил» (Мажмуъ-уннавозил) (Нозил бўлган нарсалар мажмуаси);
6. «Китоб ул-машойих» (Шайхлар ҳақидаги китоб);
7. «Мазийдун фи фуруъ ул-ҳанафия» ёки “Зийд фи фуру ул-ҳанафий” (Ханафий мазҳабига қўшимчалар);
8. «Шарҳ ал-Жомий-ал-Кабир Муҳаммад аш-Шайбоний» (аш-Шайбонийнинг «Жомиъу-кабийр» асарига шарҳ);
9. «Бидоят ул-мубтадиъ» (Бошловчилар учун дастлабки таълим);
10. «Кифоят ул-мунтаҳий» («Якунловчилар учун тугал таълим»). «Бидоятул-мубтадиъ» асари учун ёзилган 8 жилдлик шарҳ:
11. «Ҳидоя» («Кифоят ул — мунтаҳий» асари учун ёзилган 4-жилдлик шарҳ).
Афсуски, санаб ўтилган асарлар ҳақида тўлиқ бир тасаввур йўқдир. Чунки ўрта аср фақиҳларининг кўпгина асарлари каби, Бурҳониддин Марғинонийнинг ҳам асарларининг ҳаммаси бизгача етиб келмаган. Ўзбекистон Республикаси ФА Шарқшунослик институти Қўлёзмалар хазинасида алломанинг бир қатор асарлари қўлёзма нусхалари бор.
Алломанинг энг машҳур ва энг йирик асари «Ҳидоя» тўрт жилддан иборат бўлиб, унинг ҳар бир жилди турли муаммоларни ҳуқуқий ечимига бағишланган.
Биринчи жилд 5 китобдан иборат бўлиб, таҳорат ва амалий ибодатлар (намоз, рўза, закот ва ҳаж)га бағишланган. Бу жилд 47 боб ва 37 фаслдан иборат.
Иккинчи жилдига никоҳ, эмизиш, талоқ, қулларни озод қилиш, топиб олинган боланинг насабини аниқлаш, топиб олинган нарса, қочиб кетган қуллар, бедарак йўқолганлар, шерикчилик ва вақф ҳуқуқи каби масалалар киритилган. Бу жилд 60 боб, 36 фаслдан ташкил топган.
Учинчи жилдида (14 китоб) олди-сотди, пул муаммолари, кафолат, пулни бировга ўтказиш, қозиларнинг вазифалари, гувоҳлик, берилган гувоҳликдан қайтиш, ваколат, даъво, иқрор бўлиш, сулҳ, бир ишда пул билан шерик бўлиш, пулни сақлашга бериш, қарз бериш, совға, ижара, муайян шарт асосида чекланган озодлик берилган қуллар, волийлик (патронат), мажбур қилиш, ҳомийлик, қисман озод бўлган қуллар ва босқинчилик хусусидаги масалалар ўрин олган. Бу жилдда 36 боб, 37 фасл бор.
Тўртинчи жилдида (76 китоб) эса шафоат, меросни тақсимлаш, деҳқончилик ҳамда боғдорчилик хусусида шартнома, қурбонликка сўйишадиган жонзод ҳақида, умуман қурбонлик қилиш ҳақида, шариатга зид ёмон нарсалар ҳақида, ташландиқ ерларни ўзлаштириш хусусида, тақиқланган ичимликлар ҳақида, овчилик, гаровга бериш, жиноятлар хусусида, хун ҳақи тўлаш, васият каби масалалар ёритилган. Бу жилд 23 боб, 38 фаслдан иборат.
Бурҳониддин Марғинонийнинг илмий мероси ҳозирда ҳам ўз аҳамиятини йўқотмаган. Жаҳондаги кўп олий ўқув юртларида мусулмон ҳуқуқшунослиги Бурҳониддин Марғинонийнинг фиқҳ таълимоти асосида ўрганилади. Ўзбекистон мустақилликка эришгандан сўнг унинг илмий меросини ҳар томонлама чуқур ўрганиш, асарларини чоп этиш ишларига катта эътибор берила бошланди. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримов ташаббуси билан Бурҳониддин Марғиноний вафотининг 800 йиллиги (1997), таваллудининг 910 йиллиги (ҳижрий сана бўйича) (2000) кенг нишонланди. Шу муносабат билан Марғилон шаҳри марказида Бурҳониддин Марғиноний ёдгорлик мажмуи бунёд этилиб, шу ерда унинг рамзий мақбараси ўрнатилди.
БУРҲОНИДДИН МАРҒИНОНИЙ
АСАРЛАРИДАН ИҚТИБОСЛАР
“ҲИДОЯ” АСАРИДАН
Қуёш нурларини беркитиб бўлмаганидек, ҳақиқатнинг чироғини ҳам сўндириб бўлмас.
* * *
Саҳбон ўғли Ажлоннинг оғзидан чиққан фасоҳатли сўзларининг ўзи бир хулқу табиатдирки, у буларни отаси (Саҳбон)дан олган.
* * *
Сенга эзгулик кўрсатган кимсага эзгулик қилгин, чунончи Жавзо юлдузи ботгандан кейин Шихара юлдузининг порлаши гўзалдир.
* * *
Пайғамбар алайҳиссаломдан: «Лаъна оллоҳу ар-роший ва-л-мурташий», яъни «ришват (пора) олувчига ҳам, берувчига ҳам, Аллоҳ таолонинг лаънати бўлсин», деган ҳадиси шариф содир бўлгандур».
* * *
Қиморбозлар ой нурини ғанимат билиб қимор ўйнасалар, тунлари қиссаю ҳикоятлар тингловчилар эса бедорликка парво қилмайдилар.
* * *
Ёзилган китоб нусхасининг тўғрилиги кўз қорачиғининг боққанига боғлиқдир, ривоятнинг инобатлиси (ишончлиси) эса сероб сувдан ҳам ортиқроқ қондирар.
* * *
Баланд тоғларга кўтарилиб ва пастликларга тушиб сафар қилиш уйда, деворлар ичида, машаққатлар орасида оч ўтиришдан авлодир (хайрлидир).
* * *
Ўз вақтидан кечикиб берилган инъъм-эҳсон маҳкам тортилган занжир мисоли қаттиқ буғувчидир.
* * *
Ҳунарманду косиблар қўпдир, бироқ моҳиру қобилиятлари оздир (яъни, уста кўпу устаси оздир).
* * *
Икки нарса бир дарахтнинг бутоғидир, яъни, иккаласи ҳам бир хилдир: бирор нарса сўраганга (тиланганга) берса-ю аммо кейин уни миннат қилса, иккинчиси, ўзининг инъом — эҳсонини аяб, хассислик қилса, чунончи Аллоҳ таоло наздида миннат билан бир нарса бериш ва хассислик қилиб бермаслик қабоҳатда баробар ҳисобланади.
* * *
Зиммангда фарз бўлган нарсани қарз ва бурч ўрнига қўй. Бу ҳол қалбингу дилингга роҳат бахш этиб, шарафинг ва обрўйингии сақлаш учун энг тўғри йўлдир.
* * *
Олам узра шундай юргинки, то бутун оламнинг елкасига оёқ қўйгандек бўл, шунда жами махлуқотдан (борлиқдан) устун бўлурсан.
* * *
Аллоҳ таоло ато қилган турли неъматларнинг лаззати қудрат ҳолвасидан тотлироқдир. Аммо миннат бўлган ҳолатда эса зақум (жаҳаннам дарахти) мевасининг аччиғига қараганда ҳам аччиқдир.
* * *
Ўзи сазовор бўлмаган ҳамду саною мақтовларни талаб қилиш уятсиз, телба одамларнинг одатларидандир.
* * *
Тавба қилган киши умрининг ниҳояси (хотимаси) умрининг боши , дегандек (яъни, онадан туғилган куни каби гуноҳсиздир), унинг ишлари Аллоҳ таоло наздида айбли бўлмайди.
* * *
Мисвоклар (тиш тозалагичлар) билан оғзингни тозаладинг, кошки энди бундан кейин сен оғзингни (тилингни) бўҳтон, ёлғон, ғийбат сўзларни айтиш билан булғамасанг.
* * *
Сенга маломат билан кўп ҳолларда мудом вазъ қилдилар (сенга кўп маломат қилдилар маъносида), буларнинг ўрнига сени ғафлатнинг давомли уйқусидан уйғотганларида маъқул бўларди.
* * *
Илмли бўлиш бир баланд тоққа чиқиш каби кўп машаққатлидир, лекин ундан тушиш осондир, жоҳиллигу нодонлик булоғи чуқур чашма мисоли бўлса-да, бироқ у кўп қийинчилигу азобларга гирифтор қилади».
* * *
Ёмон нарсаю эътиқод билан қилинган эзгу иш сароб ва кул каби ҳеч қанақа фойда бермайди.
* * *
Илмли бўлиш ўқиш, ўқитиш, ёзиш билан ҳосилу мукаммал бўладиган бир сабоқдир. Агар олим киши чиройли, хушхат ёзувга эга бўлса, бу унинг камолотга етганидан далолатдир.
* * *
Сени касоду инкисорга учрашдан огоҳ қилувчи кишига лутф билан муомалада бўл, қўрқма, зарари йўқ, зиёни йўқ, деб юклатувчилардан узоқроқда бўл.
* * *
Эзгулик, хайрли ишларга астойдил кириш, уларни пайсалга солиб, кейин қиларман деган ўйлардан воз кеч, шайтон йўлдан урадиган шошма-шошарлик билан эмас, тафаккур ва идрок билан иш тут.
* * *
Риё бор ҳар қандай ишда раволигу зиё йўқдир.
* * *
Ёлғончининг қасами бор (ҳақиқий) илмининг ҳам сохталигини оширади. Дин хусусида бўладиган мусобақа (мунозара)ларда комил эътимод билан эътиқод қил, шунда ҳар қайси майдонларда олдинда бўласан. Менинг кўзим фақат сизнинг яқин бўлишингиздан қарор ва тинчлик топадир, чунки ошиқ ва муҳиб ўз маъшуқасига яқин бўлмаса роҳат олиб шод бўлмайди.
* * *
Сотиб олган нарсангда алданиб, молиявий зиён-зарар кўрувинг сен бундан келгусида кўрадиган зиёнларингдан, анча енгилроқ ва осонроқдир».
* * *
Сенинг қилаётган ишларингда душманинг огоҳ бўлиб, улардан кўз юмиши сенга илон чаққандан кўра ҳам зарарли ва машаққатли бўлади.
* * *
Уруғликни ҳам, пўчоқни ҳам, нияту орзуларни ҳам, муҳаббату фироқни ҳам яратувчи Аллоҳ таолодир.
* * *
От учун ҳар доим қамчи лозимдир. У гарчанд елиб-югарадиган тулпор бўлса ҳам.
* * *
Деҳқончилик қилиб зироат экиш фойдаю хайр барака бирла муштаракдир, ўз халқини беҳад кўп хайр-баракага буркайдир.
* * *
Заминда ўзини инсон (одам) ҳисоблаб юрган одамлару (нос) одам сифатли олчоқлар (нувайс) бордир. Шу одамлар жумласидан ҳазрат Товус — (Муҳаммад пайғамбар алайҳиссаломнинг машҳур издошларидан Абу Абдураҳмон ибн Кисонинг лақаби шундай бўлиб, у ўз фазли-камолоти ва муруввати билан машҳур зот эди) ва Тувайс (Мадинаи мунавварида яшаган, ярамас одатлари ва шумлиги билан машҳур бўлган бир кимса) ҳам бордир.
* * *
Ярамас ва хасис кишининг эшигини таққиллатишда сахий ва мўътабар кишининг озиқ тишини суғуриш билан баробар ранжу изза бордир. Яъни, сахий киши иши тушиб заруратдан хасис одамнинг эшигини қоқса, у буни ўзининг озиқ тишини суғуртиргандек озору азият чеккан ҳолда қилади»
* * *
Бу дунё мол-мулкини ўз зиммангга ва бўйнинга олишликда оғир ва маъсулиятли бурчлар бор (яъни, ўзгаларнинг шон-шарафлари билан боғлиқ ишларни гарданингга олишда ўйлаб иш тут маъносида).
* * *
Аллоҳ таолодан астойдил истисно билан ўтиниб сўраган кимсанинг нидоси сира ноумид қолмайди.
* * *
Ақл-идрок ва шариатга амал қилиб иш тутган банда асл ва иккинчи даражали мақсаду матлабларини жам қилиши муқаррардир.
* * *
Гоҳ вақтда жоҳил киши акд-идрокли кишининг суҳбатида (йўлдош) бўлур, ундан бошқаларга зарар келмас, Фароқид юлдузи билан Суҳайл юлдузи ҳам ёнма-ён бўлгани каби (яъни, Суҳайл юлдузининг кучи оз бўлса-да, шимол тарафидан Фапроқид юлдузларининг яқинлашувчи билан уларнинг нурлари заифлашмайди ҳам, камаймайди ҳам).
* * *
Кўпинча ёки баъзан Ҳасан ал-Басрийга ўхшаш буюкларни Ҳажжож Золимга ўхшашлар туғадилар, гўё шўр денгиз сувидан дур-маржонлар чиққани каби.
* * *
Баъзида икки ярамасдан Ҳасан мисоли гўзал бир ўғлон дунёга келади, чунончи қон билан этнинг орасидан сут чиқади.
* * *
Илмий-урфон ва ақл-фаросати билан машҳур бўлган Абдумалик ибн Қарийб Ҳорун ур-Рашидга ўз заковатли қалби ва кенг фикр мулоҳазаси билан яқинлашади. Бу яқинлашув унинг Асмам қабиласиданлиги ва шариф насабли эканлигидан бўлмай, илми туфайлидир, акс ҳолда Ҳорун ур-Рашид унга бармоғи билан-да ишора қилмасди.
* * *
Шод-хуррамлик ва ярамаслик эзгулик ва ёвузликка муқорана қилинди, яъни шод-хуррамлик эзгуликка, ярамаслик ёвузлигу қайғу ҳасратга муқорин бўлди.
* * *
Ривоятларга кўра, Зиёд ўғилларини комил инсонлар дейдилар. Унинг етти фарзандининг ҳар бири шоирларнинг энг пешвоси бўлиб, балоғат ва фасоҳатда етук эдилар. Бироқ улардан кўра ҳам илму шарифни юқори мартабага кўтарувчи шундай олимлар борки, улар илмларига амал қилиб, шариат аҳкомларини — қонун қоидаларини юқори кўтарувчилардир.
«ВАЪЗ ВА ХУТБАЛАРДА ОЛТИН ШОДАЛАР» КИТОБИДАН
Биринчи мақола
Кишининг илми ва дини юқорига кўтарганда, фақирлиги ва етимлиги уни паст қилмайди. Нодонлик ва фосиқлик уни паст қилганда, молу насаби уни(нг мартабасини) кўтармайди.
Илм отадир, у фосид (ярамас иллатлар)ликларни энг ислоҳ қилувчидир.
Тақво онадир, у оғушига (бағрига) олишда энг яқиндир.
Сен ўзингни у икковига (ота-онага) сиғиниб қолишдан асра, Оллоҳ сени мўл неъмат билан сийласин. У сени яхши ҳаёт билан умрингни баракали қилсин
Иккинчи мақола
Эй Одам фарзанди, сенинг аслинг сопол идиш каби тупроқдан (яратилган)дир. Сенинг ичингда сенга жоиз бўлмаган нарсалар, яъни, ота-бобо, давлат билан фахрланиш ва такаббурлик мавжуддир. Қандай яхши бўларди (такаббурликдан) юзингни ўзгартирмасанг, бобонг (обрўси) билан фахрланмасанг. Эй дўстим минадиган нарсанг (тобутинг)дан, борадиган жойингдан огоҳ бўл! Мутаассиблигинг ва худбинликларингни жиловла.
Учинчи мақола
Умр тўфон каби ўтиб боради. Сен эса лаҳзали ҳукминда ўзингнинг заиф қарашинг билан залолатни тўфонли бардавомлиги умидидасан. У (умринг) ёруғ кундир, уни ғанимат бил, (умринг) қаро тундир уни ғафлатда ўтказма. (умринг) амният ва осойишталик топиши учун, миниладиган ҳайвонлар жигарларини ҳимоя қилувчи кишиларга (яъни, илм талабида изланиш олиб бораётган олимлар) эргаш.
23 SENTYABR — BUYUK FAQIX, IMOM BURHONIDDIN MARG’INONIY KUNI
Sharq musulmon olamida «Islom daraxti Arabistonda ko’karib gullagan bo’lsa mevasi Movarounnahrda yetilgan». degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo’lishiga sababchilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg’inoniydir…
* * *
“O’zining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go’zal Farg’ona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg’inoniyning tabbarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mo»tabar allomaning Sharq olamida “Burhoniddin va milla”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgani ham buni yaqqol isbotlaydi.
Marg’inoniyning o’lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” -“To’g’ri yo’l” deb atalgan asarining, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani, albatta, bejiz emas.”
Islom Karimov
BURHONIDDIN MARG’INONIY HAQIDA
Turkistondagi ilk Uyg’onish davri shunday qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo’yicha 910 yil to’lishi munosabati bilan keng nishonlangan Burhoniddin Marg’inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir.
To’liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’o-niy al-Rishtoniy al-Marg’inoniy (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog’i — 1197 yil 29oktyabr, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so’ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo’lida tahsil ko’rdi. Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movoraunnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo’lib yetishdi. 1149 yili haj safariga bordi. Burhoniddin Marg’inoniy Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Allomaning tavallud sanalari xususida ixtiloflar bor. Ko’pgina manbalarda ul Zotning tug’ilgan kunlari umuman qayd etilmaydi. Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning «Samariya» nomli kitobida mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123 yil 23 sentyabrda) tavallud topgan deb ma’lumot beriladi. Vaholanki, «Hidoya»ning qadimiy qo’lyozma nusxalaridan birida allomaning tug’ilgan kunlari 511 hijriy deb ko’rsatilgan. Shunga asosan 2000 yili tavalludlarining hijriy 910 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko’ra, Burhoniddin Marginoniy tavalludlari 511 hijriy yilga to’g’ri keladi.
Burhoniddin Marg’inoniy fiqh bo’yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar uchun qo’llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy va Muhammad ash-Shayboniy asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg’inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo’lgan. Shu sababli Burhoniddin Marg’inoniy ning o’zi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «To’g’ri yo’l»)ni yaratadi (1178). Burhoniddin Marg’inoniy bu kitobda o’sha zamonlarda mo’min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movoraunnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo’lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo’lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan . Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo’lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’ldi.
Alloma yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqvim etish»), «Kitob ul-faroiz» majburiyatlar haqida kitob»), “Ziyd fi furu ul-hanafiy”( «Hanafiya mazhabiga qo’shimchalar») shular jumlasidandir. U o’z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va siyosiy mulkchilik), jinoyat va jazoning huquqiy jihatlarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, jinoiy ishni ko’rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg’usi, o’z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, eganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg’inoniyning o’zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo’lidagi fidoyiligi, kamtarinligi, o’z asarlarida biron marta ham «men» degan so’zni ishlatmay, hokisorlik bilan izoh berishida ko’rinib turadi.
Burhoniddin Marg’inoniyning bizgacha yetib kelgan asosiy fiqhiy asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. «Nashrul mazhab» (Mazhabning tarqalishi);
2. «Kitob al-manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob);
3. “Kitobun-filfaroiz» (Meros huquqi bo’yicha kitob);
4. «Kitob-attajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob);
5. «Muxtorotun navozil» (Majmu’-unnavozil) (Nozil bo’lgan narsalar majmuasi);
6. «Kitob ul-mashoyix» (Shayxlar haqidagi kitob);
7. «Maziydun fi furu’il-hanafiya» (Xanafiy mazhabiga qo’shimchalar);
8. «Sharh al-Jomiy-al-Kabir Muhammad ash-Shayboniy» (ash-Shayboniyning «Jomi’u-kabiyr» asariga sharh);
9. «Bidoyat ul-mubtadi’» (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim);
10. «Kifoyatul-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»). «Bidoyatul-mubtadi’» asari uchun yozilgan 8 jildlik sharh:
11. «Hidoya» («Kifoyatul — muntahiy» asari uchun yozilgan 4-jildlik sharh).
Afsuski, sanab o’tilgan asarlar haqida to’liq bir tasavvur yo’qdir. Chunki o’rta asr faqihlarining ko’pgina asarlari kabi, Burhoniddin Marg’inoniyning ham asarlarining hammasi bizgacha yetib kelmagan. O’zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo’lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo’lyozma nusxalari bor.
Allomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to’rt jilddan iborat bo’lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag’ishlangan.
Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo’lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro’za, zakot va haj)ga bag’ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat.
Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan.
Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To’rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat.
BURHONIDDIN MARG’INONIY
ASARLARIDAN PARCHALAR
“HIDOYA” ASARIDAN
Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmas.
* * *
Sahbon o’g’li Ajlonning og’zidan chiqqan fasohatli so’zlarining o’zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan.
* * *
Senga ezgulik ko’rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin Shixara yulduzining porlashi go’zaldir.
* * *
Payg’ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo’lsin», degan hadisi sharif sodir bo’lgandur».
* * *
Qimorbozlar oy nurini g’animat bilib qimor o’ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar.
* * *
Yozilgan kitob nusxasining to’g’riligi ko’z qorachig’ining boqqaniga bog’liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar.
* * *
Baland tog’larga ko’tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o’tirishdan avlodir (xayrlidir).
* * *
O’z vaqtidan kechikib berilgan in»m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug’uvchidir.
* * *
Hunarmandu kosiblar qo’pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko’pu ustasi ozdir).
* * *
Ikki narsa bir daraxtning butog’idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so’raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o’zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi.
* * *
Zimmangda farz bo’lgan narsani qarz va burch o’rniga qo’y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro’yingii saqlash uchun eng to’g’ri yo’ldir.
* * *
Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning yelkasiga oyoq qo’ygandek bo’l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo’lursan.
* * *
Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo’lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig’iga qaraganda ham achchiqdir.
* * *
O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.
* * *
Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug’ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh
taolo nazdida aybli bo’lmaydi.
* * *
Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og’zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og’zingni (tilingni) bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang.
* * *
Senga malomat bilan ko’p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko’p malomat qildilar ma’nosida), bularning o’rniga seni g’aflatning davomli uyqusidan uyg’otganlarida ma’qul bo’lardi.
* * *
Ilmli bo’lish bir baland toqqa chiqish kabi ko’p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog’i chuqur chashma misoli bo’lsa-da, biroq u ko’p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi».
* * *
Yomon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi.
* * *
Ilmli bo’lish o’qish, o’qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir.
* * *
Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo’l, qo’rqma, zarari yo’q, ziyoni yo’q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo’l. Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o’ylardan voz kech, shayton yo’ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut.
* * *
Riyo bor har qanday ishda ravoligu ziyo yo’qdir.
* * *
Yolg’onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining ham soxtaligini oshiradi. Din xususida bo’ladigan musobaqa (munozara)larda komil e’timod bilan e’tiqod qil, shunda har qaysi maydonlarda oldinda bo’lasan.
* * *
Mening ko’zim faqat sizning yaqin bo’lishingizdan qaror va tinchlik topadir, chunki oshiq va muhib o’z ma’shuqasiga yaqin bo’lmasa rohat olib shod bo’lmaydi.
* * *
Sotib olgan narsangda aldanib, moliyaviy ziyon-zarar ko’ruving sen bundan kelgusida ko’radigan ziyonlaringdan, ancha yengilroq va osonroqdir».
* * *
Sening qilayotgan ishlaringda dushmaning ogoh bo’lib, ulardan ko’z yumishi senga ilon chaqqandan ko’ra ham zararli va mashaqqatli bo’ladi.
* * *
Urug’likni ham, po’choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir.
* * *
Ot uchun har doim qamchi lozimdir. U garchand yelib-yugaradigan tulpor bo’lsa ham.
* * *
Dehqonchilik qilib ziroat ekish foydayu xayr baraka birla mushtarakdir, o’z xalqini behad ko’p xayr-barakaga burkaydir.
* * *
Zaminda o’zini inson (odam) hisoblab yurgan odamlaru (nos) odam sifatli olchoqlar (nuvays) bordir. Shu odamlar jumlasidan hazrat Tovus — (Muhammad payg’ambar alayhissalomning mashhur
izdoshlaridan Abu Abdurahmon ibn Kisoning laqabi shunday bo’lib, u o’z fazli-kamoloti va muruvvati bilan mashhur zot edi) va Tuvays (Madinai munavvarida yashagan, yaramas odatlari va shumligi bilan mashhur bo’lgan bir kimsa) ham bordir.
* * *
Yaramas va xasis kishining eshigini taqqillatishda saxiy va mo»tabar kishining oziq tishini sug’urish bilan barobar ranju izza bordir. Ya’ni, saxiy kishi ishi tushib zaruratdan xasis odamning eshigini qoqsa, u buni o’zining oziq tishini sug’urtirgandek ozoru aziyat chekkan holda qiladi»
* * *
Bu dunyo mol-mulkini o’z zimmangga va bo’yninga olishlikda og’ir va ma’suliyatli burchlar bor (ya’ni, o’zgalarning shon-sharaflari bilan bog’liq ishlarni gardaningga olishda o’ylab ish tut
ma’nosida).
* * *
Alloh taolodan astoydil istisno bilan o’tinib so’ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi.
* * *
Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir.
* * *
Goh vaqtda johil kishi akd-idrokli kishining suhbatida (yo’ldosh) bo’lur, undan boshqalarga zarar kelmas, Faroqid yulduzi bilan Suhayl yulduzi ham yonma-yon bo’lgani kabi (ya’ni, Suhayl yulduzining kuchi oz bo’lsa-da, shimol tarafidan Faproqid yulduzlarining yaqinlashuvchi bilan ularning nurlari zaiflashmaydi ham, kamaymaydi ham).
* * *
Ko’pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o’xshash buyuklarni Hajjoj Zolimga o’xshashlar tug’adilar, go’yo sho’r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi.
* * *
Ba’zida ikki yaramasdan Hasan misoli go’zal bir o’g’lon dunyoga keladi, chunonchi qon bilan etning orasidan sut chiqadi.
* * *
Ilmiy-urfon va aql-farosati bilan mashhur bo’lgan Abdumalik ibn Qariyb Horun ur-Rashidga o’z zakovatli qalbi va keng fikr mulohazasi bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlashuv uning Asmam qabilasidanligi va sharif nasabli ekanligidan bo’lmay, ilmi tufaylidir, aks holda Horun ur-Rashid unga barmog’i bilan-da ishora qilmasdi.
* * *
Shod-xurramlik va yaramaslik ezgulik va yovuzlikka muqorana qilindi, ya’ni shod-xurramlik ezgulikka, yaramaslik yovuzligu qayg’u hasratga muqorin bo’ldi.
* * *
Rivoyatlarga ko’ra, Ziyod o’g’illarini komil insonlar deydilar. Uning yetti farzandining har biri shoirlarning eng peshvosi bo’lib, balog’at va fasohatda yetuk edilar. Biroq ulardan ko’ra ham ilmu sharifni yuqori martabaga ko’taruvchi shunday olimlar borki, ular ilmlariga amal qilib, shariat ahkomlarini — qonun qoidalarini yuqori ko’taruvchilardir.
Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling