Kirish. Cho`ktirish. Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi
Organik erituvchilar yordamida cho'ktirish
Download 220.01 Kb.
|
Kurs ishi” Mavzu Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish
Organik erituvchilar yordamida cho'ktirish
Fermentlarni suvda eruvchan organik erituvchilar bilan cho'ktirish usullari sanoat miqyosida keng ko'lamda qo'llaniladi. Oqsillarni cho'ktirish samarasi organik erituvchilar ta'sirida suvning faolligini kamayishi bilan uzviy bog'liqdir.Erituvchining miqdori ortishi bilan fermentning zaryadlangan gidrofil molekulalarini suv ta'sirida solvatlanish qobiliyati pasayadi. Oqsilning gidrofob qismidagi suv molekulalari organik erituvchi tomoniga o'ta boshlaydi va natijada fermentning eruvchanligi pasayadi. Oqibatda oqsil molekulalari agregatlanadi va cho'kmaga tushadi. Oqsillarni agregatlanishi elektrostatik va Van-der-Vaalus kuchlari ta'sirida, alohida joylashgan oqsil molekulalari o'rtasida yuzaga keladi.Oqsillarni agregatlanishi jarayoni va cho'kma hosil bo'lishi cho'ktirishning bir qancha omillariga bog'liqdir. Shulardan biri oqsil molekulasining o'lchamidir. Cho'ktirish jarayonida oqsil molekulasining o'lchami qanchalik katta bo'lsa, erituvchining salbiy ta'sir qiluvchi miqdori shunchalik past bo'ladi. Bu bog'liqlikka molekulaning gidrofoblik darajasi, solvat qavatiga chidamliligi va boshqa omillar ta'sir qilishi mumkin. Cho'ktirish uchun ishlatiladigan organik erituvchi suv bilan to'liq aralashishi va ferment bilan esa aloqada bo'lmasligi kerak. Asosan bu jarayon uchun etil spirti, atseton va izopropil spirti keng qo'llanilsa, metanol, n-propanol, dioksan, 2-metoksietanol va boshqa spirtlar, ketonlar, efirlar va ularning aralashmalari kamroq ishlatiladi. Erituvchilarni tanlashda ularning toksikligiga, portlash xavfidan xolisligiga va regeneratsiya bo'lish qobiliyatiga e'tibor berish kerak. Ishlab chiqarish uchun etil spirti va izopropanol eng yaroqli bo'lib hisoblansa, atsetonning ko'rsatkichlari esa sal pastroqdir. Bular orasida eng istiqbollisi izopropanoldir. Bu erituvchilar yordamida fermentlarni komplekslarga ajratish yoki fraktsiyalar holida cho'ktirib olish mumkin.Ferment preparatlarini cho'ktirish uchun nafaqat erituvchining tabiati va miqdori, balki elektrolitlarning ishtiroki, cho'ktirish harorati, muhit rN ko'rsatkichi, quruq moddalarning tarkibi va miqdori kabi bir qancha omillarga e'tibor berish kerak.Cho'ktirish eritmasida ba'zi ionlarning uchrashi ferment mo''tadilligiga ta'sir qilishi mumkin Faol fermentni preparat yoki mo'tadil strukturali cho'kma holida olish uchun eritmada 10-12% atrofida quruq modda miqdori bo'lishi kerak. Ko'p tadqiqotlardan ma'lumki, fermentlarni cho'ktirishda, ayniqsa proteolitik fermentlarni, quruq moddaning eng mo'tadil miqdori 10% bo'lishi kerak.Yuqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan aloqada bo'lish muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to'xtovsiz ishlaydigan cho'ktiruvchilarda ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir, bu albatta ferment faolligini kamayishini oldini oladi. .
Download 220.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling