Kirish. Cho`ktirish. Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi


Organik erituvchilar yordamida cho’ktirish


Download 220.01 Kb.
bet5/9
Sana08.05.2023
Hajmi220.01 Kb.
#1447072
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi” Mavzu Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish

2. Organik erituvchilar yordamida cho’ktirish.
Mа`lumкi, оqsilning gidrоfоb guruhlаri оqsil mоlекulаsi ichidа to`plаnib hаrакаt jоylаshаdi. Оqsilning hаr хil erituvchilаrdа erish dаrаjаsi mоlекulа sirtidа gidrоfоb vа gidrоfil qоldiqlаrning tаrqаlishi bilаn bеlgilаnаdi. Оqsillаrni аsоsiy erituvchisi bo`lgаn suvning bа`zi хususiyatlаrini (hаrоrаt, rN, iоn кuchi, nеytrаl tuzlаr, оrgаniк erituvchilаrni yoкi inеrt biriкmаlаrni qo`shish yo`li bilаn) o`zgаrtirish hisоbigа оqsil mоlекulаsining gidrаt yoкi sоlьvаt qаtlаmigа tа`sir qilib аgrеgаtsiyagа uchrаtish vа cho`кmаgа tushirish mumкin.
Sаnоаtdа аsоsаn оrgаniк erituvchilаr yoкi tuzlаr bilаn cho`кtirishdаn fоydаlаnilаdi. Bu usullаr bir-biridаn cho`кtirish mехаnizmi bilаn fаrqlаnаdi.
Erituvchilar — turli moddalarni oʻzida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksilol yoki ularning aralashmalari E.ga misol boʻla oladi. E. xossalari (mas, uchuvchanligi, yopishqoqligi, zichligi, dielektrik doimiysi yoki kimyoviy faolligi)ga koʻra sinflanadi. Birinchi navbatda, E. ning kimyoviy xossalari, ayniqsa, ularning zaharli yoki zaharli emasligiga eʼtibor beriladi. Standart erituvchi sifatida suv olinadi. Shu asnoda E.ni kislotali, ishqoriy va amfoter xossalarga boʻlinadi. Maʼlumki, suv kimyoviy reaksiyalarda vodorod kationi — N* ni uzatib kislota rolida boʻlishi yoki bunday kationni asos sifatida biriktirib olib, N30+ ga aylanishi mumkin. Demak, suv oʻzida qanday modda eritilganiga qarab kislota yoki ishqor oʻrnida boʻla oladi. Suvni deyarli ideal amfoter erituvchi deb qabul qilish mumkin. Suvning mana shunday universal xossalariga asoslanib, unga nisbatan ishqor rolida boʻluvchi E. kislotali erituvchilar, suvni E.ga nisbatan kislota deb hisoblanganda esa ishqoriy erituvchilar deyiladi. Bunday sinflashda eritmalar hosil boʻlishida rol oʻynaydigan funksional guruhlar elektronlari harakati hisobga olinadi. Shu bois elektron juftini beruvchi erigan modda molekulasi ishqoriy (donor) erituvchi sifatida belgilanadi. Anilin, piridin, dimetilsulfoksid, oddiy va murakkab efirlar donor E. vakillari hisoblanadi. Erigan moddaning elektron juftini qabul qiluvchi erituvchi kislotali yoki akseptor E. hisoblanadi. Bularga karbokislotalar, fenollar, kislotalarning xlorangidridlari kiradi. Kislotali E.ga toʻla almashinmagan galogen hosilali alifatik uglevodorodlar (xloroform, dixloretan) ham kiritiladi. Spirtlar va ketonlar suvsiz amfoter E. hisoblanadi. Geksan, uglerod sulfid va tetraxlormetan "inert E." qatoriga kiradi.
E.ni tanlashda ularning dielektrik oʻtkazuvchanligi kabi fizik xossasidan foydalaniladi. Bunda E.ning past qutbliligi (2 dan 12 gacha) va yuqori qutbliligi (50 dan yuqori) hisobga olinadi. Suvda bu miqdor 78 ni, benzolda esa jami 2,3 ni tashkil qiladi. Tajribalar shuni koʻrsatdiki, 2 turli zaryadlar yoki 2 dipol molekulalar suvli muhitda vakuumdagiga nisbatan deyarli 80-marta kam energiya bilan taʼsirlashadi. Benzolda esa taʼsirlashuv energiyasi 2 baravar kamayadi, xolos. Shu sababli suv yuqori qutbli E. qatoriga kiritiladi. Bu borada propilenkarbonat, gidrazin, formamid va sulfat kislota suvga yaqinroq turadi.
E.dan qadimdan foydalanib kelinadi. E.ning koʻplari sanoat miqyosida ishlab chiqariladi, E. ishlatilmaydigan yoki foydalanilmaydigan sohani topish qiyin. 21-asrda E.dan kimyoviy jarayonlarni boshqarishda keng foydalanila boshlandi. Erituvchining xilini va xossalarini bilgan holda ixtiyoriy reaksiyalarni amalga oshirish mumkin. E.dan foydalanib, elektroliz jarayonida alyuminiyni past tralarda ajratib olish muammosi hal qilindi. Mana shu yoʻl bilan alyuminiyli himoya va manzarali qoplamalar ham olina boshlandi. Atseton, atsetonitril, benzol, dietilefir, dimetilatsetamid, dioksan, sirka kislota, etanol, formamid, metanol, nitrobenzol, piridin, tetraxlormetan, xloroform, etilatsetat, siklogeksan, metiletilketon, oktan, skipidar, uglerodsulfid, tetralin, tributilfosfat va boshqalar turli xil E. sanoat va xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega.


Download 220.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling