Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi


Download 33 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi33 Kb.
#1374234
Bog'liq
Yaxshiboyeva to\'garak un


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda dunyoda aholini yuqori sifatli mevalar bilan ta’minlash asosiy vazifalardan sanaladi. Ayniqsa so’nggi yillarda mevali daraxtlarni parazit fitonematodalar tomonidan kuchli zararlanayotganligi hosildorlikning pasayishi hamda mahsulot sifatining buzilishiga olib kelmoqda. Shu sababli, turli agrotsenozlardagi fitonematodalarning xilma-xilligi, turlar tarkibini aniqlash, tarqalish xususiyatlarini o’rganish, parazit turlarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzida mevali o’simliklarning hoslidorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi parazit fitonematodalar, ularning turlar tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda parazit fitonematodalar bilan mevali bog’larning zararlanishi natijasida turli xil mamlakatlarda har yili hosildorlikning o‘rtacha 50–60% gacha pasayishi aniqlangan. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda mevali o’simliklar, jumladan, olma o‘simliklarining fitonematodalar faunasini aniqlash hamda ekologik-taksonomik tarkibini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda aholini sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashga kata e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mevachiliknining rivojlanishi sohasida iqtisodiy, ijtimoiy muammolarning hal etilishida, birinchi galda aholini sifatli, foydali va turli xil shifobaxsh mevalar bilan ta’minlash borasida maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аgrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 2020- yil 18-martdagi PQ-4643 son qarori1 hamda “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʼrsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2020 yil 18-maydagi PF-5995-son farmonida2 Respublikada Organik va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va oʼrmon xoʼjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʼrsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan toʼliq foydalanish imkoniyatini oshirish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.
Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati janubiy tumanlari sharoitida olma bog‘larida fitonematodalar faunistik kompleksining tarkibini aniqlash, ularning o‘simlik organlari va ildiz oldi tuprog‘ida tarqalishi xususiyatlari, olma o‘simligi bilan trofik munosabatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: O‘zbekiston sharoitida olma va olma mevalaridagi yovvoyi o‘simlik fitonematodalarining turlar tarkibi va sonini aniqlash;
olma bog’larida topilgan fitonematodalarning taksonomik tarkibini aniqlash;
olma bog’larida qayd etilgan fitonematodalarni ekologik tahlil qilish;
olmaning vegetatsiyasi davrida fitonematodalar tarkibi va sonining dinamikasini o‘rganish va dominant turlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida. Surxondaryo viloyati janubiy tumanlarida yetishtiriladigan olma o‘simliklarda uchrovchi fitonematodalarning faunistik kompleksi hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti: Olma bog’larida topilgan fitonematoda turlarining taksonomik va ekologik tahlilidan iborat.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida fitogelmintologiyada keng qoʼllaniladigan Marshrut, Berman, Saynxorst va ildizni yorish metodlari asosida bajarildi. Bu ilmiy ish natijalar asosida kelajakda olma o’simligida uchrovchi fitonematodalarini oʼrganish va parazit turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish yoki qoʼllash imkoniyati mavjud.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ilmiy tadqiqot davomida olma o‘simligida uchrovchi fitonematodalar faunasining kompleksini to‘liq o‘rganishdan iboratdir.
Mavzu yuzasidan qisqacha adabiyotlari tahlili.



Tadqiqotning natijalari quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. …

1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Аграр ва озиқ-овқат соҳаларини бошқариш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги 2020 йил 18 мартдаги ПҚ-4643 сон қарори.



2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларининг сифат ва хавфсизлик кўрсаткичлари халқаро стандартларга мувофиқлигини таъминлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2020 йил 18 майдаги ПФ-5995-сон фармони.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling