Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifalari, tuzilmasi va tarixi, fanning tadqiqot usullari


Organizmlarni ekologik klassifikastiya qilish printsiplari


Download 0.54 Mb.
bet4/20
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1003719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
EKOLOGIYA 10-MAVZU

5.Organizmlarni ekologik klassifikastiya qilish printsiplari.
Hayvonot, o’simlik olamini hozirgi zamon biologik sistematik klassifikastiyasini bosh mezoni qovm-qarindoshlik o’xshashlik belgilari hisoblanadi. Shunung uchun han.turli shaklga ega turli muhitda yashovchi organizmlar bitta guruhga bo’linadi.M:
Ekologik klassifikastiya qilishda esa hayvonlarni ularni tashqi muhitda xilma-xil hayot kechirishi ularni turlicha klassifikastiya qilish mumkin.
Biz hayvonlarni birgina harakat qilishiga qarab klassifikastiya qilsak, turli xil sinfga kiruvchi turlar 1 ta ekologik guruh kiritiladi. M: Suvda raketasimon harakat qiluvchilarga medo’zalar, bosh oyoqli mollyuskalar, xivchinlilar, yndo’z, beshiktervat lichinkalari va hokazo.

Populyatsiyalar va biocenoz ekosistemalar ekologiyasi
Reja:
1. Populyatsiya xaqida tushuncha
2. Populyatsiyalar dinamikasi
3. Biotsenoz haqida tushuncha
4. Biotsenozda organizmlaring munosabatlari


Populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).
Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Masalan, zogʻora baliq yirik koʻllarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi va sekin oʻsadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.
Tabiatda populyatsiyalarning aralashib ketishiga geografik (suv havzasi, togʻ, oʻrmon, choʻl), biologik (jinsiy apparatning tuzilishida kuyikish va uya qurish, oʻsimliklarda gullash muddatida farq boʻlishi), ekologik (yashash muhiti — namlik, tuproq tarkibida farq boʻlishi) alohidalanish toʻsqinlik qiladi. Populyatsiya evolyusiyaning eng kichik va asosiy birligi hisoblanadi. Chunki evolyusion jarayon populyatsiya ichida boshlanadi. Populyatsiya individlari orasida doimo irsiy oʻzgaruvchanlik paydo boʻlib turadi. Jinsiy koʻpayish tufayli bu oʻzgaroʻvchanlik populyatsiya individlari orasida tarqalib, uni geterogen qilib qoʻyadi. Populyatsiyada boradigan yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli foydali oʻzgarishlarga ega boʻlgan individlar saqlanib qolib, nasl beradi. Bundan keyingi evolyutsion jarayonlarda populyatsiya kenja turni hosil qiladi.
Populyatsiyalar ekologiyasi zararkunandalarning ko`payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash yo`llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o`rganadi. Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog`liqligi aniqlanadi.
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o`rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va ko`payish xarakterini ko`rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi bo`lib, o`lish bilan ko`payish o`rtasidagi nisbatan belgilaydi.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o`zini son jihatidan idora etishdir. Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi populyatsiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko`rinib turibdiki populyatsiya guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o`rtasida aloqalar bo`lishi bilan birga, ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, populyatsiya uchun o`ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyatsiyaning soni, zichligi, tug`ilishi, o`lishi, populyatsiyaning o`sishi, o`sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jinsi va yosh bo`yicha nisbatlari, morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyadagi individlar bir—biridan yoshi, jinsi, o`zaro chatishadigan avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum xududga bog`liklik darajasi, tabiiy to`siqlarni yengib o`ta olish kabi biologik xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy emas. Populyatsiyalar ichida organizmning o`sishi, turilishi va boshqa ko`pgina sabablarga ko`ra, ya’ni tashqi muhitning o`zgarishi, dushmanlar sonining o`zgarishi kabi qator omillarga bog`liq holda o`zgarish vujudga keldi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg`ochi individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo`shilishiga, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog`liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg`ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial o`sishi, o`smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan ayollar hisobiga to`g`ri keladi.
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo`lishi va jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo`lishi darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga bog`liq bo`ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi bo`lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo`lib xizmat qiladi. U monitoring vositasi ham, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o`simlik va hayvon turlarini saqlab qolish mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling