Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifalari, tuzilmasi va tarixi, fanning tadqiqot usullari
Download 0.54 Mb.
|
EKOLOGIYA 10-MAVZU
Hayot faoliyati xavfsizligi fani – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi – insonni texnosfera bilan qulay va o‘zaro xavfsiz ta’sirini o‘rganuvchi fandir. Inson uchun qulay va xavfsiz faoliyat sharoitini yaratish quyidagi vazifalarni echishni talab etadi: 1. Xavflar identifikatsiyasi, ya’ni xavf manbalari, yuzaga kelish sabablarini soniy baholash va tahlil etish. 2. Iqtisodiy samarali yo‘llar asosida xavflarni bartaraf etish yoki xavfli va zararli omillar ta’sirini bartaraf etish. 3. Xavfli va zararli omillar ta’siri oqibatlarini bartaraf etish va mavjud xavflardan himoyalash. 4. Yashash muhitining qulay (“komfort”) holatini yaratish. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi amaliy vazifalarning asosiy yo‘nalishlari baxtsiz hodisalar sabablarini oldini olish va xavfli holatlarni yuzaga kelishini bartaraf etishdan iboratdir. Hayot faoliyati xavfsizligi insonning hayotida sodir bo‘ladigan turli formadagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganishga qaratilgan nazariy fandir. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi. Insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda, ilmiy-nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitar-texnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin to‘tadi. Fanining asosiy maqsadi insonning barcha ko‘rinishdagi faoliyati davrida yuzaga keladigan xavfli omillar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari, faoliyat xavfsizligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi faoliyatida xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha nazariy bilim berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish orqali bakalavrlarning ijodiy-ilmiy kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. Yuqoridagilarga mos holda bo‘lajak bakalavrlar fanni o‘rganish davomida qo‘yidagilarni nazariy jihatdan o‘zlashtirishlari lozim: inson faoliyat xavfsizligini xarakterlovchi asosiy prinsiplar, uslublar va vositalar tizimi; xavfsizlik tizimi, uning tahlili va optimallashtirish dasturlari. Faoliyat xavfsizligini boshqarish yo‘llari; faoliyat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha qonunlar, standartlar tizimi, nizomlar, ko‘rsatmalar, qurilish va sanitariya me’yorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar, ularni amalda hayotga tadbiq etish; ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari; inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish, baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uslublari; xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan shaxsiy ximoya vositalari bilan ishchi-xizmatchilarni ta’minlash tartibi va ulardan foydalanish yo‘llari; sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish bo‘yicha sanitar-gigienik tadbirlar ishlab chiqish; ishlab chiqarishdagi texnika vositalaridan, mashina-mexanizmlar, qurilmalar va moslamalardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari; yong‘in xavfsizligi: yong‘inning kelib chiqish sabablari, uni oldini olish, yong‘inni uchirish texnika vositalariva usullari; favqulodda xodisalar va tabiiy ofatlar vaqtida inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash; Yuqorida qayd etilgan nazariy bilimlarga asoslangan holda har bir mutaxassis fanni o‘rganish bilan quyidagi amaliy umumkasbiy kompetentlikka ega bo‘lishlari lozim: - xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayonlarini baholash; - hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha maqbul variantlarni tanlashda mustaqil qarorlar qabul qilish; - ishchi va xizmatchilarga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tish va ularni hujjatlashtirish; - malakali ravishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularning sabablarini aniqlash; - mehnat muhofazasi bo‘yicha ko‘rsatmalar tuzish; - ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining sanitar-gigienik holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni (gazlanganlik va changlanganlik darajasi, shovqin va titrash, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havo bosimi va b.) aniqlovchi asbob-uskunalar va jihozlardan foydalana bilish; - o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalarini ishlata bilish; -favqulodda vaziyatlarda qishloq xo‘jalik ob’ektlarining barqarorligini baholash va tadbirlar ishlab chiqish; - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari jumladan, aloqa, axborotlashtirish va kommunikatsiya sohalari ob’ektlarida rahbar hamda ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari bo‘yicha o‘qitish hamda ma’naviy tayyorlash; - jarohatlanganda yoki shikastlanganda hamda favqulodda vaziyatlarda vrachgacha birinchi yordam ko‘rsatish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling