Hayot faoliyati xavfsizligi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana01.11.2017
Hajmi0.62 Mb.
#19134
  1   2   3   4   5   6

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA 

UNIVЕRSITЕTI 

 

 

 

 

 

HAYOT  FAOLIYATI  XAVFSIZLIGI  KAFЕDRASI 

 

 

HAYOT  FAOLIYATI  XAVFSIZLIGI  

(BIRINChI TIBBIY YoRDAM KO’RSATISH)NI  

TA’LIM   TЕXNOLOGIYALARI ASOSIDA 

 O’QITISH  

 

 

 

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI TO’PLAMI 

 

 

 

 

 



 

 

TOShKЕNT - 2015 



 



ANNOTATSIYA 

 

Mazkur  to’plam  «Hayot  faoliyati  xavfsizligi»  fani  o’qitilayotgan  oliy  o’quv 



yurtlari,  kasb-hunar  kollеjlari,  litsеylar  o’qituvchilar  va  talabalari  uchun 

mo’ljallangan. 

Ushbu  to’plam  Oliy  ta'lim  muassasalarida  qabul  qilingan  o`quv  dasturiga 

muvofiq  tuzilgan  bo`lib,  unda  har  qanday  shoshilinch  vaziyatda  qo`llaniladigan 

harakat rеjasi haqida bilib olasiz. Ekstrеmal vaziyatga tushib qolganda xovliqmang 

va  nima  qilish  kеrakligini  avval  o`ylab  oling.  O`zingizga  o`zingiz  savol  bеring: 

"Nima  qilishim  lozim,  nima  qilsam  yordam  bеrgan  bo`laman?".  Ushbu  to’plam 

talabalarimizga,  ya'ni  bo`lajak  pеdagog  va  ota-onalarga  juda  kеrakli  va  hayotida 

yordamchi bo`lib xizmat qilishiga ishonamiz. 

 

 



Mualliflar:         Nizomiy nomidagi TDPU  “Hayot  faoliyati  xavfsizligi”kafеdrasi  

katta o`qituvchilari Madazizova D.R., 

Safarova S.O. 

 

 



 

Taqrizchilar: Nizomiy nomidagi TDPU “Hayot  faoliyati  xavfsizligi”                                                                                         

kafеdrasi dotsеnti   Hakimova G.A. 

 

 



 

                                                          Chilonzor tibbiyot kolleji, o’quv ishlar 

bo’yicha direktor muovini,  

K.G.Abdurahmonova  

 

 


 



BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING UMUMIY TAMOYILLARI 



Ma’ruza mashg‘uloti texnologiyasi 

Vaqti:1 soat 

Talabalar soni: guruh 

O‘quv mashg‘ulotining shakli 

Ma’ruza 

 

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 



1. 

SHoshilinch 

vaziyatlarda 

birinchi 

yordam 

ko‘rsatish 



qoidalari 

haqida 


tushuncha 

2.  Hodisa  ro‘y  bergan  joyni  ko‘zdan 

kechirish.  

3. Birlamchi ko‘zdan kechirishni o‘tkazish. 

4.  Nafas  yo‘llarining  o‘tkazuvchanligini 

ta’minlash. 

5. Tomir urishining bor-yo‘qligini 

tekshirish. 

6. Ikkilamchi ko‘zdan kechirish. 

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: talabalarni shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam 

ko‘rsatish qoidalari, birlamchi va ikkilamchi ko‘zdan kechirish,  nafas yo‘llarining 

o‘tkazuvchanligini ta’minlash va tomir urishining bor-yo‘qligini tekshirishning nazariy 

asoslari bilan tanishtirish. 

Pedagogik vazifalar 

 



 

SHoshilinch vaziyatlarda birinchi 

yordam ko‘rsatish qoidalari haqida 

tushuncha berish 

 

Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan 



kechirish zarurligini tushuntirish 

 



Birlamchi ko‘zdan kechirishni 

o‘tkazish 

            asoslash 

 



Nafasyo‘llarining  o‘tkazuvchanligini 

ta’minlashni o‘rgatish 

 

Tomir 



urishining 

bor-yo‘qligini 

tekshirishni o‘rgatish 

 



Ikkilamchi 

ko‘zdan 


kechirish 

lozimligini nazariy asoslash 

 

O‘quv faoliyatining natijalari 



Talaba: 

 



SHoshilinch  vaziyatlarda  birinchi 

yordam  ko‘rsatish  qoidalari  haqida 

tushunchaga ega bo‘ladi.  

 



Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan 

kechirish zarurligini o‘rganadi. 

 

Birlamchi ko‘zdan kechirishni 



o‘tkazish to‘g‘risida tushunchaga 

ega bo‘ladi. 

 

Nafasyo‘llarining 



o‘tkazuvchanligini 

ta’minlashni 

o‘rganadi. 

 



Tomir 

urishining 

bor-yo‘qligini 

tekshirishni o‘rganadi. 

 

Ikkilamchi 



ko‘zdan  kechirishni 

amalda bajara oladi. 

O‘qitish usullari 

 

Tasniflash, bumerang, taqdimot usuli 

O‘qitish vositalari 



 

Doska, bo‘r, tarqatma material, proektor, 

kompyuter 

O‘qitish shakllari 



 

Guruhda ishlash 

O‘qitish sharoitlari 



 

Texnik ta’minlangan va ma’ruza uchun 

mo‘ljallangan auditoriya 

 

 



 



Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi  

 

Bosqichlar 



Vaqti 

Faoliyat mazmuni 

O‘qituvchi  

Talaba 


1- bosqich 

Kirish 


(5 minut) 

1.1.O‘quv 

mashg‘ulotining 

mavzusi, 

maqsadi, 

rejalashtirilgan  natijasi  va 

uni o‘tkazish rejasini aytadi 

1.2. 


Mashg‘ulot  munozara 

ko‘rini-shida 

o‘tishini 

aytadi 


 

1.1.  Diqqat  bilan  tinglaydi  va 

yozib oladi 

2-bosqich 

Bilimlarni 

faollashtirish 

(10 minut) 

2.1.  Mavzu  bo‘yicha  asosiy 

tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosida 

tasniflash metodini o‘tkazadi  

(1 ilova

 

2.1. Birma-bir doskaga chiqib, 



o‘z fikrlarini yozadilar. 

3-bosqich 

Asosiy 

(55 minut) 



3.1.  Talabalarni  6  guruhga 

ajratadi  va  har  bir  guruhga 

alohida mavzuchalar tarqatadi  

Vazifani bajarishda qo‘shimcha 

material 

va 


adabiyotlardan 

foydalanish mumkinligini aytib 

o‘tadi (2 ilova

3.2.  Prezintatsiyalarni  taqdim 

etishlarini 

taklif 


etadi 

va 


munozarani shakllantiradi  

(3 ilova

3.1.  Mayda  guruhlar  bilan 

ishlashga o‘rganadilar. 

 

 

 



 

3.2.  Taqdimot  va  munozarani 

o‘rganib,  kerakli  joylarini 

yozib oladilar. 

 

4-bosqich 



YAkuniy  

(10 minut) 

4.1. Ishga yakun yasaydi  

4.2. 


Uyga 

vazifa 


qilib 

muammoli  masala  tuzib  kelish 

beriladi (4 ilova

4.1.  Tinglaydilar  va  savol 

beradilar 

4.2.  Mummoli  masala  tuzish 

mohiyatini tushuntirib berishni 

so‘raydi  

 

 

 



 

 

 

 

 



1 ilova 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

2- ilova 



1-guruh 

 

SHoshilinch  vaziyatlarda  birinchi  yordam  ko‘rsatishning  to‘rt  qoidasi 

mavjud bo‘lib, ularni birin-ketin amalga oshirish lozim: 

1. Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘rib chiqish. 

2.  Jabrlanuvchini  birlamchi  ko‘zdan  kechirish  va  uning  hayoti  uchun  xatarli 

bo‘lgan holatlarda unga birinchi yordam ko‘rsatish. 

3. Tez yordamni chaqirish. 

4.  Jabrlanuvchini  ikkilamchi  ko‘zdan  kechirib,  zarur  bo‘lsa,  yana  yordam 

ko‘rsatish. Uni uzluksiz kuzatib turib, tez yordam kelguncha xotirjam qilib turish. 

SHoshilinch  vaziyat  ekanligi  aniqlangan  zahoti  diqqat  bilan  ko‘zdan 

kechiriladi va quyidagilarni aniqlashga harakat qilinadi: 

1. Hodisa yuz bergan joy xavf tug‘dirmaydimi? 

2. Qanday hodisa ro‘y bergan? 

Биринчи тиббий ёрдамнинг  

умумий тамойиллари нима? 

 

Биринчи тиббий 



ёрдамнинг  

умумий 


тамойиллари 

Томир уришини 

текшириш 

Биринчи ёрдам 

кўрсатиш 

Юқори нафас 

йўлларини 

текшириш 

Воқеа жойини 

кўздан кечириш 

Тез ёрдамни 

чақириш 


Жабрланувчини 

кўздан кечириш 



 

3. Jabrlanganlar nechta? 



4. Atrofdagilar sizga yordam bera oladilarmi? 

2-guruh 


Joyni  ko‘zdan  kechirayotganda  xavfli  bo‘lgan  barcha  narsalarga  e’tibor 

berish kerak: elektr simlarining ochiqligi, qulayotgan parchalar, jadal yo‘l harakati, 

yong‘in, tutun, zararli bug‘lanish, noqulay ob-havo sharoiti, suv havzasining juda 

ham  chuqurligi  yoki  oqimning  tezligi.  Agar  xavf  juda  xatarli  bo‘lsa, 

jabrlanuvchining  yaqiniga  bormaslik,  zudlik  bilan  tez  yordam  va  tegishli  avariya 

xizmatini  yoki  ichki  ishlar  xodimini  chaqirish  kerak.  YUqori  xavfli  vaziyatda 

yordam  tegishli  tayyorgarligi  va  anjomlari  bo‘lgan  malakali  xizmat  xodimlari 

tomonidan ko‘rsatilishi l ozim. 

Nima  bo‘lganini  aniqlashga  harakat  qilish,  mayda-chuyda  jihatlarga  e’tibor 

berish lozim. SHunda hodisa va olingan jarohat sababi aniqlanishi mumkin. Singan 

shisha  parchasi,  to‘kilgan  dori  idishlari  va  hokazolar  ro‘y  bergan  hodisani 

oydinlashtiradi.  Ular  jabrlanuvchi  hushsiz  bo‘lgan  va  boshqa  kishilar  bo‘lmagan 

vaqtda ayniqsa muhim omil hisoblanadi. 

Voqea  sodir  bo‘lgan  joydagi  kishilar  bilganlarini  aytib  berishlari  yoki 

qandaydir yordam ko‘rsatishlari mumkin. Agar o‘sha erda jabrlanuvchining tanishi 

uchrasa, u bemorning kasaliga yoki allergik reakdiyasiga oid ma’lumotlarni berishi 

mumkin.  Atrofdagi  kishilar  tez  yordam  chaqirishlari,  etib  kelgan  mashinani  kutib 

olishlari  va  yo‘l  ko‘rsatishlari,  voqea  sodir  bo‘lgan  joyni  transport  va  qiziquvchi 

odamlardan  xoli  qilishlari  va  birinchi  yordam  ko‘rsatishda  ko‘mak  berishlari 

mumkin. Agar atrofda hech kim bo‘lmasa, baland ovozda yordamga chaqiriladi. 

3-guruh 

Avval  jabrlanuvchi  hushida  ekanligini  aniqlash,  undan:  "Sizga  yordam 

kerakmi?"  -deb  so‘rash,  agar  javob  bo‘lmasa,  uning  trapetsiyasimon  muskulini 

siqib ko‘rish kerak. Tashqi ta’sirlarga javob bermayotgan odam hushini yo‘qotgan 

bo‘lishi  mumkin.  Bu  holat  hayot  uchun  xavflidir.  Kishi  xushini  yo‘qotganda, 

tilining muskuli bo‘shashadi va natijada til ichiga tushib ketishi va nafas yo‘lining 



 

to‘silishi yuz berishi va, demak, nafas olishi to‘xtashi va keyin  yurak urishi ham 



to‘xtashi mumkin. 

Birlamchi ko‘zdan kechirish jarayonida jabrlanuvchining nafas yo‘lining ravonligi, 

nafas olish va tomir urishi bor-yo‘qligini tekshirish lozim. 

Jabrlanuvchini  qo‘zg‘atmasdan  turib  tiriklik  belgilarini  aniqlash  kerak. 

Jabrlanuvchining  nafasi  va  tomir  urishi  sezilmagantakdirdagina,  uni  orqasi  bilan 

yotqizish mumkin. Bunda uning boshini umurtqa pog‘onasi bilan iloji boricha bir 

o‘qda qilib ushlab, harakatlantirish lozim. 

 

 



Jabrlanuvchining  nafas  yo‘llarining  ochiqligiga  ishonch  hosil  qilish  kerak. 

Og‘iz  va  burundan  boshlab  o‘pkagacha  borgan  havo  o‘tish  yo‘llari  nafas  yo‘li 

hisoblanadi.  Gapirish  va  baqirish  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  har  qanday  odam 

hushini yo‘qotmagan va nafas yo‘llari ochiq bo‘ladi.  

Agar 

jabrlanuvchi 



hushsiz 

bo‘lsa, 


uning 

nafas 


yo‘llarining 

o‘tkazuvchanligiga ishonch hosil qilish lozim.  

Buning  uchun  uning  boshini  orqa  tomonga  engashtirib,  iyagi  ko‘tariladi. 

Bunda til nafas olish yo‘lining orqa qismini berkitmaydi, o‘pkaga havo o‘taveradi. 

Agar  jabrlanuvchining  bo‘yin  qismi  jarohatlangan  deb  taxmin  qilinsa,  nafas 

yo‘llarini ochish uchun boshqacha usul qo‘llaniladi. Bu usul "boshni orqa tomonga 

engashtirmasdan pastki jag‘ni oldinga siljitish" deb ataladi. Agar jabrlanuvchining 

nafas yo‘llariga yot jismlar kirib qolgan bo‘lsa,  avval ularni olib tashlash lozim

 


 

 



 

Hodisa ro‘y bergan joyni ko‘zdan kechirish. 

4-guruh 


Keyingi  bosqichda  jabrlanuvchining  nafas  olayotgani  tekshiriladi.  Agar 

jabrlanuvchi  hushsiz  holda  bo‘lsa,  unda  nafas  olish  belgilari  borligiga  e’tibor 

berish  lozim.  Nafas  olganda  ko‘krak  ko‘tarilib,  tushib  turishi  zarur.  Kishi 

haqiqatan  ham  nafas  olayotganiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  uning  nafasini 

eshitish  va  sezish  lozim.  Buning  uchun  yuzni  jabrlanuvchining  og‘zi  va  burniga 

yaqinlashtirib, nafas chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. 

Bir vaqtning o‘zida ko‘krak qafasining ko‘tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 

sekund davomida bajarish lozim. 



 

Agar jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, u holda og‘zidan havo o‘tkazish 



yo‘li  bilan  unga  yordam  berish  lozim.  Burun  teshiklarini  berkitib,  avvaliga  ikki 

marta  to‘la  havo  puflanadi.  Keyin  bir  martadan  puflash  o‘tkaziladi.  Bunday 

muolaja o‘pkaga sun’iy havo yuborish (ventilyasiyasi) deyiladi.  

5-guruh 

Jabrlanuvchini  birlamchi  ko‘zdan  kechirishning  oxirgi  bosqichi  tomir 

urishini tekshirishdir. Bunda tomir urishi aniqlanadi va kuchli qon ketish hamda es 

og‘ishi belgilari aniqlanadi. 

Odam  nafas  olayotgan  bo‘lsa,  uning  yuragi  qisqaradi,  demak,  bu  -  tomir 

urishi  bor,  degan  so‘z.  Agar  odam  nafas  olmayotgan  bo‘lsa,  u  holda  uning  tomir 

urishini  tekshirib  ko‘rish  zarur.  Buning  uchun  jabrlanuvchining  bo‘ynidagi  uyqu 

arteriyasini  ushlab  ko‘riladi.  Kekirdak  olmasi  (qo‘shtomoq)ni  topib,  barmoqlarni 

bo‘yin  chetidagi  chuqurchaga  suriladi.  Sekinlashgan  yoki  kuchsiz  tomir  urishini 

aniqlash qiyin bo‘ladi. Tomir urishi sezilmasa, bu harakatni qaytadan bajariladi va 

tomir urishini 10 sekund davomida sezib turiladi. 

Agar  jabrlanuvchining  tomir  urishi  sezilmasa,  ko‘krakni  bosish  yo‘li  bilan 

yurakni  yopiq  massaj  qilish  lozim.  Bu  muolaja  yurak-o‘pka  faoliyatini  tiklash 

(reanimatsiyasi) deyiladi.  

So‘ng darhol "03" telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, tez yordamni chaqirish kerak. 

Jabrlanuvchiga  yordam  berilayotgan  paytda,  iloji  bo‘lsa,      biron-bir  odamni 

qo‘ng‘iroq qilishga yuborish kerak. 

 

 



6-guruh 

Tez  yordamni  chaqirgandan  so‘ng,  jabrlanuvchining  hayotiga  katta  xavf 

yo‘qligiga  amin  bo‘lgandan  keyin  yordamni  to‘xtatib,  ikkilamchi  ko‘zdan 

kechirishni 

amalga 

oshirish 



mumkin. 

Ikkilamchi 

ko‘zdan  kechirishda 

jabrlanuvchida har xil muammolar borligi ma’lum bo‘ladi va ular birinchi yordam 

ko‘rsatish lozimligini taqozo etadi. Jabrlanuvchi yosh bola bo‘lsa, uning shu erdagi 

ota-onasi  yoki  ular  bo‘lmasa,  kattalarga  murojaat  qilinadi.  SHundan  so‘ng 

jabrlanuvchining hayot ekanini bilib, uni umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 


 

10 


Tiriklik belgilariga tomir urishi maromi (chastotasi), nafas olish maromi va 

hushsizlik  darajasi  kiradi.  Ikkilamchi  ko‘zdan  kechirishning  muhimligi  shundan 

iboratki, bunda jabrlanuvchining hayotiga bevosita xavf solmaydigan muammolar 

topilsa-da, lekin ularni e’tiborsiz va birinchi yordamsiz qoldirilsa, jiddiy 

Ikkilamchi  ko‘zdan  kechirishdan  so‘ng  tez  yordam  kelgunga  kadar  uning 

tiriklik  belgilarini  kuzatishni  davom  etiladi.  Kishining  ahvoli  asta-sekin 

yomonlashishi  mumkin va  to‘satdan  hayot  uchun  jiddiy  xavf  (masalan,  nafasning 

yoki yurakning to‘xtashi) paydo bo‘lishi mumkin.  



3 ilova 

ШОШИЛИНЧ ВАЗИЯТЛАРДА БИРИНЧИ 

ЁРДАМ КЎРСАТИШ ҚОИДАЛАРИ

Шошилинч вазиятларда биринчи ёрдам курсатишнинг тўрт қоидаси 



мавжуд бўлиб, уларни бирин

-

кетин амалга ошириш лозим:



1. Ҳодиса рўй берган жойни кўриб чиқинг.

2. Жабрланувчини бирламчи кўздан кечиринг ва унинг ҳаёти учун 



хатарли бўлган ҳолатларда унга биринчи ёрдам кўрсатинг.

3. Тез ёрдамни чақиринг.



4. Жабрланувчини иккиламчи кўздан кечиринг ва зарур бўлса, яна 

ёрдам кўрсатинг. Уни узлуксиз кузатиб туринг ва тез ёрдам келгунча 

хотиржам қилиб туринг.

Бу хатти


-

ҳаракат изчиллиги сизнинг, жабрланувчининг ва 

атрофдагиларнинг хавфсизлигини таъминлайди, шунингдек, ёрдам 

кўрсатувчининг иши самарали бўлишини таъминлайди, натижада 

беморнинг яшаб қолиш имкониятини оширади.

 

БИРИНЧИ ҚОИДА: ҲОДИСА ЮЗ БЕРГАН 



ЖОЙНИ КЎЗДАН КЕЧИРИШ

Шошилинч



вазият

эканлигини

аниқлаган

заҳотингиз шу жой сизга ва атрофдагиларга

хавф солмаслигини текширинг

.

Диққат билан



кўздан

кечириб,


қуйидагиларни

аниқлашга

ҳаракат қилинг

:



1. 

Ҳодиса юз берган жой хавф

туғдирмайдими?

2. 



Қандай ҳодиса рўй берган

?



3. 

Жабрланганлар нечта?

4. 


Атрофдагилар сизга ёрдам бера 

оладиларми?

 


 

11 


ИККИНЧИ ҚОИДА: БИРЛАМЧИ КЎЗДАН 

КЕЧИРИШНИ ЎТКАЗИШ

Аввал жабрланувчи ҳушида эканлигини аниқланг



.

Ундан


:

"

Сизга ёрдам



керакми?"

-

деб



сўранг

.

Агар



жавоб

бўлмаса,


унинг

трапециясимон

мускулини сиқиб кўринг

.

Уни туртманг ва қимирлатманг



.

Ташқи таъсирларга

жавоб бермаётган одам ҳушини йўқотган бўлиши мумкин

.

Бу ҳолат ҳаёт



учун хавфлидир

.

Киши хушини йўқотганда, тилининг мускули бўшашади ва



натижада тил ичига тушиб кетиши ва нафас йўлининг тўсилиши юз бериши

ва, демак, нафас олиши тўхташи ва кейин юрак уриши тўхташи мумкин

.



Бирламчи кўздан кечириш жараёнида жабрланувчининг нафас йўлининг



равонлиги, нафас олиш ва томир уриши бор

-

йўқлигини текширинг



.

Учинчи босқич



:

томир уриши

.



Жабрланувчини



қўзғатмасдан

туриб


тириклик

белгиларини

аниқланг

.

Жабрланувчининг нафаси ва томир уриши сезилмаган такдирдагина, уни



орқаси билан ётқизиш мумкин

.

Бунда унинг бошини умуртқа поғонаси



билан иложи борича бир ўқда қилиб ушлаб, ҳаракатлантириш лозим

.

 

БИРИНЧИ БОСҚИЧ: НАФАС ЙЎЛЛАРИНИНГ 



ЎТКАЗУВЧАНЛИГИНИ 

ТАЪМИНЛАШ

Жабрланувчининг нафас йўлларининг очикдигига ишонч 



ҳосил қилинг. Оғиз ва бурундан бошлаб ўпкагача борган ҳаво 

ўтиш йўллари нафас йўли ҳисобланади. Гапириш ва бақириш 

қобилиятига эга бўлган ҳар қандай одам ҳушини йўқотмаган 

ва нафас йўллари очиқ бўлади.

Агар жабрланувчи ҳушсиз бўлса, унинг нафас йўлларининг 



ўтказувчанлигига ишонч ҳосил қилиш лозим. Бунинг учун 

унинг бошини орқа томонга энгаштиринг ва иягини кўтаринг.

Бунда тил нафас олиш томоғининг орқа қисмини 



беркитмайди, ўпкага ҳаво ўтаверади. Агар жабрланувчининг 

бўйин қисми жароҳатланган деб тахмин қилсангиз, нафас 

йўлларини очиш учун бошқача усул қўлланг. Бу усул "бошни 

орқа томонга энгаштирмасдан пастки жағни олдинга 

силжитиш" деб аталади. Агар жабрланувчининг нафас 

йўлларига ёт жисмлар кириб қолган бўлса, сиз аввал уларни 

олиб ташлашингиз лозим.

 

 



УЧИНЧИ БОСҚИЧ: ТОМИР УРИШИНИНГ БОР-

ЙЎҚЛИГИНИ ТЕКШИРИШ

Жабрланувчини бирламчи кўздан кечиришнинг охирги босқичи томир уришини 



текширишдир. Бунда томир уриши аниқланади ва кучли қон кетиш ҳамда эс оғиши 

белгилари қидирилади.

Одам нафас олаётган бўлса, унинг юраги қисқаради, демак, бу 



-

томир уриши бор, деган 

сўз. Агар одам нафас олмаётган бўлса, сиз унинг томир уришини текшириб кўришингиз 

зарур. Бунинг учун сиз жабрланувчининг бўйнидаги сизга яқин турган томонидаги уйқу 

артериясини ушлаб кўринг. Кекирдак олмаси (қўштомоқ)ни топинг ва бармоқларни бўйин 

четидаги чуқурчага суринг. Секинлашган ёки кучсиз томир уришини аниқлаш қийин 

бўлади. Томир уриши сезилмаса, бу ҳаракатни қайтадан бажаринг. Аниқ нуқтани топдим

деб ўйласангиз, томир уришини 10 секунд давомида сезиб туринг



.

Агар жабрланувчи томир уриши сезилмаса



кўкракни босиш йўли билан ўпкани сунъий

вентиляциялаш лозим

Бу муолажа юрак



-

ўпка фаолиятини тиклаш

(

реанимацияси



дейилади


Бу ҳақда 

6-

бобда танишасиз



.

Бу қоида ҳам кучли қон кетишини аниқлашни ўз ичига олади



.

Баъзан жабрланувчида ички

қон кетиши содир бўлиши мумкин

Ташқи ва ички кон кетишлар эс оғиши ҳолатига ўтиши 



билан хавфлидир

Қон кўп оққанда пайдо бўлувчи эс оғиши жиддий муаммодир. Бунда 



кишининг териси оқаради ва совийди. Ҳушидан кетган одамнинг нафаси ва томир 

уришини белгиламоқчи бўлсангиз, уни орқаси билан ётқизманг. Нафас йўли очиқ бўлиши 

учун уни ёнбошлатиб ётқизиш керак. Буни тикланиш ҳолати дейилади. Бунда тилнинг 

ҳолати жабрланувчининг нафас йўлларини бекитмайди. Бундан ташқари, ушбу ҳолатда 

қусишдаги масса, ажралма ва қон нафас йўлини тўсмасдан оғиз.

 

 



УЧИНЧИ ҚОИДА: ТЕЗ ЁРДАМНИ ЧАҚИРИШ

"03" телефонига қўнғироқ қилиб, тез 



ёрдамни чақиринг. Сиз жабрланувчига 

ёрдам бераётган пайтингизда, иложи 

борича,   бирон

-

бир одамни қўнғироқ 



қилишга юборинг.

 

 



 

12 


ТЎРТИНЧИ ҚОИДА: ИККИЛАМЧИ КЎЗДАН 

КЕЧИРИШНИ АМАЛГА ОШИРИШ

Тез


ёрдамни чақиргандан сўнг, жабрланувчининг ҳаётига

катта хавф

йўқлигига амин

бўлгандан кейин ёрдамни тўхтатиб, иккиламчи кўздан кечиришни амалга ошириш мумкин

.

Иккиламчи кўздан кечиришда жабрланувчида ҳар хил муаммолар борлиги маълум бўлади



ва

улар


биринчи

ёрдам


кўрсатиш

лозимлигини

тақозо

этади


.

Жабрланувчи

ва

атрофдагилар билан юз берган ҳодиса хусусида яна суҳбатлашинг



.

Жабрланувчи ёш бола

бўлса, унинг шу ердаги ота

-

онаси ёки улар бўлмаса, катталарга мурожаат қилинг



.

Шундан


сўнг жабрланувчининг ҳаёт эканини билинг ва уни умумий текширувдан ўтказинг

.



Тириклик белгиларига томир уриши мароми

(

частотаси



),

нафас олиш мароми ва

ҳушсизлик даражаси киради

.

Иккиламчи кўздан кечиришнинг муҳимлиги шундан иборатки



,

бунда жабрланувчининг

ҳаётига бевосита

хавф солмайдиган

муаммолар

топилса


-

да

,



лекин уларни эътиборсиз ва биринчи ёрдамсиз қолдирилса, жиддий оқибатларга олиб

келиши мумкин

.



Иккиламчи



кўздан

кечиришдан

сўнг

тез


ёрдам

келгунга


кадар

унинг


тириклик

белгиларини

кузатишни

давом


эттиринг

.

Кишининг



аҳволи

аста


-

секин


ёмонлашиши

мумкин ва тўсатдан ҳаёт учун жиддий хавф

(

масалан


,

нафаснинг ёки юракнинг тўхташи)

пайдо бўлиши мумкин

.

Хотиржам бўлишда ва максимал даражада қулай ҳолатда туришда



жабрланувчига ёрдам беринг

.



 

           4  ilova 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling