Bular hammasi tabiiy o’simliklar jamoasining o’lishiga yoki bo’lmasa ularning biologik mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. A. V. Yablokov tomonidan 1989 yilda o’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, kislotali yomg’irlar ta’sirida o’rmonlar ham ko’chli shikastlanadi. - Bular hammasi tabiiy o’simliklar jamoasining o’lishiga yoki bo’lmasa ularning biologik mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. A. V. Yablokov tomonidan 1989 yilda o’tkazilgan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, kislotali yomg’irlar ta’sirida o’rmonlar ham ko’chli shikastlanadi.
- Tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta’siri. Tabiatdagi biologik aylanishga inson faoliyati katta ta’sir ko’rsatadi, bu aylanish moddalarning sirkulyatsiya qilinishi tufayli vujudga keladi, bu sirkulyaiiyalar asosan tuproq, o’simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar o’rtasida sodir bo’ladi. Tuproq bu biosferaning muhim qismi bo’lib, u barcha jarayonlarda qatnashadi, ya’ni moddalar migratsiyasida va ularning transformatsiyasida ham ishtirok qiladi. Yer osti boyliklarini ochiq qazib olish, yerlarni quritish va sug’orish, mineral ozuqalardan va pestitsidlardan ko’plab foydalanish tuproq unumdorligining pasayishiga va yemirilishiga olib keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, har yili dunyoda eroziya va deflyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer (qaytarilmaydigan holda) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoladi. Ayniqsa bunday holat Hindiston, Pokiston, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko’plab sodir bo’lmoqda. Keyingi yillarda mo’’tadil iqlimli sharoitlarga ega bo’lgan zonalardagi yerlarning qayta sho’rlanishi kuchayib bormoqda. - Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, har yili dunyoda eroziya va deflyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer (qaytarilmaydigan holda) qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qoladi. Ayniqsa bunday holat Hindiston, Pokiston, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko’plab sodir bo’lmoqda. Keyingi yillarda mo’’tadil iqlimli sharoitlarga ega bo’lgan zonalardagi yerlarning qayta sho’rlanishi kuchayib bormoqda.
- Butun dunyoda bunday sho’rlanish sug’orib dehqonchilik qilinadigan yerlarning 40 foiziga to’g’ri keladi, shu narsani alohida qayd qilish kerakki, juda ham kuchsiz sho’rlangan joylardagi ekinlarning hosili keskin pasayib ketadi. Masalan, g’o’za va bug’doyning hosili 50—60 foizga, makkajo’xorining hosili esa 40—50 foizga kamaydi. Ko’plab o’g’it va har xil pestitsidlarni ishlatish ham tuproq qatlamlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bular hammasi tuproqda zararli komponentlarning yig’ilishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun keyingi davrda butun dunyoda mineral o’g’itlarni ishlatishni kamaytirish va pestitsidlarni umuman ishlatmaslik, iloji bo’lmagan vaqtda esa kam miqdorda ishlatishga e’tiborni qaratmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |