Kirish. Elektrotexnika fani va uning
Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbaalari va iste’molchilari
Download 193.5 Kb.
|
1-маъруза электротехника ва электроника асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasidan foydalanishning yo‘nalishlari.
3.Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbaalari va iste’molchilari.
Elektr energiya manbaasi sifatida generatorlar, kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi birlamchi elementlar, akkumulyatorlar va sh.o‘. ishlatiladi. Elektr energiya iste’molchilariga elektr dvigatellari, isitish asboblari, yoruglik va nur manbaalari kiradi. Iste’molchilarda elektr energiya boshka tur energiyalarga: elektrodvigatellarda mexanik energiyaga, isitgichlarda issiklikka, nurlantirish kurilmalarida nurga, yoruglik manbaalarida esa yoruglikka aylantiriladi. Elektr energiyasi iste’molchilari ideallashtirilgan xolda uch turga bo‘linadi. 1) aktiv iste’molchilar – ular elektr energyasini o‘ziga qabul qilib ularni issiqlik yoki yorug‘lik energiyasiga aylantirib beradi. 2) induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. 3) sig‘im iste’molchilar – ular elektr energiyasini o‘ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Elektr zanjirlari tarkibiga nazorat va boshqaruv asboblari, shuningdek o‘zgartiruvchi qurilmalar (transformatorlar, to‘g‘rilagichlar va boshqalar) xam kiradi. Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan bo‘ladi. Tarmoqlangan zanjirlar bir necha parallel shaxobchalardan tashkil topgan bo‘ladi. Elektr zanjiri qanday tok turiga mo‘ljallanganligiga qarab u “o‘zgarmas tok zanjiri”, “o‘zgaruvchan tok zanjiri” deb ataladi. 4.Qishloq xo‘jaligida elektr energiyasidan foydalanishning yo‘nalishlari. Umuman elektr energiyasidan foydalanishning yutuqlaridan xalq xo‘jaligini barcha soxalarida samarali foydalanilmoqda. Ayniksa shu qatorda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 3-rasm. Elektr ta’minotining umumiy sxemasi. Xozirgi davrda ishlab chiqarishni boshqarish tizimini avtomatlashtirish, asosan, elektrotexnik va yarim o‘tkazgichli xamda mikroprotsessorli asboblardan foydalanish bilan xal etilmokda. SHuning uchun bulajak mutaxassislar xalk xo‘jaligini turli soxalaridagi vazifalarni muvaffaqiyatli xal etishlari uchun etarli darajada elektrotexnik bilimga ega bo‘lishlari kerak. Elektr energiyasi elektrostansiyalardan iste’molchilarga yuqori (1000 V dan yuqori) va past (1000 V gacha) kuchlanishli tarmoqlar orqali yuboriladi. Qishloq joylarida asosan kuchlanishi 6, 10, 20, va 35 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli xavo liniyalari va 380-220 V past kuchlanishli (xavo va kabelli) liniyalar quriladi. Simyog‘ochlar, simlar va izolyatorlar xavo liniyalarini asosiy qismlari xisoblanadi. YOg‘ochli yoki temir-beton simyog‘ochlarga izolyator yordamida simlar osiladi. YOg‘ochli simyog‘ochlarga antiseptik shimdiriladi va ular temir-beton pasinkalarga maxkamlanadi. Xavo liniyalari uchun yalang‘och alyuminiyli (A), po‘lat – alyumiyniyli (AS), po‘lat ko‘psimli (PS, PSM) va bir simli (PSO) simlar ishlatiladi. Xovo simlarini kesim yuzalari qizishni ruxsat etilgan miqdorlari, kuchlanishni yo‘qolishi va mexanik bikrlik bo‘yicha tanlanadi. Xavo liniyalari uchun ishlatiladigan simlarni standart kesim yuzalari 16,25,35,50,70,90 va 120 mm2 Kabelli liniyalar axoli zich joylashgan qishloq joylarda qo‘llaniladi. U yoki bu markali kabeldan foydalanish muxit sharoitiga va yotkazilish turiga bog‘lik. SHu boisdan elektr energiyani elektrostansiyalardan masofaga uzatishda nominal kuchlanishi kam bo‘lgan generatordan kuchaytiruvchi trasformatorli podstansiyalarga uzatiladi. Podstansiyalarda kuchlanish 10-35-110-220-330-500 kV gacha kuchaytirilgandan so‘ng, energiya yuqori voltli uzatish liniyalari orqali iste’molchilarni joylashgan tumanlardagi pasaytiruvchi podstansiyalarga uzatiladi. So‘ngra energiya 6-10 kV ni 380-220V gacha pasaytiruvchi podstansiyalarga, bu podstansiyalardan esa 380-220 V kuchlanishda iste’molchilarga beriladi. Download 193.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling