Kirish. Fanning maqsad va vazifalari
ishlab chiqarish-texnologik
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
ma\'ruza 1
ishlab chiqarish-texnologik: suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini
majmuaviy mexanizatsiyalash bo‘yicha mashina va texnologik tizimlarni ishlab chiqish va qo‘llash; ishlab chiqishlarning, mehnat sarflari me’yorlarini va resurslarini (mashina vaqti sarflari, qurilish materiallari, ehtiyot qismlari, energiya me’yorlari) texnik asoslagan holda ishlab chiqish; erlarning meliorativ holatini yaxshilash va irrigatsion tizimlarning loyihalanishdagi foydalanish holatini tutib turish uchun mashinalar parki va jihozlarning qulay tarkibini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar; Kasbiy faoliyat turlari • ishlab-chiqarish boshqaruv: mashinalar parkini boshqarish bo‘yicha ishlash, ishlab chiqarish, foydalanish tashkilotlari va qurilishni boshqarish, suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilish, rejalashtirish va komplektlash (butlash) va material-texnik ta’minlashni boshqarish hamda suv xo‘jaligi tashkilotlarida foydalanilaladigan mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, mashinalarni yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlovchi usullarni ishlab tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish; • ilmiy-tadqiqot: suv xo‘jaligi va melioratsiya qurilishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy xarakterdagi ilmiy tekshirish ishlarini olib borish, vatanimizdagi va chet el yangi texnikalarini sinash va moslashtirishning namunaviy uslublari va boshqa aralash hamda irrigatsiya va melioratsiya mashinalari bo‘yicha olingan natijalarni ishlab chiqish va boshqalar; Kasbiy faoliyat turlari • loyiha-konstruktorlik: mashinalarning almashinuvchi ishchi organlarni modernizatsiyalash, unifikatsiyalash maqsadida loyiha konstruktorlik ishlarini texnika va texnologiyalar uchun uskunalar va zaruriy jihozlarni tanlash, bajariladigan ishlarni sifatini kafolatlovchi yangi texnologik jarayonlarni tashkil qilish, mashina va asbob-uskunalar qism va detallarini takomillashtirish; • ta’lim: ta’lim idoralarida va ishlab chiqarishda murabbiy va pedagog sifatida faoliyat yuritish kabi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling