Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Issiqlik sig’mi. Gazlarning issiqlik sig’imi, uning erkinlik darajasi bilan bog’liqligi


Download 0.86 Mb.
bet12/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

12. Issiqlik sig’mi. Gazlarning issiqlik sig’imi, uning erkinlik darajasi bilan bog’liqligi.
13.Kimyoviy termodinamikaning asosiy tushunchalari. Intensiv va ekstensiv kattaliklar.

Termodinamik sistemalarning fizikaviy xarakteristikalari, ya`ni massa, hajm, harorat, bosim, tarkib, energiya, issiqlik sig`imi, sirt taranglik, solishtirma hajm va boshqalar termodinamik xossalar deb ataladi. Ular ikkita guruhga bo`linadi: birinchi guruhga miqdoriy xarakteristikalarni ifodalovchi xossalar ( massa, hajm, energiya, ichki energiya, ental`piya, entropiya, potensiyallar, issiqlik sig`imi va boshqa) kiradi. Bu xossalar ekstensiv xossalardir. Ikkinchi guruh o`zida termodinamik sistemalarning sifatiy xarakterlovchi xossalarini birlashtirgan bo`lib, ular harorat, sirt taranglik koeffisiyenti, bosim, tarkib, zichlik va boshqalardir. Bu xossalar intensiv xossalar nomi bilan yuritiladi.Ekstensiv xossalar additivlik xususiyatga ega. Buning ma`nosi shuki, sistemaning hohlagan ekstensiv xossasi uni mos ravishdagi tarkibiy qismlari xossalarining yig`indisidan iborat. Intensiv xossalar additivlik xossaga ega emas.


Sistemaning termodinamik holati termodinamik parametrlarning qiymati bilan ifodalanadi. Termodinamik parametrlar – temperatura, hajm, bosim va konsentrasiya kabilar kiradi.Termodinamik parametrlarning o’zgarishi bilan boradigan jarayonlar termodinamik jarayonlar deyiladi. Termodinamik jarajonlar aylanma yoki siklik jarajon, qaytar va qaytmas jarayonlar, adiabatik jarayonlar kabilarga ajratiladi. Jarayondan so’ng sistema va tashqi muhit o’zining oldingi holatiga qayta oladigan jarayon aylanma yoki siklik jarayon deb ataladi. Fizik kimyo faniga ideal gaz, ideal eritma tushunchalari kiritilgan. Termodinamikada ham ideal jarayon tushunchasi ishlatiladi. Ideal jarayon boshqacha nom bilan termodinamik qaytar jarayon deb ataladi. Unga yana ham aniqroq ta’rif bersak termodinamik qaytar jarayon deganda jarayonni faqat to’g’ri tomonga emas, balki teskari tomonga ham olib borish mumkin va bu vaqtda faqat sistemagina emas, balki atrof muhit ham o’zining oldingi holatiga qaytadigan jarayon tushuniladi. O’lchab bo’ladigan tezlikda boradigan jarayon termodinamik qaytmas bo’ladi. Sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashmaganda bajarilgan jarayonlar adiabatik jarayonlar deb ataladi. Termodinamik jarajonlarning barchasi (aylanma yoki siklik jarajon, qaytar va qaytmas jarayonlar, adiabatik va boshqa jarayonlar) ga keyingi mavzularda to’laroq to’xtalamiz.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling