Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti va uning haroratga bog’liqligi. Kirxgoff qonuni
Download 0.86 Mb.
|
Fizik kim shippi
23. Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti va uning haroratga bog’liqligi. Kirxgoff qonuni.
Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarining temperaturaga qarab o`zgarishi Kirxgof qonuniga bo`ysunadi. Kirxgof qonuni tenglama bilan ifodalanadi; bu yerda Q1- reaksiyaning T1 dagi issiqlik effekti. Q2- o`sha reaksiyaning T2 dagi issiqlik effekti, ∑C1- reaksiya uchun olingan moddalarning issiqlik sig’imlari yig’indisi, ∑C2- reaksiya maxsulotlarining issiqlik sig’imlari yig’indisi. Agar reaksiya uchun olingan moddalarning issiqlik sig’imlari yig’indisi reaksiya maxsulotlarining issiqlik sig’imlari yig’indisiga teng bo`lsa, reaksiyaning issiqlik effekti temperatura o`zgarishi bilan o`zgarmaydi. Qattiq moddalar hosil qiladigan reaksiyalarning issiqlik effekti temperatura o`zgarishi bilan kam o`zgaradi. Kirxgof qonunini chiqarish uchun quyidagi aylanma jarayonni ko`rib o`tamiz: avval reaksiyani T1 da o`tkazaylik ; bu vaqtda ajralib chiqqan issiqlik Q1 bo`lsin; hosil bo`lgan maxsulotlarni T2 gacha qizdiramiz. Bu vaqtda (T2-T1)∙∑C2 miqdorda issiqlik yutiladi. Ajralib chiqqan issiqlikning umumiy miqdori Q1-(T2-T1)∑C2 bo`ladi.Bu jarayonlarni ikkinchi safar boshqacharoq tartibda o`tkazamiz: avval reaksiyaga kirishadigan moddalarni T1 dan T2 gacha qizdiramiz; bunda(T2-T1)∑C1 miqdorda issiqlik yutiladi, keyin reaksiyani T2 da o`tkazamiz., bunda Q2 issiqlik ajralib chiqadi. Ikkinchi safar ajralib chiqadigan issiqlikning umumiy miqdori Q2-(T2-T1) ∑C1 dir. Ikkala holda ham termodinamikaning birinchi qonuniga binoan, boshlang’ich va oxirgi holatlar bir xil bo`lgani uchun umumiy issiqliklarning miqdorlari bir- biriga teng bo`ladi:Q1-(T2-T1) ∑C2= Q2-(T2-T1)∙ ∑C1 yoki Q2+(T2-T1) ∑C2= Q1+∑C1 ∙ (T2-T1) yoki bundan: (5.17) Bu tenglama Kirxgof qonunining ifodasidir. Demak, temperatura 10 ko`tarilganda issiqlik effektining ortishi (issiqlik effektining temperatura koeffitsienti) reaksiyaga kirishuvchi va reaksiya natijasida hosil bo`luvchi moddalarning issiqlik sig’imlari orasidagi ayirmaga teng. Issiqlik sig’imlarining ayirmasini bilgandan keyin, reaksiya issiqlik effektini yuqoridagi formula asosida hisoblab chiqarish qiyin emas. Agar T2 bilan T1 ayirmasi cheksiz kichik bo`lsa, Kirxgof qonunini quyidagicha yozish mumkin: ()P=−∆CP (5.18) bu yerda ∆CP−reaksiya maxsulotlarining issiqlik sig’imi bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalarning issiqlik sig’imi orasidagi ayirma. Ko`pincha, moddalarning issiqlik sig’imi temperatura o`zgarishi bilan o`zgaradi. Bunday hollarda ∆CP uchun tubandagi empirik formuladan foydalanish mumkin: ∆CP=a+bT+cT2+… (5.18) Bu yerda a,b,c…―koeffitsientlar.Bu tenglamadan foydalanib, Kirxgof qonunining tenglamasini integrallash mumkin; natijada quyidagi formula chiqadi: Q=Q0+aT+½bT2+⅓cT3 (5.19) Kirxgof qonunini barcha kimyoviy jarayonlar uchun, shuningdek, bug’lanish, suyuqlanish kabi hodisalar uchun ham tadbiq etsa bo`ladi. Bug’lanish jarayoni uchun Kirxgof qonunini quyidagicha yozish mumkin: =Cgaz−Csuyuq (5.20) Bu yerda −bug’lanish issiqligi. Gazning o`zgarmas bosimda yoki o`zgarmas hajmda qizdirilishiga qarab, reaksiyaning issiqlik effekti ham ikki xil bo`ladi: 1) o`zgarmas bosimda o`lchangan issiqlik effekti (QP) va 2) o`zgarmas hajmda o`lchangan issiqlik effekti (QV). Endi bu ikki kattalik orasidagi munosabatni aniqlashga o`tamiz. Agar reaksiya vaqtida hajm ∆V qadar o`zgarsa, tashqi bosim P bo`lganda sistema bajargan ish P∆V gat eng bo`ladi. Demak, bu holda sistemaning bajargan ishi musbat ishora bilan olinadi. Shu sababdan, reaksiyaning o`zgarmas bosimdagi issiqlik effekti bilan sistema bajargan ishning yig’indisi ichki energiyaning kamayishiga teng, ya’ni: QP+P∆V=−∆U Agar reaksiya vaqtida hajm o`zgarmasa, sistema tashqi ish bajarmaydi va P∆V nolga teng bo`ladi. Bu holda reaksiyaning issiqlik effekti sistemaning ichki energiyasining kamayishiga baravar bo`ladi: QV =−∆U (5.21) Bu ikki ifoda bir-biri bilan solishtirib ko`rilsa: QP=QV−P∆V (5.22) yoki
∆H=∆U+P∆V (5.23) ifoda hosil qilinadi. P∆V ni D.I.Mendeleev−Klapeyron tenglamasi asosida boshqa tusda yozishimiz mumkin. Agar reaksiya natijasida gazlar gram- molekulalarining soni ∆n qadar o`zgarsa: P∆V=∆n∙RT bo`ladi. Bundan:
QP=QV−∆n∙RT (5.24) ifoda olinadi. Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar va reaksiya maxsulotlari bir xil hajmga ega bo`lsa, o`zgarmas bosim va o`zgarmas hajmdagi reaksiya issiqliklari bir-biriga teng bo`ladi. Qattiq va suyuq jismlar juda kichik hajmga ega bo`lgani uchun P∆V faqat reaksiyada hosil bo`lgan gazlarning kengayishida bajargan ishini ko`rsatadi. Formuladagi ∆n reaksiya natijasida hosil bo`lgan gazlarning gram- molekulalari soni bilan reaksiyaga kirishuvchi gazlarning gram-molekulalari soni orasidagi ayirmani bildiradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling