Kirish. Fizik kimyoning tekshirish ob’ekti


Termodinamikaning 2-qonunini statistik asoslash. Boltsman tenglamasi. Sistema holatining termodinamik ehtimolligi bilan uning entropiyasi orasidagi bog’lanish


Download 0.86 Mb.
bet33/43
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#239350
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
Fizik kim shippi

32. Termodinamikaning 2-qonunini statistik asoslash. Boltsman tenglamasi. Sistema holatining termodinamik ehtimolligi bilan uning entropiyasi orasidagi bog’lanish.

Statistik tabiatga ega bo`lgan yana bir kattalik bosim ko`p sonli molekulalarni sistemani tashkil etuvchi idish devoriga urilish effektlarining yig’indisining tashkil etadi. Ayni gazning zichligi va harorati esa bosimdan bog’liqdir. Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarining hosilalari entalьpiya, entropiya, Gibbs energiyasi Gelьmgolets energiyasi va boshqalar harorat va bosim bilan uzviy bog’langan kattaliklardir. Biz bu bog’liqni asosan sistemaning muvozanat xolatidan kelib chiqgan xolda o`rganganmiz. Muvozanat holatida moddalarning xossalari makroskopik va mikroskopik nuqtai nazardan qaralishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek makroskopik holatni harorat, bosim va ular bilan bog’liq bo`lgan boshqa termodinamik kattaliklar ifoda etsa, mikroskopik jihatdan kvant mexanikasi va klassik mexanika asoslariga ko`ra ayrim molekulalarning tabiatini o`rganish, ularning tuzilishi va boshqa molekulalar bilan o`zaro ta’sirlanishini ko`rsatadi.

Biz avvalgi boblarda termodinamika qonunlarini atomlar, molekulalar va boshqa kichik zarrachalar xossalariga bog’lagan xolda o`rganganimiz sababli statistik termodinamika materiya bilan molekula, atom, elektron va ion xossalari o`rtasidagi bog’lanishni o`rganishga qaratildi. Bu fan kichik zarrachalarning alohida xossalariga asoslangan holda termodinamik xossalarini o`rganishga imkon berdi. Natijada statistik termodinamika sistemaning mikroskopik xossalarini o`rganuvchi kvant mexanikasi bilan makroskopik xossalarini o`rganuvchi termodinamika o`rtasidagi ko`prik vazifasini o`tadi.



Statistik termodinamika fanini asoschilari bular XIX asir oxirlarida faoliyat ko`rsatgan olimlar Boltsman, Maksvel, Gibbs va boshqalardir. Biz termodinamika qonunlari orqali issiqlik, ish, harorat, qaytar va qaytmas jarayonlar hamda holat funksiyasi xossasiga ega bo`lgan entalpiya, etropiya, Gibbs va Gelmgolts energiyalari va boshqalarni o`rgangan edik, statistik termodinamika esa shu tushunchalarning yangi qirralarini yana ham chuqurroq yoritib beradi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling