Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Mantiqiy mushohada uchunOrtiqcha to‘rtinchisini toping: ishla, qishla, tashla, boshla;qaroq, taroq, o‘roq, so‘roq. Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Uni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko‘ra quyidagicha tartiblash mumkin: ixtisoslashgan leksema; soddalashgan leksema; tublashgan leksema. Mustaqil o‘zlashtirish uchunSILDIROP Sildirop atalmish bitta qishloqda Uch olim zo‘r suhbat qilishar edi. Har biri xalqlarning kechmishini va Juda ko‘p tillarin bilishar edi. Ma’no muallimi, so‘zshunos tengsiz, Ming yillik tavorix boshlarida jam. Ularning oldida Koshg‘ariy ojiz, Hijolat chekadi Zamaxshariy ham. So‘zlarning tarixiy negizlarini Ochishda har biri ustasi farang. Bugun ham uchovi tortishmoqdalar, Sildirop so‘zining ustida, qarang. Turkiyning mo‘g‘ulcha ildizin kovlab, Ochg‘uvchi bittasi dalillab dedi: Eradan oldingi mo‘g‘uliy tilda Sildirop kalomi shel dir ap edi. Chingizxon bosqini davrida bizning Turkiyga bu so‘z ham kirib kelmishdir. Va forsiy zabonning ta’sirida xo‘p O‘zgarib, Sildirop shaklin olmishdir Ikkkinchi tilshunos iqtibos bilan Fikrlarin isbot qilmoqqa tushdi. Xullas, bu olimning taxmini bilan Sildirop pahlaviy davriga uchdi. Qadimgi Eronning bir lahjasidan Sildirop kalomi kirib kelganmish. Zeroki, forsiyning o‘tmishida ham Sang, gir, ob so‘zlari faol bo‘lganmish. Yana bir farazni aytdi boshqasi, Mahalliy zamindan qidirib ildiz. Ming yillik manbadan havola olib, So‘ldirab so‘zidan qolgan dedi iz. Xullas, uch tilshunos, uch zakiy olim, Sildirop so‘ziga doxil bo‘lishdi. Taxminlar otiga minib, sho‘rlikni Ko‘pkari qilishdi, uloq qilishdi. Shu onda hassali, munkillagan chol, O‘tib ketayotib, bir oyoq ildi. Suhbati qizigan uchta olimga Hurmat yuzasidan tavoze qildi. Dedi: olimlarga hurmatim cheksiz, Ular payg‘ambarning merosxo‘rlari. Olimning har ikki dunyosi obod, O‘lsa, nurafshondir qabri-go‘rlari. Quloq og‘ir, ko‘zim nursiz bo‘lsa-da, So‘zlarga aylanar hali bu tilim. Biroq Sildiropni aytish ko‘p g‘alat, Bittagina menmas, aytolmas elim. Moskopda o‘lganda Sildirop degan Kallelinga o‘xshash bir echki soqol. Nomi shu qishloqqa qo‘yildi qoldi, Deya nolib qo‘ydi o‘tmishdan ham chol. Yuz yillik tarixdan dalillar bilan, So‘ylardi aybdor sezganday o‘zin. Hijolat ham bo‘lib qo‘yar qurg‘ur chol Aytolmasligidan Sverdlov so‘zin. Ixtisoslashgan leksemalar. Bunday leksemalar ham aslida bir so‘z yasash qolipi va so‘z yasovchi vosita asosida nutqda yasalgan bo‘ladi. Ixtisoslashgan leksemalarning yasamaligi yaqqol ko‘rinib turadi, unda so‘z yasash qolipining shakliy saqlangan, biroq ma’no tomondan qolipdan uzilgan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, yasama so‘zning ma’nosini qolipning mazmun tomoniga bog‘lash imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ishchi (worker, rabochiy) leksemasi “zavod yoki fabrikada ishlovchi, o‘rta ma’lumotli mutaxassis” ma’nosiga ega. Leksema [ot + -chi] qolipidan chiqqanligi aniq ko‘rinib turibdi. Lekin leksemaning ma’nosi bu qolipning “otdan anglashilgan narsa ustida ishlovchi kishi” degan mazmuniy tomoniga teng emas, undan ancha tor. Buni shunday tushuntirish mumkin. Ishchi so‘zi nutqda hosil bo‘lgan paytda qolipning shakliy va mazmuniy tomoniga har jihatdan mos va uyg‘un bo‘lgan. Keyinchalik ma’nosi torayib, shakliy o‘xshashlik saqlangan bo‘lsa- da, ma’noviy uzoqlashish sodir bo‘lgan. Natijada bugungi kunda o‘zbek tilida ikkita ishchi birligi farqlanadigan bo‘lgan: ishchi 1 – “umuman ish, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishi”; ishchi 2 – “zavod va fabrikada dastgoh, apparatni boshqaruvchi mutaxassis”. Birinchi ifoda qolipning har ikki tomoniga shakl va ma’no jihatidan mos bo‘lganligi uchun nutqiy so‘z hisoblanadi. Ikkinchi ifoda esa qolipdan mazmunan uzilganligi uchun leksema hisoblanadi. Birinchi so‘z ikkinchi leksemaning nutqiy hosilasi emas. Ularni omonimlar sifatida qarash lozim. Qolip hosilasi sifatida u qolipning chap tomoni xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki ishchi leksemasining shakliy tomoni, ya’ni nomemasida qolipning ot + -chi umumiyligi zarrasi, ko‘rinishi voqelangan. Leksema sememasi esa “shu otdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanuvchi shaxs” mohiyati ko‘rinishiga emas, balki uning toraygan, ma’lum bir ixtisosni anglatuvchi ko‘rinishi holatiga ega bo‘lib qolgan. ishchi leksemasiga qiyosan olinadigan, deylik, kitobchi so‘zida so‘z yasash qolipining shakliy tomonidan ham, ma’noviy tomonidan ham uzilish kuzatilmaydi. Yoki yozuvchi leksemasi va yozuvchi so‘zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham fe’l + uvchi = shu fe’ldan anglashuvchi harakat bilan shug‘ullanuvchi shaxs qolipi mahsuli. Uni gap tarkibida kuzatamiz: 1. Yozuvchi hayotni teranroq kuzatadi. 2. Insho yozuvchi ijodkorligini namoyon qilishi kerak. Birinchi gapda yozuvchi leksemasi kasbni anglatib, ixtisoslashgan ma’noga ega. Ikkinchi gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan. “Adib” ma’nosidagi yozuvchi leksemasi shaklan emas, balki ma’noviy jihatdan qolipdan uzilgan, ixtisoslashgan ma’noli leksemadir. Ikkinchi hosila esa ham shaklan, ham mazmunan qolipga muvofiq kelganligi bois, nutqiy yasama so‘z hisoblanadi. Leksema hosil bo‘lishining bu usuldagi boshqa ko‘rinishi sifatida so‘zning atamaviy ma’no kasb etishi (qo‘shish, ayirish, bo‘lish so‘zlar)ni ham ko‘rsatish mumkin. Ixtisoslashgan leksemalar leksema hosil bo‘lishining eng quyi darajasidir.
E’tibor qilinsa, ixtisoslashish faqat ma’no tomondan bo‘lsa, soddalashish ham ma’no, ham shaklga tegishli hodisadir. Tublashgan leksema. Tublashgan leksema shunday leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, sin fe’lining o‘zagi si, tingla fe’lining o‘zagi ding, to‘q so‘zi o‘zagining to‘ ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan bilib bo‘lmaydi. Tublashgan leksemalarning tarkibini aniqlash chuqur etimologik tadqiqotlarni taqozo etadi. O‘zbek tilidagi aksariyat leksemalar tublashgan leksemalardir. Tadqiqotchilarning fikrlariga ko‘ra, o‘zbek tilida bor-yo‘g‘i 150 tacha sof tub turkiy leksema mavjud. Boshqa leksemalar bir paytlar ma’lum bir qoliplar asosida yasalib, davr o‘tishi bilan tublashib ketgan. Demak, ma’lum bo‘ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo‘q. Balki yasama so‘zning, nutqiy hosilaning lisoniylashuvi, leksemalashuvi mavjud. Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling