Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Download 213.06 Kb.
bet33/45
Sana02.05.2020
Hajmi213.06 Kb.
#102891
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun


  1. Ushoq qand oq tuzga monand erur, Va lekin biri tuz, biri qand erur (Navoiy). Mutafakkirning ushbu fikridan tilshunoslikda qanday hodisalarni farqlashda metodologik asos sifatida foydalanish mumkin?

  2. So‘zlarimni qo‘ng‘iroqning tillari kabi Yuragimga urib-urib jaranglataman. Ushbu misralarda qanday mantiqiy xatolik mavjud?

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


  1. Til leksikasi qanday yo‘llar bilan boyiydi?

  2. O‘zlashma so‘zlar qay tarzda lisoniylashadi?

  3. Tilning o‘z qatlam hisobiga boyishi deganda nimani tushunasiz?

  4. Ixtisoslashuv mohiyatini ayting va misollar keltiring.

  5. Soddalashuvni tushuntiring va misollar keltiring.

  6. Tublashishni tavsiflang va misollar keltiring.



Test


  1. Tanglay so‘zining o‘zbekcha ekanligini qaysi belgisi ko‘rsatadi? A) ikki bo‘g‘inli ekanligi B ) ng undoshi borligi C) y undoshi bilan tugaganligi D) leksema o‘zbekcha emas.

  2. Yasama so‘zning lisoniylashuvi bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) ixtisoslashish, soddalashish, tublashish В) soddalashish, tublashish, ixtisoslashish S) tublashuv, ixtisolashuv

  1. soddalashish, ixtisoslashuv.

  1. [taqlid + yasovchi] qolipidagi yasama leksemani belgilang:

A) baxt-saodatli, uy-joyli B) ko‘zoynaksiz, tomorqasiz C) pirpirak, bizbizak D) yarqiroq, qiltiriq.

  1. Lisoniy birlik belgisi emas: A) moddiylikdan xoli B) cheksiz

C) barqaror D) ijtimoiy.

  1. Nutqiy birlik belgisi emas: A)moddiylikdan xoli B) cheksiz

  1. o‘tkinchi D) individual.



Glossariy


lisoniylashuv – nutqiy birliklarning lisoniy sathga o‘tishi

ixtisoslashish – yasama so‘zlarning ma’no jihatdan qolipdan uzilishi

soddalashish – yasama so‘zlarning shakl va ma’no jihatdan qolipdan uzilishi

tublashish – yasama so‘zlarda o‘zak va qo‘shimcha orasidagi chegaraning yo‘qolishi

Adabiyotlar


    1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

    2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993.

    3. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

    4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008.

    5. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

    6. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

    7. Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006.

    8. Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors.

-London, New York: Routledge, 1992.

    1. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997.
    1. §. Leksemada shakl va mazmun Tayanch tushunchalar


lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, shakl, mazmun

O‘zlashtiriladigan tushunchalar


nomema, sonema, semema
Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan,

kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir.

Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi.

Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema grekcha σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema – leksemaning ichki jihati.


Download 213.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling