Lisoniy ziddiyat va uning turlari


Download 80 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1492158
  1   2   3   4
Bog'liq
15LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI

LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI


Reja:

  1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot.

  2. Lisoniy ziddiyat turlari.

Kalit tushunchalar
munosabat,paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, pog‘onali munosabat, partonimik munosabat, giponimik munosabat, totonim, giperonim
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
ziddiyat, ziddiyat a’zosi, ziddiyat belgisi, ikki a’zoli ziddiyat, binar ziddiyat, ko‘p a’zoli ziddiyat, ternar ziddiyat, privativ ziddiyat, noto‘liq ziddiyat, teng qiymatli ziddiyat, muntazam ziddiyat, darajali ziddiyat
1. Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “qaramaqarshilik”; varianti: oppozitsiya) tilshunoslikda bir sistemadagi lisoniy birliklarning mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. Ziddiyat, tafovut, farq, qarama-qarshilik, ixtilof bir turga kiruvchi har xil tushunchalardir.
Butun koinot, тabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunidir. Ziddiyat, qarama-qarshilik, ixtilof va tafovut bo‘lmas ekan, rivojlanish va taraqqiyot, harakat va o‘sish ham bo‘lmaydi. Hatto oyoqlarimiz bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasa, ilgarilay olmaymiz. Zid jinslar bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham, hayvonot va o‘simlik olami – tiriklik davom etmaydi.
Butun borliq qarama-qarshiliklar mahsuli bo‘lganligi kabi, bilim olish ham, borliq haqida ma’rifat hosil qilish ham ixtilof va tafovutlar evazigadir.

Mustaqil o‘qish uchun
Ma’rifat vodiysi
Ma’rifat vodiysin ondin so‘ngra bil, Dashti bepoyonlig‘in nazzora qil.
Kimki bu vodiyg‘a bo‘ldi muttasif, Topti onda hollarni muxtalif. Vodiyedur yuz tuman ming onda yo‘l, Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
Ixtilofi juzv ila kul mundadur-
Kim taraqqiy-u tanazzul mundadur. Pashsha onda rahnavard-u pil ham, Pashsha anda toyir-u Jibril ham.
Musi-yu Fir’avn onda rаhrav,
Bil yaqinkim, birdek ermas bul ikav. Da’b anda sayr etib yaxshi-yamon, Mo‘min onda soliku kofir hamon.

Munda solikka tafovut bo‘ldi fosh,
Anga mehrob-u munga but bo‘ldi fosh.
Bo‘ldi o‘z irfoni har kimga sifat,
Ko‘p tafovut qildi paydo ma’rifat.
Muxtalif bo‘lmay ne bo‘lsun munda ish, Chun bu yanglig‘ muxtalif bo‘ldi ravish. Mundin aytibdur nabiyi rahbar,
“Kim ulusqa haq sari bo‘lsa safar.
Istasang yo‘l kasratig‘a addu had,
Xalq anfosi bilan teng bil adad.”

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling