Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Download 213.06 Kb.
|
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun Ko‘hna Sharqda tillar va so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida
- Tabiiy nazariya
- Izhor nazariyasi
- Ilhom nazariyasi
- Ijtimoiy kelishuv nazariyasi
- Semaning darajasiga ko‘ra turlari.
Mantiqiy mushohada uchunBormoq va ketmoq fe’llari qaysi semasi asosida birlashib, qaysi semasi bilan farqlanadi? Muhabbat va sevgi leksemalarida farqlovchi sema qaysi? 3.So‘zum munda qolur, Borurman o‘zum (Yugnakiy) misrasidagi bormoq fe’lining semik tarkibini aniqlang. Semema semalari o‘zaro dialektik munosabatda va teskari mutanosiblikka ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir turga mansub sema uning bir burchagini tashkil qiladi. Uchburchakda bir burchakning kattalashishi boshqalarining kichrayishi hisobiga yuz berganligi kabi sememadagi bir semaning kuchayishi boshqa semaning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Masalan, mustaqil leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi kuchsizlashadi, ifoda semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. Masalan, ko‘chma ma’noli leksemalarda atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchaygan bo‘ladi. Leksema nutqda voqelanganda ham uning atash semasi o‘z o‘rnini ma’lum darajada ifoda semasi voqelanishiga bo‘shatib beradi. Masalan, bo‘ri leksemasi odamga nisbatan qo‘llanganda undagi “hayvon”, “itsimonlar oilasiga mansub”, “yovvoyi” atash semalari kuchsizlanib, “yirtqich”, “vahshiy”, “qonxo‘r” ifoda semalari kuchaygan holda yuzaga chiqadi. Mustaqil leksema yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanganda undagi atash va ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa kuchayib voqelanadi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Ko‘hna Sharqda tillar va so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida Sharqda tilning taraqqiyot qonunlari, tillarning, so‘zlarning paydo bo‘lishi talqiniga doir bir necha nazariyalar yuzaga kelgan. Tabiiy nazariya, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, izhor nazariyasi, ilhom nazariyasi shular jumlasidan. Tabiiy nazariya (tovushga taqlid nazariyasi). Sharq filologlari VIII asrda so‘zlarning tashqi tovush tomoni bilan mazmuni o‘rtasidagi o‘xshashlikni keng muhokama qilishgan. Ibn Jinniyning guvohlik berishicha, bu bilan dastlab Xalil ibn Ahmad shug‘ullangan. Shu an’ana ta’sirida A’bad ibn Sulaymonning fikrlari rivojlandi. Bu nazariya bo‘yicha so‘z – insonning tabiiy tovushlarga bo‘lgan moyilligi, ularga taqlid qilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu “tabiiy (tabiat) nazariya” islom ruknlariga ancha erkin munosabatda bo‘lgan mazhab va yo‘nalish vakillari (jumladan, namoyandalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar bo‘lgan mutazalliylar) tomonidan ilgari surilgan va rasmiy islomiy – izhor (ilohiy ne’mat) nazariyasiga zid edi. Izhor nazariyasi. Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot undan-da ilgari Abu Ali al-Jubba’ ishlaridayoq ilgari surilgan edi. Izhor nazariyasining asosini qur’oniy ta’limot – til va so‘zlarni Alloh Odamga tayyor holda in’om etganligi, izhor etganligi tashkil qiladi. IX asrda rasmiy islomiy ilohiyotda – Kalomda izhor nazariyasi qabul qilinib, mutazalliylar yon bosgan ijtimoiy kelishuv nazariyasi shakkoklik sifatida qoralandi. Ilhom nazariyasi. Bu ta’limotga ko‘ra, birinchidan, insoniyatning birinchi umumiy tili – arab tili bo‘lgan va u Alloh tomonidan yaratilgan. Olloh bu tilning butun boyligini Odam Atoga birdaniga bermagan – Tangri izhorlarining mahsuli bo‘lgan arab tili asoslari bilan oz miqdordagi leksika Odamga berilgan. Keyinroq esa zarurat asosida barcha qabilalarga qo‘shimcha ravishda berib borilgan va boyitilib-boyitilib, faqatgina Muhammad alayhissalomga tilning butun boyligi ma’lum qilingan. Bu islomiy nazariyalarning barchasida tilning rivojlanish manbayi ikkita – Alloh va odam, jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni, uning ichki qonuniyatlarini belgilagan va Odamga berganligi haqida qarashlar ustuvorlik qiladi. Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Ayrim qarashlarga ko‘ra, Odam farzandlari hayot va jamiyat ehtiyojlari asosida tilni Alloh belgilagan qonuniyatlar (yangi so‘zlar yasash, boshqa tillardan so‘z qabul qilish, so‘z va qo‘shimchalarni boshqa – ko‘chma ma’nolarda qo‘llash, ijtimoiy kelishuv, shoir, voiz va adiblar nutqining ta’siri kabilar) asosida boyitib, o‘z ehtiyojlariga moslashtirganlar. Jumladan, Al-Harasiy ijtimoiy kelishuv nazariyasi borasida ta’kidlashicha, jamiyatda til predmet va tushunchalarga ishora qilish, shuningdek, fikrni bir-biriga ma’lum qilish uchun kerak bo‘lgan. Dastlab til faqat undoshdan iborat edi, biroq keyinroq odamlar ikki, uch, to‘rt, besh undosh va unlilardan iborat bo‘g‘in va affikslar hosil qilganlar va nihoyat til yaratilgan12. Semaning darajasiga ko‘ra turlari. Sema darajasiga ko‘ra birlashtiruvchi (integral) va farqlovchi (differensial) semaga ajratiladi. Birlashtiruvchi sema birdan ortiq leksemadagi o‘xshash, bir xil semadir. Farqlovchi sema esa o‘xshash, ma’noviy yaqin leksemalardagi farqlanuvchi semalardir. Masalan, ota, ona, aka, opa, uka, singil leksemasidagi “qarindosh”, “qon-qarindosh”, “bevosita” semasi integral sema bo‘lsa, “mendan katta” semasi ota, ona, aka, opa leksemalarini o‘zaro birlashtiruvchi, ammo uka, singil leksemalaridan farqlovchi semalardir. “mendan kichik” semasi uka va singil leksemasini o‘zaro birlashtiruvchi, biroq oldingi leksemadan farqlovchi sema. Кo‘rinadiki, bir sema leksemani bir vaqtning o‘zida nima bilandir birlashtiruvchi, nima bilandir farqlovchi qarama-qarshi tabiatli mohiyatga ega. Birlashtiruvchi sema sistema hosil qiluvchi, sistemaga asos bo‘luvchi, farqlovchi sema esa sistemada tug‘iluvchi, paydo bo‘luvchi semadir.
Download 213.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling