IRSIY KASALLIKLAR KLASSIFIKATSIYASI
REJA:
Kirish
Genlar o'zgarishi bilan bog'liq irsiy kasalliklar
Irsiy moyillikka ega kasalliklar.
Immunogenetika.
Irsiy kasalliklaming rivojlanishi, profilaktikasi va ularni davolash usullari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining kelajagi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lidadir. Mamlakat ravnaqi, uni boshqarish, rivojlantirish farzandlarimiz qo‘lida ekan, ularni aql- zakovatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash hozirgi zamon avlod vakillarining asosiy vazifasidir. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning sa’y-harakatlari ham mana shu olijanob maqsad sari yo‘naltirilgandir.
Achchiq haqiqat bo‘Isa ham shuni tan olish kerakki, hamma oilalar ham farzandli emaslar. Dunyoda qayd etilgan nikohlaming 10%-i naslsiz. Yana 20% oila spontan (tabiiy) abortlar va bola tashlash tufayli farzandlarga ega emas. Farzandsiz bo‘lishlikda ham erkak, ham ayolning ishtiroki teng, ammo ular naslsizligining sabablari har xil. Hozirgi vaqtda erkak yoki ayolning naslsiz bo‘lishligiga olib keluvchi o‘nlab irsiy kasalliklar tasvirlangan.
Shu nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, tibbiyot genetikasi oldida yana bir muhim masala - oila qurmoqchi bo‘lganlarga ular oilasida irsiy yoki tug‘ma nogiron farzandlarning bo‘lish yoki bo‘lmasligini oldindan bilishga yordam beruvchi genetik maslahat berish vazifasi turadi. Tibbiyot-genetika maslahati genetik - shifokor tomonidan ko‘rsatiladigan ixtisosli tibbiy yordam bo‘lib, u maxsus tibbiy muassasa bo‘linish tibbiyot-genetika maslahatxonasida amalga oshiriladi. Bu muassasaning asosiy vazifasi irsiy kasallikka nisbatan notinch bo‘lgan oilalarda irsiy patologiyaning namoyon bo‘lish ehtimolligini aniqlash va shu asosda profilaktika - irsiy kasal bola tug‘ilishining oldini olish choralarini amaiga oshirishdan iboratdir.
Shuningdek, maslahatxonaga kelganlarga irsiy xatarlik mazmuni va ularga farzand ko‘rish mumkin yoki mumkin emasligi ham tushuntiriladi. Lekin bola ko'rish haqida aniq bir xulosaga kelish oila a’zolarining shaxsiy ishi deb hisoblanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |