Кириш. Геофизик тадқиқот усуллари


Download 1.08 Mb.
bet1/3
Sana03.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1690969
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu. Amaliy geofizikada qo‘llaniladigan usullar.

“Amaliy geofizika” fanidan


2-MA’RUZA
Amaliy geofizikada qo‘llaniladigan usullar.
“Foydali qazilmalar va qayta ishlash texnologiyalari” kafedrasi
katta o‘qituvchisi: M.A. Xamrakulov
NAMANGAN MUHANDISLIK QURILISH – INSTITUTI
Geologiya fani va amaliyotining hozirgi vaqtdagi yutuqlari yaqin o‘n yilliklarda geologorazvedka ishlarini rivojlanishini quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatadi: sanoati rivojlangan hududlarda mineral – xom ashyo bazasini chuqurlikdagi va qalin qoplangan foydali qazilma konlarini aniqlash hisobiga kengaytirish; mineral – xom ashyo resurslarini borish qiyin va kam o‘rganilgan rayonlarda qidirish; foydali komponentni konsentratsiyasi past, ammo zaxirasi katta ma’danli konlarni aniqlash va razvedkalashdir. Bu vazifalarni yechishda asosiy o‘rinlardan biri geofizik razvedkaning geofizik usullariga tegishli, ular yer qobig‘ini chuqurlikdagi tuzilishini o‘rganish, foydali qazilma konlarini atmosferadan, kosmosdan, yer ustida, dengiz yuzasida, skvajinalarda, yer usti va osti tog‘ laxmlarida qidirish va razvedkalashni amalga oshirish imkonini beradi. Geologorazvedka ishlari amaliyotiga geofizik usullarni keng kirib borishini ta’minlovchi ustunliklarga quyidagilar kiradi:
  • ajratilishi va keyin baholanishi kerak bo‘lgan, chuqurlikda yotgan, har xil qalinlikdagi turlicha qoplamalar ostidagi geologik ob’yektlar haqida ma’lumot olinishi;
  • maqsadli geologik ob’yektlar haqida olinadigan ma’lumotlarning hajmiy va daliliy xususiyatlarini o‘rganilishi;
  • nisbatan arzonligi va yuqori samaradorligi.

Geofizik usullarni tasniflash o‘rganilayotgan fizik maydonni tabiati va turiga bog‘liq ravishda o‘tkaziladi. Yerning tabiiy maydonlariga gravitasion, magnit, elektr, elektromagnit, seysmik (zilzila natijasida hosil bo‘ladigan tebranishlar maydoni), radioaktiv nurlanishlar maydoni, issiqlik maydoni, sun’iy maydonlar – elektr, elektromagnit, seysmik, issiqlik, yadroviy nurlanishlarni o‘rganilayotgan geologik ob’yektlar bilan o‘zaro taьsirini ikkilamchi maydoni kiradi. Har bir geofizik maydon geologik muxitni fizik xususiyatlariga bog‘liq o‘z parametrlari bilan tavsiflanadi. Razvedkaviy geofizikaning asosiy usullariga gravi-, magnito-, elektro-, seysmorazvedka, hamda radiometriya va yadrogeofizikasi kiradi. Undan tashqari, geofizik usullar o‘tkaziladigan joyiga qarab (aerokosmik, yer usti, dengiz, yer osti, skvajinalardagi geofizik tadqiqotlar), masshtabi bo‘yicha (mayda-, o‘rta-, yirik – masshtabli va mufassal), hamda yechadigan vazifalari bo‘yicha ma’dan, neftgaz, noma’dan va ko‘mir, gidrogeologik, injener–geologik, tog‘–texniklarga bo‘linadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling