Кириш. Геокимё фани тарихи. Фаннинг максад ва вазифалари


Bashoratlashtirishning asosiy operasiya birliklari


Download 80.79 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi80.79 Kb.
#1259883
1   2   3   4
Bog'liq
Bashorat ppt.

Bashoratlashtirishning asosiy operasiya birliklari. Bashoratlashtirishning barcha ob’ektlari vaqt va makonda o‘zgaruvchan. SHuning uchun ham u vaqt va makonda o‘zgaruvchan, ular bosh operasiya birliklari hisoblanadi. Ko‘p hollarda quyidagi vaqt birliklari amalda qo‘llaniladi: sutkalik – 1 sutkagacha, operativ – 1 oy, qisqa muddatli - 1 oydan 1 yilgacha, o‘rtacha muddatli – 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli 15 yildan ziyod vaqtda mo‘ljallangan. Geografik bashoratlashtirishda ko‘pincha voqelikni sodir bo‘lishini aniq vaqtini aniqlanmay, balki bashoratli yo‘nalish oldindan asoslaniladi.

Bashoratlar guruhlari.

  • Harakatning yo‘nalishi bo‘yicha barcha bashoratlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin; qidiruv (tadkiqot) va me’yorli (dasturli, loyihali, maqsadli) bashoratlar. Tadqiqot bashorati imkoniyatni aniqlaydi (masalan, tanqis bo‘lgan tabiiy resursni mavjudligi), me’yorli bashorat esa – talabni, iste’molni (aniq maqsad ychyn zarur bo‘lgan resurs hajmi). Geografiyada qidiruv bashoratlari noqulay va tasodifiy (ekstremal) tabiiy va antropogen vaziyatlarni ajratishga qaratilgan.

Bashorat va reja.

  • Bashoratlashtirishda ilmiy-tahliliy xarakterdagi ishlar bajariladi va bashorat nima bo‘lishi mumkin, degan savolga javob beradi. Bundan bashoratni bir necha variantli bo‘lishligi tushuniladi. Rejada uni tuzuvchi nima bo‘lishi kerak degan savolni qo‘yadi va unga javob izlaydi. Demak bashorat rejaga nisbatan kamroq aniqlikka ega. Bashoratlashtirishdagi asosiy usullar ehtimollik va ekstrapolyasiya turkumidagi usullarga mos keladi. Rejada esa aniq, ko‘rsatkichlar va hisob-kitoblarga asoslaniladi.

Bashoratning variantligi.

  • Yirik xo‘jalik loyihalarining atrof-muhitga ta’siri bashoratlari odatda ko‘p variantli bo‘lishi mumkin, ishlab chiqarishga qabul qilishda ulardan fakat 5-6 tasi tanlab olinadi, so‘ngida esa faqat bittasi qoldiriladi. Lekin u ham amalga oshirish jarayonida korrektirovka qilib boriladi. Variantlarni tanlashda quyidagilarga asoslanadi:
  • 1. Bashoratni ishonchligi, bashoratlashtirishda xatolik kamroq bo‘lgan variant tanlanadi, tabiiy muhitni saqlanishini ta’minlaydigan, texnogen ta’sir bilan me’yorda nisbatda bo‘ladigan bashorat maqsadga muvofiq;
  • 2. Tanladigan variantning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lishi keraq.

Download 80.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling