Кириш. Геокимё фани тарихи. Фаннинг максад ва вазифалари
Bashoratlashtirishning ba’zi tushunchalari
Download 80.79 Kb.
|
Bashorat ppt.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashoratlashtirishning maqsadi va ob’ekti.
Bashoratlashtirishning ba’zi tushunchalari.
Bashoratlashtirishning maqsadi va ob’ekti. Bashoratlashtirish jarayoni uni maqsadi va tadqiqot ob’ektini aniqlash bilan boshlanadi, chunki aynan ular bashorat turi, mazmuni, tadqiqot usullari, uning vaqtli va hududiy ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Tadqiqot ob’ekti turlicha bo‘lishi mumkin: chunonchi, tabiiy jarayon, hodisa, ekologik vaziyat, landshaftlarni o‘zgarishi, atrof-muhitni ifloslanishi, va boshqalar. Hozirgi vaqtda bosh, eng dolzarb maqsad bu istiqbolda tabiiy muhitni o‘zgarishini oldindan ko‘ra olish va unda insonni yashash sharoitlari aniqlash. Bunda nafaqat ayrim komponentlarning holatini bashoratlashtirmay, balkim bir butun geografik muhit, uning tabiati va xo‘jaligini ham o‘zgarishlarini bashoratlashtirish lozim.
Bashorat ob’ektini tanlashda quyidagi belgilarga amal qilish lozim: 1. Bashorat ob’ektining tabiati. Geografik bashorat ma’lum hududga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bashoratlashtirish ob’ektining murakkabligi. Ko‘p hollarda bashoratlashtirish ob’ekti murakkab va juda murakkab darajalarda bo‘ladi, ya’ni geotizimlarni strukturali-dinamik holati tez o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. 3. Aniqlik darajasi: ba’zan tasodifiy hodisalar kamroq ro‘y beradi, ularni hisobga olmasa ham bo‘ladi; ba’zi hollarda tasodifiy hodisalar katta mavqega ega; ba’zan ikkala holat ham baravariga kuzatiladi. Umuman olganda geografik bashoratlashtirishda ikki holni ham e’tiborga olish darkor. 4. Vaqt mobaynida rivojlanish xarakteri: uzoq ob’ektlarda voqelikning o‘zgarishi belgilangan vaqtda bir ko‘tarilib, bir pasayib o‘zgaradi; siklli ob’ektlarda vaqtni davrli funksiyasida o‘zgarish sikl tarzda ro‘y beradi. 5. Axborot bilan ta’minlanish darajasi: voqelikni o‘tgan davrlarda o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlarni etarli bo‘lishi bashorat natijasini real bo‘lishiga imkon beradi.
Download 80.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling