Kirish. Geologiya fani haqida umumiy tushuncha


Abu Ali ibn Sino (980- 1037yy)


Download 31.82 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1595753
1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza

Abu Ali ibn Sino (980- 1037yy).
Mirzo Ulug‘bekning matematika va
astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish qonuniyatini, harakatini va sonini aniqlash masalalarini to‘g‘ri talqin qilib bergan buyuk olimdir.
R us olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan hissa qo‘shgan. Uning «Yer qatlamlari haqida» nomli asari juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Uni Rossiya geologiyasining asoschisi deb bejiz aytishmagan. V.M.Severgin esa
«Mineralogiya lug‘ati» ni yaratgan.
XVIII-asr oxirlarida ingliz geologi Vilyam Smit stratigrafiya va paleontologiya fanlariga asos solgan. Ingliz olimi Ch.Layel «Geologiya asoslari» nomli kapital asarini XIX- asrning 30 inchi yillarida yozgan. Unda aktualizm usuli yordamida o‘tmishdagi geologik jarayonlarni qayta tiklash

M.V.Lomonosov (17111765yy).

mumkinligini isbotlab bergan. Shuningdek, u fransuz olimi J.Kyuve fikriga (katastrofik ta’limot

tashviqotchisi) qo‘shilmasdan, geologik o‘zgarishlar sekin kechadigan va uzoq davom etuvchi evolyusion jarayonlardan iborat deb hisoblagan. Jumladan, organik dunyoning taraqqiyoti shunday kechgan.
Fransuz olimi Eli-de - Bomon kontraksiya g‘oyasini yaratgan. Avstriya geologi E.Zyuss «Yer qiyofasi» nomli mashhur asarini yozib, ilmiy geologiyaga munosib hissa qo‘shgan.
Turkiston o‘lkasida geologik qidiruv ishlari asosan XIX - asrning oxirlaridan boshlanadi. Rus olimlaridan I.V.Mushketovning 2 - tomlik «Turkiston» nomli qomusiy asari, uning G.D.Romanovskiy bilan hamkor-likda Turkistonning birinchi geologik xaritasini tuzishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
O ‘zbekiston hududining geologiyasini rejali o‘rganish XX - asrning 30 - yillaridan boshlangan.
Jumladan, mashhur geolog
X.M.Abdullaevning «Ma’danlarning intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi», «Daykalar va ma’danlanish», «O‘rta Osiyoda magmatizm va ma’danlanish» kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda doim dasturulamal vazifasini bajarib kelmoqda.
Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida G..A.Mavlonov, N.K.Kenesarin, litologiya soxasida V.P.Popov, O.M.Akramxo‘jaev, petrografiya sohasida I.X.Hamraboev, H.M.Abdullaev (1912-1962yy).
T.N.Dolimov, tektonika sohasida O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullaev kabi yirik olimlar O‘zbekiston geologiyasining turli tarmoqlari bo‘yicha samarali ishlar qilishgan.
Download 31.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling