Kirish. Geologiya fani haqida umumiy tushuncha
Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yy)
1 maruza
Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yy).
|
aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki bu haqda fikr yuritar ekan, u |
shunday xulosaga keladi - tosh va shag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog‘dan ajraladi; keyin uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko‘milib ketadi.
Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan yotqiziqlarni uchratsak, ular albatta yuqorida yozganimizdek paydo bo‘lgan desak bo‘ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘langan holatda yuz beradi» (A.M.Beleniskiy - Abu Rayxon Beruniy, Leningrad universiteti nashri, 1949, 207 b.).
Beruniy bu mulohazalarida XVIII - asrda M.V.Lomonosov, XIX -asrda Ch.Layel tomonidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda kashf etgan aktualizm g‘oyalarini birinchilar qatorida bayon etgan. Shu asarda Beruniy yana bunday deydi: «Dengiz o‘rni quruqlik bilan, quruqlik o‘rni esa dengiz bilan almashadi».
Beruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo‘lib daryo o‘zanlarida cho‘kindi jinslar donalari o‘lchamining suv oqimi tezligiga qarab o‘zgarishi qonuniyatini yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonuniyat so‘nggi yillarda V.I.Popov (1964 y.) tomonidan ishlab chiqilgan cho‘kindi hosil bo‘lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos keladi.
Beruniy o‘zining «Mineralogik traktat» degan asarida (X -asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki qattiqligi va solishtirma og‘irligidan ham foydalangan.
Beruniyning zamondoshi buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi «Ashshifo» (Qalbni davolash) nomli kitobining «Tabiat» degan bo‘limida yoritilgan.
Ibn Sinoning toshlar paydo bo‘lishida zilzila va tog‘ qulashlari, yerlarning o‘pirilishi katta ahamiyatga egaligi, hayvon va o‘simliklarning toshga aylanishi to‘g‘risida ajoyib fikrlari bor. Ibn Sino tomonidan temir va tosh materiallarning paydo bo‘lishi haqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o‘lkalar o‘tmishda «hayotsiz yerlar va dengiz osti bo‘lgan» degan ilg‘or fikrlarni ilgari surgan.
Mashhur Ozarboyjon matematik - astronomi Muhammad Nasriddin tabiatshunoslik sohasidagi juda ko‘p ishlari bilan birga minerallar haqida «Javohirnoma» degan asarni yaratgan. Bu asarda 34 mineral: zumrad, la’l, shpinel, firuza, lazurit, agat, yashma va boshqalar ta’riflangan.
U larning tabiiy xossalari: rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, solishtirma og‘irligi, shaffofligi va mo‘rtligi batafsil bayon etilgan. Ibn Sino va Beruniyning mineralogiya traktatlaridan keyin Muhammad Nasriddin asari o‘z zamondoshlarining fikrlarini umumlashtirgan va qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan birdan - bir asar bo‘lgan.
1445 yilda polyak olimi N.Kopernik
«Osmon jismlarining aylanishi to‘g‘risida» nomli asarida Yer o‘z o‘qi atrofida va boshqa sayyoralar bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanishini
isbot etdi.
Download 31.82 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling