Kirish. Husnixatga o’rgatishning ahamiyati. Husnixat darslarining maqsad va vazifalari. Yozuvlar tarixi haqida ma’lumot reja
Download 46.08 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zbek yozuvi tarixi. O‘rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim
zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Eron, O‘rta Osiyo va boshqa o‘lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromiy yozuvi bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan. Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi. Avesto, Xorazm, Sug‘d, kushon, run, uyg‘ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular jumlasidandir. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analarini saqlab qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llanila boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O‘rxun-Yenisey yozuvidan keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Yenisey daryosi qirg‘oqlaridagi O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar bu yodgorliklarni o‘qiy olishmagan. 1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlarni o‘qishga muyassar bo‘ldilar. O‘rxun-Yenisey yozuvi turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi. VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyo jumladan o‘zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalana boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalandi. Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo‘lishi bilan birga, o‘zbek tilining tovushlarini to‘la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan ilg‘or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishga harakat qilganlar. Chunonchi, Bobur o‘zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi. 1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi. O‘zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirildi. Ammo bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940-yil 8-mayda amaldagi o‘zbek yozuvi yangi alifboga o‘tish haqidagi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil respublika deb e’lon qilinganidan so‘ng lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini joriy etish masalasi o‘rtaga qo‘yildi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish borasida qizg‘in ishlar olib borildi. “O‘zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo‘ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Savol va topshiriqlar 1. Husnixatga o’rgatishga qanday metodik talablar qo’yiladi? 2. Husnixat bilan yozish nimalarga bogliq? 3. Husnixatga o’rgatish izchilligi va ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz? 4. Barcha predmet darslarida o’quvchining husnixat bilan yozishi qanday nazorat qilib boriladi? Download 46.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling