Kirish I. Asosiy qism


Malakaviy amaliyot davrida korhona yokitashkilotdagi amaliyot rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar boyicha kunlik umumiy hisobot


Download 1.01 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1565402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish I. Asosiy qism

1.3. Malakaviy amaliyot davrida korhona yokitashkilotdagi amaliyot rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar boyicha kunlik umumiy hisobot.

1.4 Berilgan topshiriq

Barkamol avlod bolalar maktabi haqida asosiy vazifalari va funksiyalari (Web sahifasini yaratish)



1.4.1 Masalaning qo’yilishi

Visual Code HTML dasturlash tili bo’yicha veb sahifa yaratish.
1.4.2 Topshiriqni bajarishdagi qo’llaniladigan
dasturiy vositalar tahlili
Visual Code
(VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun „yengil“ kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, Git vositalari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense va refaktoring vositalarini oʻz ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi koʻrinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yigʻilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi
Visual Studio Code Electron ga asoslangan] va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako veb-muharriri orqali amalga oshiriladi.

Tarixi
Visual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida eʼlon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi
2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qoʻllab-quvvatlash eʼlon qilindi.
2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi.
Imkoniyatlari
Visual Studio Code — bu kod muharriri hisoblanadi. U koʻp tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qoʻllab-quvvatlash va boshqalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Visual Studio Codeʼning koʻp xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, koʻpincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi.
2018-yildan beri Visual Studio Code uchun ochiq kodli Python kengaytmasi mavjud. U dasturchilarga kodni tahrirlash, bosqichma-bosqich dasturlash va dasturni sinovdan oʻtkazish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Visual Studio Codeʼda plaginlarni qoʻllab-quvvash imkoniyati Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi.
2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCodeʼni qoʻllab-quvvatlaydi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling