Kirish I. Bob. Badmintonda o'yin strategiyasi


Badminton o’yinida yuqoridagi zarbalarning ahamiyati


Download 383.12 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi383.12 Kb.
#1064492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BADMINTONDA O\'YIN STRATEGIYASI

II.BOB.BADMINTONDA O'YIN

2.1.Badminton o’yinida yuqoridagi zarbalarning ahamiyati.


Strategiya-bu sportchilarning asosiy o‘yin sifatlarining haqiqiy imkoniyatlari (barqarorlik, aniqlik, chidamlilik, ruhiy barqarorlik va boshqaIar)ni hisobga olgan holda g'alaba qozonish uchun o‘yinni olib borish, maydonchaning o‘lchamlaridan, jihozlardan, o‘yin texnikasi va taktikasidan samarali foydalanish bo‘yicha umumiy rejadir.
Strategiya haqida gap ketganda ikkita holatni yodda tutish zarur:
Samarali o‘yin strategiyasi - hujumkor volan strategiyasi.

    • Strategiya - uzoq muddatga mo‘ljallangan taktika.

Taktika - aniq bir o‘yin vaziyatlarida ustunlikka ega bo‘lish maqsadida o‘yinning texnik usullari yig‘indisidan foydalanish. Ammo faqatgina yaxshi texnikaga ishonib qolish ham yaramaydi.
Umumiy qoida shunday - har bir zarbadan ko‘zlangan ma’lum bir maqsad bo‘lishi kerak. Eng yaxshi hujumkor zarba har doim ham yutuqli ochko olib kelmasligi mumkin. Yaxlit o‘yin maqsadida bo‘ysundirilgan turlicha texnik usullar (zarbalar va harakatlar)ning samarali ravishda almashib kelishi, har doim betartib o‘yin ritmidan ko‘ra yaxshiroqdir. Aynan kombinatsiyalangan o‘yin — g'alaba sari eltuvchi eng maqbul yo‘ldir.
Badmintonda ko‘p narsa maydoncha geometriyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, amalga oshirilayotgan zarbalar texnikasidan qat’i nazar, badmintonchining asosiy taktik vazifasi volanni raqib maydonchasining uni qaytarish murakkab va qiyin bo‘lgan qismlariga yo‘naltirishdan iborat bo‘lishi zarur. Juftlik bahslari uchun bunday zonalar to‘qqiztani, yakkalik o‘yinlarida esa oltitani tashkil etadi (49-rasm). Juftlik bahslari uchun bular orqa chiziqdagi- burchaklar va markazdagi uchta nuqta: to‘r oldidagi - ustunlar yonidagi va markazdagi uchta nuqta; yon chiziqlar o‘rtasidagi ikkita nuqta; markaz bo‘ylab o‘yinchilar o‘rtasidagi va o‘yinchi qayerda turganidan qat’i nazar, uning tanasidagi nuqta. Yakkalik o'yinlarida noqulay qismlar maydonchaning yon chiziqlari bo‘ylab, to‘r oldida, yon chiziqlar o‘rtasida, olis va yon chiziqlar kesishgan nuqtada, raqib tanasida bo‘ladi (shartli ravishda markazda ko‘rsatilgan). Volanni aynan mana shu nuqtalarga yo'naltirishga harakat qilish lozim.



  1. Download 383.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling