Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar


Markazlashtirilgan baliqli yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish


Download 0.57 Mb.
bet10/34
Sana08.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1443883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar202

Markazlashtirilgan baliqli yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish
Markazlashtirilgan baliqli yarim tayyor mahsulotlar umumiy ovqatlanish korxonalarining maxsus sexlari va baliq kombinatlarida ishlab chikariladi. Markazlashtirilgan ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot assortimenti ikki xil nomlanadi, muzlatilmagan maxsus ajratilgan baliq va muzlatilgan maxsus ajratilgan baliq.
Yirik porsiyali va kichik porsiyali yarim tayyor mahsulotlar markazlashtirib ishlab chiqarilmaydi. Baliqni muskul tо‘qimasi namni saqlash xususiyati sust bо‘lganligi sababli undan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar saqlash va tashishda tarkibidagi sharbatining ma’lum miqdorini yо‘qotishi mumkin. Bu esa baliqdan tayyorlangan taomlarning organaleptik kо‘rsatkichi va oziqaviy qimmatining pasayishiga olib keladi.
Markazlashtirilgan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun baliqlarning hamma oilalari va kо‘rinishlari ishlatiladi. Xozirgacha ma’lum bо‘lgan barcha baliqlardan delikates konservalar, maxsus tuzlangan mahsulotlar: ishlab chiqariladi.
Baliq chiqitlariga ishlov berish va ishlatish
Baliqlarga pazandachilik ishlovi berishda yarim tayyor mahsulotdan tashqari ma'lum miqdorda chiqitlar ham olinadi . Chiqit deb mexanik, pazandachilik ishlovi jarayonida hosil boiadigan ozuqalik yoki texnik qoldiqlarga aytiladi.
Ozuqalik qoldiqlar ishlovdan o'tkazilib taom tayyorlashda ishlatilishi mumkin boigan mahsulotdir. Ularga baliq boshi, suyaklari, terisi, suzg'ich qanotlari, uvuldirig'i (ikrasi), ich yog'i, tangachalari, vizigasi, kemirchak suyagi, yog'i kiradi. Bahqning umumiy chiqitqisi uning katta-kichikligiga, turiga, ishlov berish usuliga uzviy bog'liq bo'ladi.
Osyotr baliqlarining boshi qaynoq suvga biroz botirilib yuzaki pishiriladi, mayda qalqonchalari tozalanib, uzunasiga ikkiga bo'lib chopiladi va yuviladi va baliq sho'rvalarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu sho'rvalar suzihb suyuq oshlar, sardaklar tayyorlashda ishlatiladi. Baliq boshining pishgan go'shti ajratihb suyuq taomlarga, qiymalarga, salatlarga qo'shilishi mumkin.
Teri va suyaklari sho'rva tangachalari jele tayyorlashda ishlatiladi. Okun baliqlari chiqitqisidan tayyorlangan jelening yopishqoqlik darajasi yuqoriroq bo'lib, euig yaxshi jele hisoblanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling