Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar


ii-БОБ. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o’qitishda kichik guruhlarda o’qitish metodidan foydalanish


Download 0.57 Mb.
bet23/34
Sana08.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1443883
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar202

ii-БОБ. «Baliqdan tayyorlanadigan taomlar» mavzusini o’qitishda kichik guruhlarda o’qitish metodidan foydalanish
2.1. Kichik guruxlarda ishlash metodi haqida ma’lumot
Guruhiy ishlash. О‘qitish jarayonida guruh bо‘lib ishlash shaklining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Fanlar bо‘yicha nazariy bilimlarni berishda va amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazishda guruhiy ishlar olib borilishi mumkin. Bu borada barcha talabalar bir necha kichikroq о‘quv guruhlariga taqsimlanadi va bu guruhlar mustaqil ishlaydilar. Kichik guruhlarning ish natijalari keyinroq butun guruh doirasida muhokama qilinishi mumkin.
Guruhiy ishlar maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy kо‘nikmalar о‘rganilishi kerak bо‘lganda, shuningdek talabalarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qо‘llaniladi. Bir nechta talabalar birgalikda ishlagan paytda, ularning shaxsiy xususiyatlari va xarakterlari orasida о‘zaro hamkorlik vujudga keladi. Shuning uchun guruhiy ish tashkil qilish kо‘ra murakkabroqdir.
Guruhli bо‘lib ishlashda ikkita holat farqlanadi:

Bir xil mavzuda olib boriladigan gurux ishida bir necha guruhlarga bir xil topshiriqlar beriladi. Topshiriq va mashqlarni yechish sharoitlari ham bir xil bо‘ladi. Shunday qilib har xil yechimlar guruh ishi tugaganidan sо‘ng bir-biri bilan taqqoslanishi mumkin. Kо‘pincha bunday hollarda raqobat holati yuzaga keladi. Yechim topilishi vaqtida esa raqiblikka о‘xshash holatlar vujudga keladi. Bu yerda muhim narsa shuki, guruhlardagi talabalarning bilim va kо‘nikmalari imkon qadar bir xil bо‘lishi kerak.
Har xil mavzuda olib boriladigan guruh ishida beriladigan ish topshirig‘i bir necha qismlarga bо‘linadi. Faqat bu qismlar birlashtirilgandagina topshiriqning mazmuni aniq kо‘rinadi.
Har bir guruh bu holda qisman topshiriq oladi va mustaqil ravishda uning ustida ishlaydi. Lekin bu holda ishlarning taqsimoti ancha murakkab bо‘ladi, yechimga ta’sir qiluvchi kо‘pincha fark shart-sharoitlar va vaqqlar hosil bо‘ladi.
Bunday yondashuvda bir guruh talabalari faqat о‘zlariga berilgan topshiriqlarni bilishadi xolos, ya’ni boshqa guruhlar ishlari haqida deyarli xabarlari bо‘lmaydi. Shuning uchun ham natijalar qisman birlashtirilishi zarur.
Guruhiy ishda berilgan topshiriqlar puxtalik bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lishi kerak, chunki ularda talabalar orasida muloqot va hamkorlik qobiliyatini rivojlantirish kabi maqsadlar bor. Guruhiy ish uchun quyidagi o‘qitish shakllari mos keladi:

  1. Ustaxona shaklidagi guruhiy ish:

Ustaxonada bajariladigan amaliy mashg‘ulot doirasidagi vaziyatga o‘xshash kelajak faoliyat bo‘yicha ssenariylar va muammolar ishlab chiqiladi. Buning uchun dolzarb muammolar o‘rganib chiqilishi kerak. Bu muammolar talabalarning dastlabki bilimlar darajasini inobatga olgan holda va ijodiy fikrlash bilan bog‘liq holda talabalarni yechimlarga undashlari kerak.

  1. «Reja o‘yini» shaklidagi guruhiy ish:

«Reja o‘yinlari» belgilangan vaziyatda turli xil yechimlarni sinab ko‘rish imkonini beradi. Talabalar bunda muammoga bo‘lgan har xil ta’sirlar natijaga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Buning uchun sabab va oqibat bir-biri bilan bog‘liq ravishda ko‘rilishi kerak. Masalan har xil kompyuter dasturlari orqali korxona va firmalar faoliyati sohasidagi masalalarni « o‘yin orqali» sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Talabalar o‘yin jarayonida o‘zaro raqobat munosabatida bo‘ladilar.

  1. Loyiha shaklidagi guruhiy ish:

Loyihaviy ish bir loyihani anik belgilangan chegara doirasida ishlab chiqishni talab qiladi. Loyiha shaklidagi guruhiy ish juda ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda vazifalar topshiriqlar majmuasi bo‘yicha aniq taqsimlanishi kerak bo‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling