Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar


Yonish tо‘g‘risida asosiy tushunchalar. Moddalar va materiallarning yong‘inga nisbatan xavfliligi. Yonish, portlash va yong‘in tо‘g‘risida umumiy tushuncha


Download 0.57 Mb.
bet32/34
Sana08.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1443883
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar202

2. Yonish tо‘g‘risida asosiy tushunchalar. Moddalar va materiallarning yong‘inga nisbatan xavfliligi. Yonish, portlash va yong‘in tо‘g‘risida umumiy tushuncha
Moddalar yonayotganda sodir bо‘ladigan barcha kimyoviy va fizikaviy jarayonlarning asl mohiyatini yaxshi bilgandagina yong‘inga qarshi tadbirlarnig tо‘g‘ri va samarali tashkil etish, hamda yong‘in vositalaridan tо‘g‘ri foydalanish mumkin.
Yonish deb, fizikaviy va kimyoviy jarayon ta’sirida yonuvchi moddalarning oksidlovchi havodagi erkin kislorod bilan birgalikda o’zaro birikishidan hosil bо‘ladigan kо‘p miqdordagi issiqlik va yorug‘lik nurlari ajralishi bilan kechadigan holatga aytiladi.
Yong‘in paytida alanga hosil bо‘lishi va bо‘lmasligi ham mumkin. Yonayotgan moddadan yonuvchi gaz ajralib chiqqaniga alanga hosil bо‘ladi. bunday hollarda alanga gaz qobig‘idan iborat bо‘lib, gaz va bug‘lar shu qobiq ichida yonadi. Masalan, yog‘och, toshkо‘mir, koks va boshqalar.
Ba’zi hollarda oksidlovchi modda sifatida xlor, azot kislotasi, oltingugurt, kaliy permanganati va shunga о‘xshash moddalar ishlatiladi. Yonish jarayoni borishi uchun bir vaqtning uzida uch omilning, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, qizdirish manbai bо‘lishi talab qilinadi. Yonuvchi modda havo bilan birgalikda yonish jarayonini tashkil qiladi, yondirish manbai esa yonish reaksiyasini vujudga keltiradi. Shu bilan birgalikda yonuvchi modda va kislorod miqdor jihatidan ma’lum bir nisbatda bо‘lishi kerak. Yondirish manbasi ma’lum bir issiqlik zahirasiga ega bо‘lishi talab qilinadi.
Agar havo tarkibidagi kislorod miqdorini 14-18 % kamaytirsak, kо‘pgina moddalarning yonishi mumkin bо‘lmasdan qoladi. Yonish tо‘liq yoki chala bо‘lishi mumkin. Tо‘liq yonish jarayoni kislorod yetarli miqdorda bо‘lgandagina rо‘y beradi, kislorod yetishmasa moddalar chala yonadi va natijada yonuvchi hamda zaharli mahsulot har xil gaz va bug‘lar hosil bо‘ladi va bu kishilar hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Masalan, 3-5 % SO2 kishi uchun xavfli bо‘lsa, 0,4 % SO2 halok qilishi mumkin.
Yonuvchi moddalar (material, aralashma) deb, yondirish manbasi, uzoqlashtirilgandan keyin yonish jarayoni davom etadigan moddalarga aytiladi.
Yonish mumkin bо‘lishi uchun yonish tezligi ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bо‘lishini ta’minlashi va yonish maydoni harorati yonuvchi moddaning hamma yangi qismlarini о‘t olishga tayyorlanishi uchun yetarli bо‘lishi kerak. Yonuvchi suyuqlik alangalanishi uchun uning harorati shunday bо‘lishi kerakki, uning sirti tepasidagi havoda yonuvchi suyuqlik bug‘ining quyuqlanishi (konsentratsiya) yetarli darajada bulsin.
Yonish quyidagi turlarga bо‘linadi: alangalanish, chaqnash, portlash, uz-о‘zidan alangalanish, uz-о‘zidan yonish.
Alangalanish deb – mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddalarning (uning ustidan bug‘ va gazlarning) turg‘un yonishiga aytiladi. Alangalanishiga yonuvchi moddaning alanga yoki chо‘g‘langan narsaga tegishi ham sabab bо‘lishi mumkin.
Chaqnash deb – yonuvchi modda bug‘i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchquniga yoki qizigan narsaga tegishi natijasida bir lahzada yonib о‘chishiga aytiladi.
Chaqnash paytida siqilgan gazlar hosil bо‘lmaydi. Bug‘lar alangalanuvchi aralashma hosil qiladigan eng past harorat chaqnash harorati deyiladi. Bundan yuqori haroratda qisqa muddatli chaqnash bо‘lmasdan yonuvchi modda alangalanishi mumkin.
Portlash deb – moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez о‘tishi (portlab yonishi) bо‘lib, bunda kо‘p miqdorda energiya chiqadi va siqilgan gazlar hosil bо‘ladi, bu siqilgan gazlar har xil vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkin.
Portlashda hosil bо‘ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, kо‘pincha alangalanishi va buning oqibatida yong‘in chiqishi mumkin. Yonuvchi bug‘, gaz yoki changning havodagi portlovchi aralashma hosil qiladigan eng kichik va eng katta tо‘yingan eritmasi portlashning tegishlicha eng past va eng yuqori (konsentratsion) quyuqlanish chegarasi deyiladi.
Bug‘ quyuqlanishi portlashning eng yuqori chegarasidan ham katta bо‘lganda kislorod yetishmasligi tufayli portlash bо‘lmaydi. Misol uchun ba’zi gaz va bug‘lar portlashining eng past va eng yuqori quyuqlik chegaralarini (havo hajmiga nisbatan % da) keltiramiz (g/m):

Jadval – 18.





Benzin

-1,2-7,0

Atsetilen

2,3-8,1

Etil spirt

3,3-20

Vodoroj

4,1-74

Vodorod sulfid

4,3-4,6

Metan

4,9-1,4

Ammiak

1-27

Oziq briketining changi quruq sut

-7,6

Bug‘doy uni, kraxmal

10,3

Qand (kukuni)

17,2

Bug‘doy yormasi, tegirmon changi

17,6

Kunjara yoki pichan changi

20,2

Ozuqabop javdar yoki lavlagi turpi changi

27,7

Paxta changi

63,0



O’z-о‘zidan alangalanish. Moddani ma’lum haroratgacha qizishi natijasida unga alanga bevosita tegmasdan sodir bо‘ladi. O’z-о‘zidan alangalanish harorati, moddaning yong‘in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim kо‘rsatkichdir. Masalan, bug‘doy uni 250-2900S arpa uning 270-3500S ga, yog‘ochning O’z-о‘zidan alangalanish harorati 250-3500S ga teng. Qattiq moddalarning O’z-о‘zidan yonishi, yonuvchi moddaning O’zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’siridan moddaning qizishi natijasida yuz beradi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling