Kirish I. Bob huquqbuzarlik tushunchasi va turlari
Yuridik javobgarlik asoslari
Download 48.37 Kb.
|
huquqbuzarlik belgilari va turlari
4.Yuridik javobgarlik asoslari.
Yuridik javobgarlik asoslari to‘g‘risida ikki xil ma’noda fikr yuritish mumkin: inson nimaga muvofiq javob beradi-qonun, shartnoma asosida va u nima uchun javob beradi-sodir etilgan huquqbuzarlik uchun. Huquqbuzarlik muhofaza qiluvchi huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi yuridik faktdir. Huquqbuzarlik tarkibiga ko‘ra murakkab tuzilmadir. Bu murakkab tuzilishli huquqiy tushuncha. Huquqbuzarlikning tarkibi- uning elementlari yig‘indisidir. Huquqbuzarlik faqat o‘zining barcha elementlariga ega bo‘lgan taqdirdagina yuridik javobgarlikning asosi bo‘la oladi. Huquqbuzarlik tarkiban to‘rtta elementdan tashkil topadi: huquqbuzarlikning obyekti; huquqbuzarlikning obyektiv tomoni; huquqbuzarlikning subyekti; huquqbuzarlikning subyektiv tomoni1. Huquqbuzarlikning obyekti. Bu atrofdagi borliqqa qaratilgan huquqqa zid hatti-harakatdir. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning umumiy, bir turdagi va bevosita obyektlari ajratiladi.Davlat va huquq nazariyasida ushbu tavsif huquqbuzarlikning barcha obyektlariga to‘liq qo‘llanilishi mumkin. Huquqbuzarlikning umumiy obyekti-doimo huquq bilan, uning u yoki bu tarmog‘i bilan muhofaza qilinuvchi barcha ijtimoiy munosabatlardir. Jamiyatdagi barchainsonlar o‘zlarining ijtimoiy talablari va manfaatlarini amalga oshirib, majburiyatlarni bajarib,hatti-harakatlari uchun javob berar ekanlar, o‘zaro turli xil aloqalarga kirishadilar. Ulran bu aloqalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Ushbu aloqalar ijtimoiy munosabatdir. Ijtimoiy munosabalar tarkibining uchta elementini ko‘rsatish mumkin: ishtirokchilar, ya’ni munosabatning subyektlari; ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa(o‘zaro hatti-harakat); munosabatning obyekti (subyektlarning talabini qondirishga, ularning bigalikda xavfsiz yashashini ta’minlashga qodir narsalar). Huquqbuzar obyektning mana shu barcha elementlariga tajovuz qilishi mumkin. Huquqbuzarlikning bir turdagi obyekti- huquqbuzar tajovuz qiladigan ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi guruhidir. Masalan mehnat huquqida mehnat intizomi, yoshlar mehnati, ish haqi va boshqalar; jinoya huquqida- mulkchilik munosabatlari, boshqaruv tartibi, odil sudlov va boshqalar. Huquqbuzarlikning davomiy obyekti, binobarin, buzilgan ijtimoiy munosabatlarning alohida guruhlarini ko‘rsatadi, ularni ijtimoiy munosabatlarning umumiy guruhidan ajratib olish imkoniyatini beradi,qaysi huquq tarmog‘i bilan tartibga solinishini ko‘rsatadi. Huquqbuzarlikning bevosita obyekti huquqbuzar tajovuz qilgan aniq ne’matlar, manfaatlar, shaxs unig sog‘ligi, qadr-qimmati, g‘ururi, mulki va boshqalar. Huquqbuzarlikning bevosita obyektini davomiy obyekt aniqlishtiradi yoki uning elementlaridan qaysi biri tajovuz predmeti bo‘lganligini ko‘rsatadi. SHunday qilib, har qanday huquqbuzarlik bir vaqtning o‘zida umumiy, davomiy va bevosita obyektga tajovuz qiladi.Huquqbuzarlik ijtimoiy munosabatlarni buzish bilan bir qatorda, bu munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarga ham tajovuz qiladi. Download 48.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling